Tushuntirish
Biologiya fanini oqitishning vazifalari
Download 1.13 Mb.
|
Biologiya Dastur 2021-2022 o\'quv yili
Biologiya fanini oqitishning vazifalari:
asosiy biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish; nazariy bilimlarini amaliyotda qollash malakalarini shakllantirish; tirik organizmlarni kuzatish, tahlil qilish; milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish; talim sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan tafakkur va bilimlarni egallashi; Biologiyadan kundalik hayotlarida foydalana olishga orgatish; oquvchilarni ozlarining va ozgalarning salomatliklarini saqlashga, soglom turmush tarziga rioya qilishga orgatish; biologiya talimi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika yutuqlari bilan boglanishini taminlash asosida oquvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yonaltirish; tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bolish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish; biologik bilimlar zaminida mahalliy osimlik va hayvon turlari bilan tanishtirish; Biologiya olimlarining fan sohasidagi olib borgan ishlari bilan tanishtirish orqali vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; STEAM zamon talablari asosida xalqaro miqyosida oquvchilarga talim -tarbiya berishda umumtalim fanlari boyicha fanlararo boglanish va amaliy yondashuvni kuchaytirishga qaratilgan. Shu sababdan, biologiya fani matematika, geografiya, kimyo, fizika fanlari bilan integratsiyalashgan holda oqitiladi. Biologiya fanini oqitishda bakteriya, zamburuglar, osimliklar va hayvonlarning tuzilishi, ularning ahamiyati, xilma-xilligi, odamning tashqi muhitga ijobiy va salbiy tasiriga qaratilgan tushunchalar shakllantiriladi. Biologiya darslarini tashkil etishda oqitishning turli (maruza, ogzaki bayon qilish, amaliy topshiriq, korgazmalilik va boshqa) shakllaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, darsni tashkil qilishda dars berishning turli noananaviy usullaridan (bahs-munozara, biologik diktant, boshqotirmalar) hamda oquvchi shaxsiga yonaltirilgan, ularni faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan, muammoli talim, loyihalash, interfaol, hamkorlikda ishlash, oquv jarayonini samarali tashkil etish va boshqarishga asoslangan talim texnologiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Hozirgi texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda oqituvchi tomonidan dars jarayonida zamonaviy AKTlardan foydalanishi dars samaradorligining oshishiga va oquvchilarning fanga bolgan qiziqishlarini yanada orttirishga xizmat qiladi. STEAM talimi bilim, konikma va malakalarning ilmiy jihatdan qanday qilib kundalik hayot bilan bogliqligini korsatish orqali sinfdagi dars mashgulotlari va maktabdan tashqari kundalik faoliyatida oquvchilarning oquv tadqiqotlarini otkazish, tajribalarni bajarib korish, biologik ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bolgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bunda oquvchi yoshlarning qiziqishlarini ertaroq aniqlash va iqtidorini, ijodkorligini rivojlantirishga yonaltirish, yangiliklarni hayotga tadbiq etish orqali ilmiy izlanuvchanligi hamda yaratuvchanligini rivojlantirish uchun oquv dasturining boshida har bir sinf oquvchilarining oquv faoliyati natijalariga qoyiladigan talablar keltirilgan. Mazkur talablarning oquvchilar tomonidan bajarilishini taminlash oqituvchining asosiy vazifasidir. Bu oz ornida oquv yili boshlanishida pedagoglarning ish faoliyatini rejalashtirishini va harakat strategiyasini belgilab beradi. Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur oquv dasturida oquvchilarni mantiqiy fikrlashini va amaliy konikmalarini shakllantirishga qaratilgan xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga moljallangan amaliy mashgulotlar, laboratoriya ishlari uchun alohida soatlar ajratilgan. Laboratoriya ishi otilgan oquv materiali asosida uni bajarish tartibi va otkazish uchun zarur jihozlar toplamini oz ichiga oladi. Oquvchi laboratoriya ishida biologik jarayonlarni amaliyotda bajaradi, natijalari asosida jadvalni toldiradi, rasmini chizadi va xulosa yozadi. Mazkur dasturda biologiya fani chuqurlashtirib oqitiladigan sinf uchun qoshimcha mavzular(*) bilan belgilangan bolib, ajratilgan qoshimcha soatlar amaliyotga yonaltirilishi kozda tutilgan. Ushbu oquv dasturida boblar kesimida mavzularga ajratilgan umumiy soatlar hajmi keltirilgan bolib, ularning taqsimlanishi oqituvchi tomonidan ijodiy yondoshgan holda amalga oshiriladi. Bunda, nazorat ishlari uchun alohida oquv soatlari ajratilishi zarur. Jumladan, taqvim mavzuiy rejani tuzishda oquv dasturida boblarga ajratilgan umumiy soat hajmidan chiqmagan holda taqsimlanishi lozim. Shuningdek, oquvchilarning Davlat talim standartini ozlashtirish yuzasidan otkazilgan monitoring natijalariga kora oquvchilar bilimida aniqlangan boshliqlarni toldirish maqsadida mavzularga ajratilgan soat hajmini 15% gacha ozgartirish va metodik kengash yigilishida kelishilgan holda maktab pedagogika kengashida muhokama qilinib tasdiqlanishi maqsadga muvofiqdir. V SINF Biologiya fani oquv dasturi Xalq talimi vazirligining 2020-yil 10-avgustdagi 102-sonli buyrugi bilan tasdiqlangan Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling