Tushunchasining mazmun mohiyati
qiyos etgulik. So‘lim bog‘ni, yetilib pishgan ne’matlarni ko‘rganda ko‘z
Download 251.53 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘zaro yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlar
qiyos etgulik. So‘lim bog‘ni, yetilib pishgan ne’matlarni ko‘rganda ko‘z
quvonadi. Bahri dilingiz ochiladi. Sog‘lom oila jamiyatning mustahkam poydevori. Ma’naviyat, salomatlik nuqtai nazaridan aytsak, oila insoniyat naslini pok saqlovchi, sha’ni va odamiyligini ta’minlovchi asosiy vositadir. Oila rishtasining asosida mehr- muhabbat turadi. Zero, Qur’oni karimning Rum surasinig 21- oyatida quyidagicha xabar beriladi: Uning oyatlaridan (yana biri) U zot sizlar hamdam bo‘lishlaringiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratishi va o‘rtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir. Oila qurish o‘ta noziklik bilan puxta o‘ylab bajariladigan vazifa! Zero, Amir Temur bobomiz kelin tanlash vazifasini davlat ishlari bilan teng qo‘yganligini ta’kidlab o‘tganlar. Kelajakda baxtni qo‘ldan boy bermaslik, atrofdagilarga va o‘ziga zahmat yetkazmaslik uchun oilain to‘g‘ri o‘zanga qo‘yish muhimdir. Zero, oila mustahkam bo‘lar ekan jamiyat mustahkam, oila tinch ekan jamiyat tinch bo‘ladi. Hozirgi kunda ba’zilarni yaqin qarindoshlar bilan quda-anda bo‘lishga intilishi kuzatilmoqda. Buning sababi qarindosh-urug‘chilikni yanada mustahkamlash va mol-mulkni begonalar qo‘liga o‘tib ketishidan muhofazalash deb ko‘rsatilmoqda. Lekin, tibbiyot olami olimlari yaqin qarindoshlar bilan oila qurishning salbiy oqibatlari ko‘pligini ta’kidlashadi. Uning asosiy sababi turli irsiy kasalliklarning kuchayib ketishidir. Uning oldini olish katta ahamiyatga ega. Eng asosiysi qon yangilanadi. Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda shaharlarda qarindoshlar o‘rtasida oila qurish hollari o‘n foyizga, qishloq joylarida yigirma-yigirma besh foyizga yetayotgan ekan. Zero, olimlarning ta’kidlashicha, yaqin qarindoshlar nikohi tufayli saksonga yaqin kasalliklar kelib chiqishi mumkin ekan. Jumladan, yo‘ldosh gematomasi, temir moddasining oshib ketishi, vaznning keskin kamayib ketishi aqliy o‘sishda yoki jismoniy rivojlanishida salbiy holatlar yuzaga kelishi kuzatiladi. Amerika genetiklari yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda irsiy kasalliklar va tug‘ma nuqsonlar qon bir bo‘lganligi uchun oila qurganda keskin darajada oshib ketishini ta’kidlashadi. Begonalar oila qurganida esa kuchli gen kuchsiz genni yengadi. Ya’ni immuniteti kuchli bo‘ladigan bo‘lsa, boshqa tomonni o‘sha kasalligiga qarshi tura oladi. Shu vaqtgacha mingdan ortiq bemorlarning kasallik anketalari bilan tanishdim, yuzlab irsiy kasalliklarga chalingan odamlarning o‘zi bilan suhbatlashib, irsiy kasalliklarning tarqalishi bevosita qorindosh -urug‘chilikka daxldor ekanligini kuzatdim. Chunki, deyarli o‘ttiz yildan beri tashhis apparatida ishlayman, ilmiy tadqiqotlarim ham shu mavzuda. Huzurimga ko‘plab homiladorlar keladi. Homilasini skringda tekshirganida, nogironligini aytishganini yana bir marta qaytadan tekshiruvdan o‘tish niyati borligini ta’kidlashadi. Ular orasida uchinchi marta mutaxassisga qayta tekshiruvga kelayotganlari ham topiladi. Ular najot, umid istashadi. Ularga rahmim ham keladi. Surishtirsam, ko‘pincha yaqin qarindoshlar orasidagi nikoh rishtasi oqibati bo‘lib chiqadi. Ba’zi birlari baribir ishonishmaydi. Vaqti soati kelib farzandni dunyoga keltiradi. Ammo.. Uch farzandi voyaga yetmasdan irsiy kasallik tufayli vafot etganlarni bilaman. Lekin, ular baribir umid qilishadi. Yangi oila qurishga majbur bo‘lishadi. Shuni ham unutmaslik kerak, yaqin qarindoshlar orasidagi nikoh rishtasi tug‘ilajak farzandlarning bo‘y va vazn jihatidan pastlab ketishiga ham olib keladi. Mutuxassislarning aytishicha, yaqin qarindoshlarning nikohi yetti avloddan keyin ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin ekan. Shuning uchun AQShning ayrim shtatlarida yaqin qarindoshlar o‘rtasdagi nikoh qonunan ta’qiqlangan. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida va tibbiy maslahatxonalarda, mahallalarda bu borada olib borilayotgan tushuntirish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilganligiga qaramay, salbiy holatlar hamon tez-tez uchrab turibdi. “Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarga alohida e’tibor berishdan maqsad, ularning kelgusi farzandlar va avlodlar hayotida og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini va uning zararini yana bir bor ilmiy asosda aholining keng qatlamiga yetkazishdan iboratdir. Ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, qarindosh-urug‘ bilan turmush qurish bo‘lajak farzand sihat-salomatligiga yomon ta’sir ko‘rsatar ekan. Olimlarning fikricha, qavm-qarindoshlardan tashkil topgan 100 ta oiladan 60 tasida tug‘ma irsiy kasallikka chalingan farzand tug‘ilishi kuzatiladi. Nosog‘lom farzand tug‘ilish xavfi qarindoshlar qanchalik yaqin bo‘lsa, shunchalik yuqori bo‘ladi. O‘zaro qarindosh er-xotin sog‘lom bo‘lishi mumkin, ammo ularning naslida irsiy kasalliklar uchrash xavfi yuqori bo‘ladi. Chunki, go‘dakka genning yarmi onadan, yarmi esa otadan o‘tadi. Irsiy kasalliklar irsiy axborotlarni nasldan- naslga tashuvchi genlarning o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladi. Ba’zi irsiy kasalliklar genlardagi yashirin zararlanish o‘choqlari oqibatida paydo bo‘ladi. Shunday o‘choqlari mavjud genga ega qarindoshlarning o‘zaro nikohi natijasida ushbu kasallik belgilarining yuzaga chiqish “imkoniyat”i ortadi va oqibatda nogiron, mayib-majruh bola dunyoga keladi. Genlardagi o‘zgarishlarning barchasini ham o‘z vaqtida aniqlash va davolashning imkoni yo‘q. Gen bilan bog‘liq ayrim kasalliklarning yashirin davri ikki-uch avlod o‘tib ham yuzaga chiqishi tibbiyotda o‘z isbotini topgan. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, qarindoshlar orasidagi nikoh nasliy va tug‘ma kasalliklar xavfini ko‘paytirishi mumkin bo‘lgan eng asosiy omillardan biri bo‘lib, yaqin qarindosh-urug‘larning oila qurishi tug‘ma nuqsonli va nasliy kasal bolalarni tug‘ilishiga, homilani bevaqt nobud bo‘lishiga yoki o‘lik tug‘ilishiga olib keladi. Shu sababli farzandlarning sog‘-salomat dunyoga kelishi va barkamol voyaga yetishi uchun bunday nikohlarning oldini olish lozim. Yaqin qarindoshlar orasidagi nikohning ayanchli oqibatlaridan yana biri homiladorlikning og‘ir kechishi, ko‘p qon yo‘qotish, homilaning tushishi, go‘dakning nimjon, nogiron yoki o‘lik tug‘ilishidir. Bunday hollarda ona ham, go‘dak ham jabr ko‘radi. Oramizda faqat yaqin qarindoshlarigagina qiz berib, qiz oladigan odamlar yo‘q emas. Ular yillar davomida o‘z urug‘ining “udum”lariga asoslanib, shunday yo‘l tutishadi. Ammo o‘zimiz o‘ylab topgan ana shu “udum”lar necha-necha oilalarning barbod bo‘lishiga, qarindoshlarning yuz ko‘rmas bo‘lib ketishiga olib kelayotganini, qancha murg‘ak go‘dak yelkasiga umrbod nogironlikni yuklayotganligini unutmaylik! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling