Tushuncha
Download 204.56 Kb.
|
Tushuncha Toirova Madina
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Tushuncha predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning birbiriga o„xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Har bir predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan (bevosita yoki bilvosita) aloqada bo„lganligi uchun ko„p belgilarga ega. Ularning ba‟zilari faqat bitta predmetga xos bo„lgan, uning individual, yakkalik belgilarini tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma‟lum bir guruhiga tegishli bo„lib, umumiy belgilar hisoblanadi. Masalan, har bir kishi faqat o„zigagina xos bo„lgan ruhiy kechinmalar va shu kabi individual belgilarga ega. Shuning bilan birga kishilarning ma‟lum bir guruhiga (mehnat jamoasi, millat va shu kabilarga tegishli) yoki barcha kishilarga (mehnat qilish, fikr yuritish qobiliyatlari, ijtimoiy munosabatlarda ishtirok qilishi va shu kabilar) xos bo„lgan umumiy belgilarga ega.Nomuhim belgilar predmetning mohiyatini tashkil qilmaydi. Ularning yo„qolishi bilan predmetning tabiati o„zgarmaydi. Masalan, qaysi irqqa, millatga, jinsga taalluqli bo„lishi individning inson sifatida mavjud bo„lishi uchun muhim emas. Shuni ham aytish lozimki, predmet belgisining muhim yoki nomuhim bo„lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo„lishimizga qarab ham belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo„lmagan belgilar boshqa munosabatda muhim bo„lishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muhim bo„lsa, inson sifatida mavjud bo„lishi uchun muhim emas. Predmet to„xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bo„lganligi uchun, vaqt o„tishi bilan uning muhim bo„lgan belgisi nomuhim bo„lgan belgiga yoki, aksincha, nomuhim belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin.Foydalanilgan adabiyotlar:
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!Download 204.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling