Tushunchasi


Download 77.03 Kb.
bet4/5
Sana02.05.2023
Hajmi77.03 Kb.
#1423120
1   2   3   4   5
Bog'liq
FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI (1)

Soliq tushunchasi tor ma'noda davlat ixtiyoriga boshqalardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Ma'lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya'ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi.


Soliqlarning amal qilishi, bu — obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug‘ullanish iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarning obyektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda, jamiyatning norentabel (mudofaa, tibbiyot, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlarning obyektiv amal qilishini zarur qilib qo‘yadi, vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, asosan, davlat tomonidan amalga oshiriladi, natijada ularni moliyalash- tirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi.
Soliqlarning obyektiv zarurligini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta'minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p, shu bois bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba'zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo‘qola borsa, yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlatning yangi vazifalari yuzaga keladi. Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun lozim bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo‘llanilgan emas.Demak, davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar ham amal qiladi. Ma'lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat. Ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarning iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi.Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan ularni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko‘rsat ganda, ishlar bajarganda yoki bozorlarda oldi-sotdi qilish jarayonida pul munosabatlarini hosil qiladi. Lekin ular soliq bo‘la olmaydi, soliq munosabati bo‘lishi uchun davlat mamlakatda
yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash yo‘li bilan davlat budjetiga majburiy tartibda to‘lanishi yoki undirilishi lozim. Davlat uchun budjetning asosiy manbayi hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.
Soliqlar to‘g‘risidagi qarashlar tarixan obyektiv va subyektiv omillarning ta'sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta'riflarni tahlil qilish ularning konkret iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash, soliqlarning iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos bo‘lgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq tizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud bo‘lgan soliqlarning tutgan o‘rnini aniqlash zarurdir. Chunki davlat paydo bo‘lishi bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri bo‘lib hisoblanib kelingan. Davlat tuzilish shakllarining rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi o‘zgargan va takomillashtirilgan.
Soliq tizimining o‘zgarishi va takomillashtirilishi soliqlarning turlari, miqdorlari va yig‘ib olish usullari xilma-xil bo‘lganligi bilan asoslanib kelingan. Masalan, sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar aholidan shaxsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun «zakot» sifatida olingan.
Soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa to‘lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan ta'minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat budjetini shakllantirish, soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta'sir etuvchi usuli hisoblanadi.Shunday qilib, davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbayidir.Aholini soliq munosabatlariga kiritishga, insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur katta e'tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda, asosan, soliqlarga tayangan.
O‘sha davrning davlat moliyasi — bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog‘langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu xususiyatga ko‘ra, boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o‘rinni egallaganligi bugungi kunga kelib, hammaga ayon bo‘lmoqda.
Ammo soliq munosabatlari haqida qancha rivoyatlar aytib o‘tilgan bo‘lmasin, aholi soliq to‘loviga nisbatan faqat o‘z mohiyatini xazinada topgan. Xazina har qanday tizimda ham davlatni boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Bunday vosita nafaqat davlatni boshqarishda, balki shuning bilan birgalikda aholi manfaatlarini qondirishda namoyon bo‘lgan. Natijada xazina taqsimoti taraqqiyot tayanchi bo‘lib xizmat qilgan.Soliqlar qadimgi davrlardan e'tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo‘lmagan kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Shotland faylasufi va iqtisodchisi Adam
Smit o‘zining «
Download 77.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling