“Bolalar ovqati uchun quvvati 2000 kg sutka pyuresimon meva-sabzavot konservalari assortimenti ishlab chiqarish texnologiuasini tashkil etish” mavzusidagi bitiruv malaka ishining TUSHUNTIRISH XATI « Go’sht-sut va konserva Mahsulotlaritexnologiyasi» kafedrasimudiri dots. Sanaev E.SH. Bitiruv malaka ishining rahbari: dots. Sanaev E.SH. Bitiruv malaka ishini bajaruvchi: 37-19 gurux talabasi Sunnatullayeva Shaxzoda Nig‘matilla qizi - Bog’da o’sadigan (xonaki) Nok, tog’olcha, Olma, tikan Nok eng ko’p tarqalganlari.
- Xonaki Nokning bir necha turlari o’stiriladi. Bular: vengerkalar, renklodlar, tuxumsimon Nok.
- Vengerkalar - mevasi yirik va o’rtacha, tuxumsifat cho’ziq, to’q ko’k bo’ladi. Eti zich, sersuv, qimizak, ta’mi yaxshi. Uni yangiligicha eyiladi, konserva qilish va qora Nokdan chiroyli qoqi olish uchun ishlatiladi. Vengerkalarning eng ko’p tarqalgan navlari: Italiya vengerkasi ( mevasi yirik), xonaki vengerka (mevasi o’rtacha), Moskva vengerkasi va x.k.
- Renklodlar - mevasi dumaloq, kamdan-kam oval shaklli, yashil yoki sariq rangli, mazasi shirin, danagi ajralmaydigan bo’ladi.
- Ular yangiligicha eyiladi, kompot, marinad, jem qilish uchun ajoyib xom ashyo tarzida ishlatiladi.
- Renklodlarning eng ko’p tarqalgan navlari: yashil renklod, Kolxozniy, Reforma, Altana.
- Tuxumsimon Noklar - mevasi yirik, tuxumga o’xshash, rangi sariq yoki to’q sariq, zich sersuv etining ta’mi qimizak bo’ladi.
- Bu Noknaviga: sariq tuxumsimon (nordonroq), Zolotaya kaplya, (ta’mi shirin, eti sersuv) kiradi.
- Sariq tog’olcha tikan Noklardan juda axamiyatlisidir. Mevasi mayda, dumaloq, sarg’ish. Bu tog’olcha ta’mi juda nordon bo’lib murabbo va povidlo tayyorlashga ishlatiladi. Quyidagi navlar ham: Anna Shpet, Viktoriya, sariq Ochakovskiy xonaki Nokturlari hisoblanadi.
Xomashyo tavsifi - Olma sovuqqa chidamli, yorugʻ sevar va namsevar, tuproq tanlamaydi, lekin unumdor tuproqlarda yuqori hosil beradi. Olma tarkibi oʻsish sharoitiga, navlariga qarab moddalar miqdori quydagicha boʻladi: qandlar-7,5-14% koʻprogʻi furktoza, organik kislotalar 0,7%, mineral moddalar 0,5% ( kaliy, natriy, kalsiy, magniy, temir), pektinli moddalar 1,5% gacha, suv- 86%, vitamin C, B, PP guruh vitaminlar, karotin.
- Olma tarkibidagi pektin va tegishli tolalar tufayli qondagi xolesterin darajasini kamaytiradi bu esa yurak xuruj xavfini kamaytiradi. Bolalarda olamalardagi erimaydigan tolalar ich qotishining oldini oladi va bu bilan yoʻgon ichak saratonini rivojlanishining oldini oladi. Olmadagi pektin uning asosiy himoya kuchini beruvchi modda hisoblanadi. U organizmga kiruvchi qoʻrgʻoshin va margimush kabi moddalarni bogʻlaydi organizmdan chiqaradi. Jigardagi xolesterni organizmdan chiqarishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |