Tushunchasi


Download 77.03 Kb.
bet3/5
Sana02.05.2023
Hajmi77.03 Kb.
#1423120
1   2   3   4   5
Bog'liq
FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI (1)

iqtisodchisi A. Medvedev o‘zining «Soliqlarni qanday rejalashtirmoq kerak» kitobida soliqlarga xos bo‘lgan ikki belgini, ya'ni majburiylik va ekvivalentsizlik kabi belgilarni qayd etadi.Yuqoridagilardan kelib chiqib, bizningcha, soliqlarning umumiy belgilarini quyidagicha ifodalash mumkin:
1.Soliq to‘lovchi pulning u yoki bu summasini davlatga to‘lar ekan, buning evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Alohida olingan soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq miqdori bilan u iste'mol qiladigan ijtimoiy ne'matlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lmaydi. Xuddi ana shu xususiyatiga ko‘ra, soliq narxdan (tovar yoki xizmatlarni ixtiyoriy iste'mol qilganligi uchun to‘lanadigan haq sifatida), ruxsatnoma (litsenziya)lar va vositachilik yig‘imlaridan farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy to‘lovlar hisoblansada, biroq hamma vaqt hukumat tomonidan ko‘rsatilgan xizmatdan muayyan foyda (naf) ko‘rilishi bilan bog‘liqdir.Davlatga to‘lanadigan soliqlar bilan uning evaziga olinadigan iqtisodiy va ijtimoiy ne'matlar o‘rtasida bevosita, har bir kishi- ning ko‘zi ilg‘aydigan bog‘liqlikning yo‘qligi soliq to‘lovchilar soliqqa tortishni yuk sifatida baholashlari uchun sabab bo‘ladi, vaholanki, ular soliqlar hisobidan qilinadigan davlat xarajatlarining yo‘nalishini ma'qullashlari ham mumkin.
2.Soliqlar majburiy to‘lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to‘liq miqdorda va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik soliq to‘lov- chilar zimmasiga yuklangan bo‘lsa-da, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravishda to‘laydilar, davlat soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarni qattiq jazolaydi.
3.Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali daromadning avvaldan belgilab qo‘yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko‘zda tutilgan qismi undirib olinadi. Ko‘pgina davlatlarning, shu jumladan,



1 Q. Yahyoyev. $oliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. T., 2003.
O‘zbekistonning ham qonunlarida soliqlarni belgilash va ularning hajmlarini aniqlashga faqat Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat berilgan organlar haqlidirlar, deb mustahkamlab qo‘yilgan.
4.Soliqlarning yana bir belgisi ularning davlat yoki mahalliy budjetga kelib tushishidir, ya'ni soliqlar budjetdan tashqari fondlar yoki turli xil boshqa fondlarga kelib tushmaydi.
5.Soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilardan biri davlat hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mulkchilikni qayta taqsimlash jarayonining yuzaga kelishidir. Soddaroq qilib aytganda, korxonalar va aholidan olinadigan soliqlar, aslida ular mulkining ma'lum bir qismi davlat hisobiga o‘tkazilishini bildiradi. Bu bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli bo‘lgan mulk daromad shaklida majburiy to‘lov bo‘lib, davlat mulkiga aylanadi.
Demak, yuqorida qayd etilgan soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilar ularning iqtisodiy mohiyatini ochishga xizmat qiladi.Soliq kategoriyasi boshqa iqtisodiy kategoriyalar: moliya, kredit, sug‘urta, investitsiya kabilar bilan umumiy o‘xshashlikka ega, ya'ni ularning barchasi pulli munosabatlarni ifodalaydi. Lekin soliqlarning o‘ziga xos yuqorida qayd etilgan belgilari mavjudki, ushbu belgilar soliqlarni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqlash uchun xizmat qiladi.

1.3. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, obyektiv zarurligi va xususiyatlari


Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya, sinfiy hukmron kuch sifatida yuzaga chiquvchi davlatning paydo bo‘lishi va uning faoliyati davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlatning iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta'kidlash lozim.


Download 77.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling