Tushuntirish yozuvi mavzu: Kuniga 60t soya moyini uzluksiz usulda neytrallash, oqlash va hidsizlantirish texnologiyasi
TEXNOLOGIK TIZIMNI TANLASH VA ASOSLASH
Download 248 Kb.
|
kuniga 60t soya moyini uzluksiz usulda neytrallash oqlash va hidsizlantirish(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEXNOLOGIK SXEMANI BAYONI R
TEXNOLOGIK TIZIMNI TANLASH VA ASOSLASH
Yog’larni rafinatsiyalash sanoatida neytrallash usuli va texnoologik rejimlarni to’g’ri tanlash kerak. Neytrallash usullari asosan, neytrallangan yog’-sovun eritmasi fazalarini ajratish prinsiplari bilan farqlanadi ; -davriy –fazalarni tuzli-suv asosli gravitatsion maydonda ajratish; -uzluksiz-fazalarni markazdan qochma kuch maydonida ,ishqor sovun muhitida ajratish uzluksiz emulsiyali usul. Kam miqdorda yog’larni davriy usulda rafinatsiya qilish maqsadga muofiqdir. Bu usul xajmi 5, 10, 20 m bo’lgan neytralizatorlarda bajariladi. Moylarni davriy uisulda rafinatysiyalash kam xarajatli , soapstok bilan kam miqdorda yog’ ketishi texnologik, tizimining soddaligi bilan harakterlanadi. Davriy usulning , kmachiligi tindirishning uzoqligi va shuning oqibatida ishqor neytral yog’ni sovunlaydi. Uzluksiz usulda neytral yog’- soapstok fazalarini markazdan qochma kuch maydonida ajratish eng samarali va istiqbolli usul hisoblanadi. Bunda neytrallash maxsus aralashtirgichlar , fazalarga ajratish esa separator amalgam oshiriladi. Bu qurilmada foydalanilayotgan ishqor eritmasini konsentratsiyasi nisbatan yuqori bo’lishiga qaramasdan , yog’ bilan ishqor orasidagi kontakt juda qisqa muddatli bo’lganligi uchun neytral yog’ni sovunlanishi ko’p emas. Barcha och rangli yog’larni neytrallashni imkoniyati borligi , bosim ostida ishlovchi separatorlardan foydalanish jarayoni aftomatlashtirilganli , soapsto9kni yog’liligi maqsadga muofiqligi – bu usulning afzallilari xisoblanadi. Bu usulning kamchiligi yuqori kislotali moylarini va rangi to’q moylarni rafinatsiya qilinganda ko’p muammolar keltirib chiqaradi. Bu kurs loixasida kuniga 35 m syo moyini neytrallash va hidsizlantirish ko’zda tutilgan . SHuning uchun rafinatsiyalashning davriy usuli tanlandi. TEXNOLOGIK SXEMANI BAYONI Rafinatsiyaga berilayotgan qora yog’ tarozli bakka (1) tushib o’lchanadi va u yerdan davriy neytralizator (7) ga beriladi. Bu yerda moy 80-90 C gacha qizdiriladi va aralashtirgich turgan holda op’lchagich (2) hiso0blangan natriy gidroksid eritmasi beriladi .Moyni ishqor bilan reaksiyaga tugagunicha aralashtiriladi, keyin aralashtirgich massa neytralizatorda cho’ktirish uchun qoldirib qo’yiladi. Tindirish 6-8 soatgacha davom etadi. Cho’ktirish natijasida xosil bo’lgan soapstok neytralizatorning konusida tinadi. Tindirishni tezlatish uchun 8-10 % li 95-100 C gacha qizdiriladi.osh tuzi eritmasi8 o’lchagich (3) dab beriladi.Shunda neytralizatordagi aralashma 3 ta qatlamga ajraladi.Ustki neytral yog’ o’rtasi – soapstok va pastki tuz eritmasi. Tindirilgandan so’ng neytrallangan yog’ sharnirli truba orqali yuvish- vakuum – quritish apparati (8) ga yuboriladi. Neytralizatorda ajralib qolgan soapstok qabul qilgich (22) ga tushirib olinadi. U yerdagi soapstokning ustki qismida yog’ miqdori ko’p bo’lganligi sababli u qismi vakuum – yig’gich (23) orqali jarayonga qaytariladi. Soapstok nasos (21) orqali keyingi qayta ishlash bosqichiga yuboriladi. Osh tuzi eritmasi neytralizator konusida yig’iladi va u yerdan she moy tutgici (25) ga beriladi, keyin yog’I ajralib olingan qoldiq tozalashga beriladi. Yuvishni tezlatish va rafinatsiyalangan moydan sovun qoldiqlarini to’liq tozalab olish uchun 1- yuvishga o’lchagich (3) dan kelayotgan 90-95 C da olib boriladi.Keyingi yuvish issiq suv yoki kondensat bilan boradi. Ular o’lchagich (4) va (5) dan beriladi. Yuvindi suvni ajratiob olish uchun moy yuvish apparati (8) da tindiriladi yuvindi suv sehning moy tugich apparati (25) dan o’tib umumiy zavod tozalash bo’limiga yuboriladi.Moy tutgichda yig’ilgan moy vacuum –yeg’gich (23) ga so’rilib , qaytadan jarayonga qaytariladi . Yuvilgan mayday bir muncha suv qoldiqlari qoladfi, shuning uchun u shu apparatning o’zida qoldiq bosim 80 k Pa va temperatura 100- 105 C quritiladi. Vakuum –nasos (6) da hosil qi8linadi va bug’larni boshlang’ich kondensatsiyasi kondensator (10) olib boriladi. Qurilmalar moy rezervuar (26) ga qo’yib olinadi. Davriy usulda moylarni oqlash vertical apparat (9)da olib boriladi. U rezervuar (26) dan vakuum yordamida so’rib olinadi. Bu yerda bug’ yordamida 90-95 C gacha qizdiriladi va yaxshlap (27) dan moyga oqlovchi tuproq beriladi. Oqlamgan moy apparat (9) dan nasos (11) orqali ramali filtr press uhun jo’natiladi.Filtirlanadigan moy yeg’uvchi rezervuar (30)ga boradi. Birinchi xira porsiya moylari filtr pressdan tomib tuwayotganlari o’rta bachok (29) ga tushadi va u yerdan nasos (11) orqali filtr pressga qaytariladi. Ishlanib bo’lingan bo’limdan oqlovchi tuproq filtr pressdan yechib oplinib tarkibiga shimdirib olgan moylardan tozalash uchun qayta ishlashga yuboriladi yoki bo’masa kombikorm zavodlariga beriladi. Oqlangan moy davriy usulda ishlaydigan dezodarator (15)ga beriladi .Bu yerda dezodarator bug’ yordamida 180-200 C gacha uzluksiz o’tkir bug’ berilib qizdiriladi. Dezodaratorda qoldiqbosim 0.67KPa (5 mm .sim.ust) paraejektir vacuum –nasos(16) kondensator (17) orqali xosil qilinadi. Kondensatsiya qilinmagan gazlar chiqishini olodini olish suv ajratgich (18) da boradi. Kondensatorlar (17) ga yig’ilib borayotgan aralashma barometric korobka (36) dan o’tlaziladi. U moytutgich vazifasini bajaradi. Bu yerda yig’ilib qolgan moylar vacuum- yig’gich (39) so’rib olinadi.va nasos (40) orqaqli utilizatsiya beriladi. Dezodaratsiya jarayonini tugallash uchun moy regenerativ issiqlik almashtirgiz (33) ga tushiriladi va bu yerda moyning issiqlik ta’sirida moy qizdiriladi.Shuni hisobioga yog’ni qizdirish uchun bug’ ыфкаш kamayadi . Bu nasos (31) orqali bo’ladi. Qizdirilgan moy o’rniga yig’gich (32) ga beriladi , xavodan saqlanadi.Biroz sovugan moy xolodilnik (34) tushadi va 35-40 C gacha suv bilan sovutiladi.Bu sovutgichda o’lchagich (13) va dozali nasos (14) dan hisoblangan limon kislotasi eritmasi beriladi Bu dezodaratsiya qilingan moyni saqlashda mustahkamliligini ta’minlaydi. Sovunlangan moy sovutgich (34) dan nasos (35) orqali polirofkali filtr (19) beriladi.Tayyor bo’lgan dezodaratsiyalangan moy filtrdan tazozdagi korobka (20) oqiziladi u yerdan esa rezervuar (37) ga tushiriladi. Undan nasos (38) orqali tayyor ozuqaviy moylar saqlanadigan omborga jo’natiladi. Bu sxema universal darajadagi jarayon hisoblanadi. Download 248 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling