Tushunchasiga


Biznes g‘oyani biznes - modelga aylantirish jarayoni


Download 69.51 Kb.
bet2/2
Sana18.03.2023
Hajmi69.51 Kb.
#1281812
1   2
Bog'liq
2-topshiriq (3)

Biznes g‘oyani biznes - modelga aylantirish jarayoni
Birinchi bosqichda tadbirkorlarning kompetentsiyalari doirasida iste’molchilarning eng muhim muammolarini izlash amalga oshiriladi. So‘ngra, 2- bosqichda, biznes g‘oya kreativ yondashuv asosida shakllantirilib, u 3-bosqichda muayyan biznes-modelgacha “o‘stiriladi” va amaliyotda ikkinchi bosqich doirasida amalga oshiriladi. Albatta, mazkur jarayonlar iterativ tavsifga ega bo‘lgani holda, olingan echimlar qanoatlantirmasa yoki yangi ma’lumotlar kelib tushgan taqdirda jarayonlar boshidan takrorlanadi.

  1. M.Jonson, K.Kristensen, X.Kagermann metodologiyasiga muvofiq biznes- modelning mohiyatini aniqlashtiring. Asosiy bloklar haqida ma’lumot bering?

Biznes-modelni tanlash mexanizmini tushungan holda, kompaniya biznes- modelinin asosiy elementlarini yoki bloklarini ham tushunib olishimiz talab etiladi. Ushbu maqsadlar uchun, Mark Jonson, KleyKristensen va Xenning Kagermann (Johnson et.al.,2008) tomonidan taklif qilingan biznes-model ta’rifidan foydalanamiz, chunki bu ta’rif bizning fikrimizcha, eng to‘g‘ri, aniq va tartibli tuzilishga asoslangan hisoblanadi. Shu tariqa, biznes-model birgalikda iste’molchilarga qiymat yaratadigan va etkazib beradigan to‘rtta o‘zaro bog‘liq element yoki sub-modellardan tashkil topadi:
1. iste’molchilarga taklif qilinayotgan qiymat (customer value preposition);
2. foyda formulasi (profit formula);
3. asosiy resurslar (key resources);
4. asosiy jarayonlar (key processes)
Iste’molchilarga taklif qilingan qiymat. Muvaffaqiyatli kompaniya - bu iste’molchilar xoxlayotgan kerakli qiymatni yaratish yo‘lini topa olgan kompaniyadir.
Foyda formulasi. Foyda formulasi - kompaniyaning ayni vaqtda qyimatni iste’molchilarga etkazib berish orqali o‘zi uchun qay tarzda qiymat yaratayotganligini ko‘rsatib beradi.
Asosiy resurslar. Personal, texnologiyalar, mahsulotlar, bino va inshootlar, asbob-uskunalar, taklif etilayotgan qiymatlarni maqsadli iste’molchilarga etkazib berish uchun zarur bo‘lgan kanallar va shu kabilar asosiy resurslar hisoblanadi.
Asosiy jarayonlar. Muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalar yaratilgan qiymatni iste’molchilarga vaqt va makonda tezkor va samarali tarzda etkazib berish imkonini beruvchi operatsion va boshqaruv jarayonlari bilan boshqalaridan ajralib turadi.

  1. A.Ostervalder yondashuvining mohiyati nimadan iborat. Bloklarni to‘ldirish tartibini tushuntiring?

Ostervalder biznes-modelni tashkilotning tashkil etish, rivojlantirish va uning muvaffaqiyatli faoliyatining asosiy tamoyillarini ta’riflash uchun zarur vosita sifatida tushuntiradi. Ostervalder modelining bloklarini to‘ldirishga urinib ko‘ramiz. Ostervalder modelining birinchi va asosiy bloki “qiymat taklifi” (value proposition) blokidir. Ushbu blokni to‘ldirganda quyidagi savollarga javob berish talab etiladi:

  1. Biznes iste’molchilarga qanday qiymatni etkazib berishi mumkin?


  2. Biznes iste’molchilarning aynan qaysi muammosi (muammolari)ni hal etishi lozim?


  3. Bozorda qanday mahsulot va xizmatlar taklif etilmoqda?


  4. Kompaniya iste’molchilarning qaysi ehtiyojlarini qondiradi?




To‘ldirilishi lozim bo‘lgan ushbu maydonning asosiy tavsiflovchi jihati bo‘lib, qiymat taklifining quyidagi o‘ziga xosliklari hisoblanadi:


  • yangilik;


  • ish sifati;


  • dizayn;

  • brend;

  • mahsulot narxi;


  • xarajatlarni kamaytirish yoki xatarlarni kamaytirish imkoniyati;


  • mahsulotga etishishning osonligi;


  • qulaylik.




Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu blokda asosiy e’tibor mahsulot yoki xizmatning o‘ziga emas, balki uning iste’molchiga keltiradigan nafliligiga qaratilishi lozim.
Ostervalder modelining ikkinchi bloki “Mijozlar segmenti” (customersegments) hisoblanadi.Mazkur blokni to‘ldirish uchun quyidagi savollarga javob berish muhim:


  1. Qiymat kimlar uchun yaratilayapti?


  2. Kompaniya uchun eng muhim iste’molchilar kimlar hisoblanadi?




Quyidagi bozor tavsiflari ushbu maydonning asosiy tavsiflovchi jihatlari hisoblanadi:


  • bozor o‘lchamlari (bozordagi ulush yoki mass-market);


  • bozor qanchalik darajada segmentlanganligi;


  • bozor qanchalik diversifikatsiyalashgan.



  1. Biznes-rejalarni tuzishdagi ikki asosiy yo‘nalish to‘g‘risida tushuncha bering?

Innovatsion loyihaning biznes-rejasi - bu mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan harakatlarning bosqichma-bosqich yo‘riqnomasi, harakatlar dasturini ifoda etuvchi hujjatdir. Biznes-modelining tahlili biznes-reja tuzishning asosini tashkil etadi. Biznesni rejalashtirish jarayoni uni tashkil etishning asosiy jihatlari va holatlarini tizimlashtirish va tartibga solishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Hujjatning aniq bir tuzilmaga ega bo‘lishi har qanday kishiga batafsil o‘rganishga vaqt sarflamasdan biznes-rejada ko‘zda tutilgan holatlar borasida yaqqol tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Odatda, biznes-rejalar uzoq va ko‘p bosqichli professional tekshiruvlardan o‘tadi, unda ekspertlar biznes-rejalarning mazmunini sinchkovlik bilan o‘rganibgina qolmasdan, ularni o‘zaro taqqoslashlariga ham to‘g‘ri keladi.

Shuning uchun biznes-rejani ishlab chiqishda hujjatning rasmiy tuzilmasiga rioya qilish va har bir bo‘limni to‘ldirish bo‘yicha umum e’tirof etilgan talablarni bajarish muhimdir. Ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarga bog‘liq ravishda biznes- rejaning ikkita asosiy yo‘nalishi mavjud:


  1. ichki foydalanish uchun tuzilgan va bozor ehtiyojlariga va zarur resurslarni olish imkoniyatlariga muvofiq yaqin va uzoq kelajak uchun biznesni rivojlantirish strategiyasini ifodalovchi biznes-rejalar. Bunday holda, biznes-rejaning maqsadi loyihaning hayotiyligini, maqsadli natijalarga erishishning haqqoniylik darajasini baholashdan iborat bo‘ladi;


  2. potentsial investorlarni yoki kredit resurslarini jalb qilish maqsadida tashqi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan biznes-rejalar.



  1. Biznes-reja asosida hal etiladigan asosiy vazifalarni yoritib bering?

Biznes-reja asosida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi:

  • kompaniyaning uzoq va qisqa muddatli maqsadlarini, ularni amalga oshirish strategiyasi va taktikasini shakllantirish;


  • faoliyatning muayyan yo‘nalishlarini, istiqbolli sotuv bozorlarini va ushbu bozorlarda kompaniyaning o‘rnini aniqlash; kompaniyaning marketing strategiyasini belgilash;


  • mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni baholash;


  • kompaniya jamoasining belgilangan maqsadlarga erishish bo‘yicha talablarga muvofiqligini baholash;


  • moddiy va moliyaviy resurslarning mavjudligi va etarliligini aniqlash va loyihaning potentsial rentabellik darajasini aniqlash;


    • xatarlarni tahlil qilish.




Biznes-rejaning namunaviy tuzilishi odatda quyidagi qismlardan tashkil topadi:


  1. Rezyume (loyihaning qisqacha tavsifi).


  2. Loyiha tashabbuskori ( alohida shaxs + jamoa + korxona)


  3. Mahsulot tavsifi.


  4. Bozorni tahlil qilish.


  5. Marketing rejasi.


  6. Ishlab chiqarish rejasi.


  7. Tashkiliy reja.




8 Moliyaviy reja va samaradorlik tahlili.


  1. Investitsiya rejasi.


  2. Xatarlarni tahlil qilish.



  1. Biznes-rejaning namunaviy tuzilishi. Biznes-reja bo‘limlarini tavsiflang?

Biznes-reja tuzilishi:
1) Sarlavha sahifasi;
2) Izohlash;
3) Maxfiylik to’g’risidagi memorandum;
Keyin uning asosiy bo’limlari.
1) Rezyume;
2) Tashkilot faoliyati tarixi (tarmoq tavsifi);
3) Tashkilotning biznes ob’ektining xususiyatlari;
4) Tashkilotning ishbilarmonlik muhitini tahlil qilish;
5) Marketing rejasi;
6) Ishlab chiqarish rejasi;
7) Tashkiliy reja:
8) Moliyaviy reja;
9) Xavfni baholash va sug’urta qilish;
10) Arizalar

  1. Innovatsion jarayon, goyalarni murakkab zanjirini ifodalab bering?

Innovatsion faoliyat bitta mantiqiy zanjirga birlashtirilgan bir qator tadbirlardan tashkil topadi. Bu zanjirning har bir bo’g’ini (innovatsion davraning) har bir bosqichi riyojlanishning o’zining mantiqiga bo’ysunadi, o’zining qonuniyatlari va xususiyatlariga ega. Ilmiy izlanishlar, tajriba – konstruktorlik va tеxnologik ishlamalar, invеstitsion – moliyaviy, markеting tadbirlari, ishlab chiqarish quvvatlari va tashkiliy tuzilmalar birga birlashgan holda bitta asosiy maqsad – yangilikni yaratishga bo’ysunadi. Markеting tadqiqotlari bag’rida vujudga kеlgan tovarlar, talab va tеxnologiyalarning yashash davralari qisqa vaqt ichida iqtisodiy ob'еktlar, jarayonlar va tizimlarni o’rganishda ustuvor holatni egallaganlar. Misol uchun, tashkilotlar, sanoat ishlab chiqarishi sohalari, tеxnik buyumlar, qurilish konstruktsiyalari, mashinalar va mеxanizmlar yashash davralari kontsеptsiyasi ancha riyojlanganlar.Innovatsion faoliyatni o’rganish uchun yangi tovar, yangi tеxnika va tеxnologiyalar, hamda ochiq tizimlar sifatidagi innovatsion tashkilotlarning yashash davralari eng katta ahamiyatga ega.

  1. Innovatsion faoliyatga ta‘sir etuvchi asosiy omillarni ko’rsatib bering?

Korxonaning innovasion salohiyatiga ta’sir etuvchi omillar

  • boshqarilmaydigan;


  • bilvosita boshqariladigan;


  • bevosita boshqariladigan.




Boshqarilmaydigan omillar (yoki berilgan) - bular, korxona innovasion salohiyatiga, boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga ta’sir o`tkazmaydigan omillar.
Bilvosita boshqariladigan omillar - bular, korxona innovasion salohiyatiga ta’siri natijalari boshqaruv qarorlarining qanday qabul qilinishi, tashqi omillar ta’siri bilan bog`liq bo`lgan omillar. Korxona innovasion salohiyati rivojlanishiga bilvosita boshqariladigan omillarning ta’siri innovasion loyihalarga ta’sir o`tkazuvchi moliya institutlarining qabul qiladigan boshqaruv qarorlarini, innovasiyalar sohasida davlat siyosatining innovasiyalarni targ`ib etishda manfaatdorlar sanoat tizimlari bilan bog`liq (bank sohasi, davlat investorlar va boshq.).
Bevosita boshqariladigan omillar sirasiga, korxona innovasion salohiyatiga ta’sir ko`rsatish natijalariga boshqaruv qarorlarining qabul qilinishi bilan butunlay bog`liq bo`lgan omillar.
Korxonaning innovasion salohiyatiga uning sohaga tegishliligi alohida ta’sir o`tkazadi. U aytarli darajada xususiy, mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishga sharoit yaratadi. Boshqa shu kabi sharoitlarda ham aynan qaysi sohaga tegishlilik omili investisiyalarni o`ziga jalb qilish ko`lamini oshiradi.

  1. Innovatsion faoliyatni bashqarishni qanday qonuniyatlarini bilasiz?

Innovasion jarayonlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda alohida xodimlar va bo`limlarning ishtiroki muhim. To`g`ri ishlangan motivasiya tizimi kadrlarning ijodkorligini, xodimlarning innovasiyalarga tayyorgarlik darajasini oshiradi va shu bilan birgalikda korxona innovasion salohiyatini yuksaltiradi.
Joriy ishlab chiqarish va texnologik daraja quyidagilarni qamrab oladi: ish o`rinlarining bilim sohalariga ko`ra zamonaviy innovasion va axborot texnologiyalari, kompyuter tizimlari, ilg`or uskunalar bilan, shuningdek, zarur bo`lgan materiallar, reaktivlar, laboratoriya, ishlab chiqarish va ofis jihozlari bilan ta’minlanganligi; ishlab chiqarishda ilg`or va innovasion texnologiyalarning qo`llanishi. Ushbu omil innovasion salohiyatni tashkil etuvchilaridan biri - ishlab chiqarish va texnologik salohiyatni shakllantiradi.
Innovasion salohiyatning boshqa bir tashkil etuvchisi - ilmiy-texnik salohiyat to`g`ridan-to`g`ri korxonaning erishgan ilmiy-texnik darajasi bilan bog`liq. Ushbu omil o`z ichiga quyidagilarni kamrab oladi: intellektual mulk huquqlari (patent, sertifikatlar, nou-xau); innovasiyalar haqida mamlakatdagi kabi, xorijda ham axborotlar mavjudligi: ilmiy-texnik adabiyotlar, intellektual mulk ob’ektlari bilan ishlash, yangi yuqori ilmiy texnologiyalar, tizimlar va uskunalar haqida axborotlar; xalqaro va mahalliy axborot tizimlariga kiritilgan kompyuter tizimlarining mavjudligi; yangi texnologiyalarni rivojlantirish darajasi; tugallangan va tugallanmagan innovasion loyihalar shaklidagi ilmiy-texnik ishlanmalar.

  1. Innovatsion jarayonni amalga oshirish xususiyatlarini sharhlang?

Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya – yangi sharoitlar va qo’llash joylarda bir marta o’zlashtirib va foydalanib bo’lingan innovatsiyalarni vaqtda tarqatish juda katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davraviy xaraktеrga ega, buni iqtisodiyotni tashkil qilish va boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsiya” salohiyatli ilmiy – tеxnik taraqqiyot (ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va tеxnologiyalarda ro’yobga chiqaradigan aylanishi sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik kiritishlar muammolari ko’p yillar davomida ilmiy – tеxnik taraqqiyotning iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan.

  1. Innovatsion jarayonning mohiyati. Innovatsion jarayonning ikki asosiy bosqichini tavsiflab bering.




  1. Innovatsion jarayonning uch ko‘rinishi va ularning asosiy farqlari.

Download 69.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling