Tut ipak qurtining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari


Download 79.5 Kb.
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1427819
  1   2   3
Bog'liq
Tut ipak qurtining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari


Tut ipak qurtining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Reja:



1. Ipak qurti kasalliklari. Bakterial kasalliklar.
2. Ipak qurtining sariq, zambrugʻ va pebrina kasalliklari.
1. Ipak qurti kasalliklari. Bakterial kasalliklar. Ipak qurti ham boshqa hashoratlar singari turli kasalliklarga chalinadi, natijada pilla miqdorining kamayish va sifatining pasayishiga sabab boʻladi. Keng tarqalgan kasalliklarni tugʻdiruvchi mikroorganizmlarga bakteriyalar, zamburugʻlar, viruslar va tuban bir xujayralar xayvonlar kiradi.
Ipak qurtlarida bakteriyalar vositasida tugʻilgan kasalliklarga bakterial kasalliklar deb aytiladi. Bularga jonsizlik (oʻlat) — flyasheriya, qov chirish — septisemiya va liqqoq kasalliklari kiradi. Koʻpincha jonsizlik kasalligi bilan katta yoshdagi qurtlar kasallanadi. Kasallikning birinchi davrida ichakning faoliyati buzilishi natijasida qurtning ishtaxasi yoʻqoladi, qurt gʻananing chetiga chiqib oladi, ichi kelmaydi, baʼzan sohta oyoqlarining toʻrtinchi jufti falaj boʻladi.
Qon chirish (septisemiya) kasalligi tut ipak qurti, gʻumbagi va kapalagining yuqumli kasalligi boʻlib, uni suvda va havoda yashaydigan har xil bakteriyalar qoʻzgʻatadi.
Kasallik alomatlari: kasallik yuqib bir necha soat oʻtgach. qurtning ishtahasi yoʻqolib, ovqat eyishdan toʻxtaydi, kam harakat qiladi, hatto qimirlamay yotadi, qurt qayt qiladi, tashqi koʻrinishida xech qanday oʻzgarish sodir boʻlmaydi. Koʻpincha kasallik toʻrtinchi va beshinchi yoshdagi qurtlarda oʻtkir shaklda kechadi. Kasallikning ikkinchi kuni oxirida qurt oʻladi, tanasining baʼzi qismlari: koʻkrak va qorinning biriichi, ikkinchi va uchinchi boʻgʻimlari terisining buzilishi natijasida qorayadi.
Liqqoq kasalligi oʻlat kasalligiga oʻxshash keng tarqalgan boʻlib, uni streptokokk bakteriyalari chiqaradi. Bu kasallik qurt boqish qoidalariga toʻla amal qilinmaganda paydo boʻladi. Koʻpinncha uchinchi, toʻrtinchi, hususan beshinchi yoshidagi qurtlar kasallanadi.
Kasallik belgilari qouyidigilar: kasallangan qurtlar nimjon boʻlib qoladi, ichi ketadi, bargni oz eydi, yaxshi oʻsmaydi, ozib ketadi va anal teshigidan suyuqlik chiqarib turadi. Terisi ajin bosgandek burishadi, qoʻngir tusga kiradi.
2. Ipak qurtining sariq, zamburugʻ va pebrina kasalliklari. Sariq kasalligini viruslar keltirib chiqaradi. Bu kasallikka ipak qurti tuxumi koʻpincha qurtlik, gʻumbaklik va kapalaklik davrlarida chalinadi.
Kasallik alomatliri. Ipak qurtlarining sariq kasalligidan koʻplab oʻlishi koʻpincha ohirgi yoshda kuzatiladi. Baʼzan kichik yoshdagi qurtlar ham sariq kasali bilan ogʻriydi.
Zamburugʻ-muskardina kasalligi respublakamizning koʻp pillachilik tumanlarida uchraydi.
Muskardina kasalligi ipak qurtining hamma rivojlanish davrida, koʻpincha lichinkalik davrida uchraydi. Baʼzan uchinchi yoshdagi qurtlarning ommaviy kasallanishligi kuzatilishi mumkin.
Kasallik belgilari. Kasallik zamburugʻining sporalari, qurtning terisiga yopishib olib oʻsa boshlab, terisi orqali qonga oʻtadi va miseliy, yaʼni zamburugʻ tanasini hosil qiladi. Miseliy jadal oʻsib tarmoqlanadi, tarmoqlar qurt terisini teshib, tananing sirtiga ipchalar koʻrinishida chiqib turadi.
Muskardina kasalligi xavodagi changdan va kasal qurtlar sogʻlom qurtlarga tegib ketganda yuqadi.
Pebrina kasalligini qoʻzgʻatuvchi sodda hayvonlar tipi, knidosporidiylar sinfi, mikrosporidiyalar turkumi tut ipak qurti nozemasi turiga kiradi. Pebrina kasalligini qoʻzgatuvchi tashqi muhitda spora holatda boʻlib, rivojlanmaydi.
Kasallik alomatlari. Pebrina kasalligi ipak qurtining eng xavfli va keng tarqalgan kasalligi boʻlib, hamma rivojlanish (tuxum, lichinka.gʻumbak va kapalak) davrlarida kasallanadi va avloddan avlodga oʻtadi.
Ipak qurtining zararkurandalariga yirtqich va parazit xasharotlar, baqa va sudralib yuruvchilar, hasharotxoʻr qushlar hamda sichqon va kalamushlar kiradi. Ular ipak qurtining urugʻiga va lichinkasiga sezilarli darajada zarar etkazadi.
Ipak qurti kasalliklarini davolash usullari deyarli yoʻq. Shuning uchun uning — kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash asosan profilaktik — oldini olish va sanitariya gigiyenik tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Buning uchun qurtxonalar va asbob-anjomlar qurt boqishdan oldin dizenfeksiya qilinishi kerak.
Pillachilik yetib borgan joy borki, oʻsha yerli xalq ipak qurti boqish bilan mashgʻul boʻlgan. Ipak qurti ustida koʻplab olimlar tajribalar olib borishgan va ularda uchraydigan kasalliklarni aniqlab, kelib chiqish sabablarini koʻrsatib oʻtishgan. Jumladan, tut ipak qurtining xavfli kasalligi boʻlgan pebrinaga qarshi kurashning yagona biologik usuli ishlab chiqildi [prof. E.F.Poyarkov (1885-1955)]. Bu usulda pilla gʻumbagini 33.3-34.30C haroratda ushlash yaxshi natija bergani toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Olim tomonidan ipak qurtining pebrina kasalligi bilan kasallangan pillalar 7-8 kun 340 haroratda har kun 16 soat ushlanib turgan, 210c haroratda esa 8 soat ushlash tavsiya etilgan. Bu usul bilan ipak qurti urugʻini (B.Astaurov va boshqalar) termoterapiya bilan ishlov berishni tavsiya qilgan va bu usul gruziya urugʻchilik korxonalarida qoʻllanilgan [1; 121b] Bundan tashqari sanoatbop qurt boqishda duragaylardan foydalanish, ipak qurti naslchiligi, partogenezi va sitogenetikasi oʻrganildi, ipak qurtining jahon geno-fondi yaratildi [prof. B.A.Astaurov (1907 — 1975)], ipak qurti genetikasi oʻrganildi, 100% erkak jinsli duragaylar yaratildi (prof. V.A.Strunnikov), ipak qurtining serpushtlik va mahsuldorlik belgilari oʻzgaruvchanligi, irsiylanish, naslchilik ishining texnologik reglamenti, oilalarni baholash va tanlash usullari ishlab chiqildi (prof. U.Nasrillayev) [2; 29b]. Muhokama va natijalar Maʼlumki ipak qurti sovuqqonli jonzot hisoblanadi. Shu sababli tashqi muhitga juda taʼsirchan boʻladi. Iqlimni oʻzgarishi ipak qurti organizmida sodir boʻladigan biokimyoviy jarayonlarga keskin taʼsir koʻrsatadi. Bu qurtlik davrini choʻzilishini, "Sciyence and Education" Sciyentific Journal / ISSN 2181-0842 June 2022 / Volume 3 Issue 6 www.openscience.uz 183 poʻst tashlashi, ozuqani hazm qilishi, tanananing oʻsishi kabi jarayonlarda aks etishi mumkin. Koʻpincha, qurt boqqan zvenolar yetishtirgan pilla hosili koʻproq boʻlsin deb, pillalarni muddatidan oldin teradilar. Natijada pilla yetilmay, gʻumbaklari toʻliq shakllanmasdan qoladi. Vundan tashqari, gʻumbakdagi va rilla qobigʻidagi namlik meʼyoridan ortiq boʻlib, ularni qoplarga yoki faner qutilarga joylaganda pachoqlanib, sifati keskin pasayib ketadi. Shuning uchun pillalarni yetiltirib terish va oʻz vaqtida maxsus savatlar yoki qutilarga solib topshirish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi fikrlarni toʻgʻriligini tasdiqlash uchun oʻtkazgan tajribamiz natijalari quyidagi 1- jadvalda keltirilgan. 1-jadval Tirik pillalarning terish muddatiga qarab biologik koʻrsatkichlarining oʻzgarishi Jadvaldagi raqamlardan koʻrinib turibdiki, pilla oʻrashning 4-kuni terilgan pillalarning oʻrtacha ogʻirligi (l-variant) 2,353 g va rilla qobigʻini ogʻirligi 510 mg boʻlsa, 5-kuni terilgan (2-variant) pillaning oʻrtacha ogʻirligi 2,100 g, qobigʻini ogʻirligi 475 g, 6-kuni terilgan pillalarning rilla qobigʻining ogʻirligi bundan pastroq boʻlib, rilla terish kunining uzayishiga qarab, pillaning vazni va qobigʻining ogʻirligi kundan-kunga kamayib borgan. Vu koʻrsatkichlar pillaning 7-8-kuni yetilishini va undagi namlik 12 % atrofida boʻlishlidan dalolat beradi. 4- 5- 6-kuni terilgan pillalardagi ogʻirlik gʻumbak va rilla qobigʻi tarkibidagi suv miqdorining koʻpligi va pillaning yetilmaganidan dalolat beradi. Aksincha, rilla oʻrashning toʻqqizinchi va undan keyigi kunlari terilsa, rilla ortiqcha qurib vazni yengillashishi va qobiqdagi namlikning ortiqcha kamayishi oqibatida pilla qobigʻi tolasining yopishqoqligi ortishiga sababchi boʻladi. Yuqoridagilami eʼtiborga olib, pillalarni 7-kuni yetiltirib terib, tozalab, 8-kuni ertalab topshirilsa, maqsadga muvofiq boʻladi. Vu jarayonda shu narsaga jiddiy eʼtibor berish lozimki, rilla oʻrash davrida xonadagi harorat muhim rol oʻynaydi. Harorat meʼyorida boʻlgandagina (25-26 S) pillalar 7-8-kuni yetiladi. Harorat 20- 21C boʻlganida 11-12-kuni yetiladi. "Sciyence and Education" Sciyentific Journal / ISSN 2181-0842 June 2022 / Volume 3 Issue 6 www.openscience.uz 184 Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Ipak qurtini yuqumli kasalliklardan himoya qilish bu pilla hosilini himoyalash demakdir. Shuning uchun ham himoyaning eng asosiy vazifalaridan biri ommaviy kasallikning oldini olish uchun qilinadigan choratadbirlar hisoblanadi. Har xil yuqumli kasalliklardan xoli boʻlish uchun biz qurt boqishdan oldin barcha qurtxonalarni, asbob-anjomlarni dezinfeksiya qilishimiz kerak boʻladi. Tut ipak qurti kasalligining kelib chiqish sabablari, asosan ekologik faktorlar hisblanadi. Buning oldini olish uchun qurtning ozuqasining tozaligiga va yaxshiligiga ham eʼtibor berish kerak. Ipakchilik sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatar ekan, bu sohada tinimsiz izlanishlar olib borishni talab qiladi. Shunday ekan ipak yetishtirish boʻyicha ilgʻor davlatlar tajribalari va oʻzimizning olimlarimizni tajribalarini chuqur tahlil qilgan holda ipak qurtini boqish sharoiti, oziqlantirish usullari, ozuqa mahsulotlarini olish va takomillashtirish usullari, pillani chuvish jarayoni, pillani sifatini baholash usullari, pilladan olingan ipak mahsulotlari va hom ipak sifat koʻrsatkichlarini takomillashtirish orqali nafaqat mahsulot yetkazib berish hajmi boʻyicha, balki yetkazib beriladigan mahsulotning sifat koʻratkichlari boʻyicha ham jahon bozorida yetakchi oʻrinlarni egallash vazifasi oldimizdagi muhim maqsadlardan hisoblanadi. Buning uchun mustaqil Oʻzbekistonimizda hamma imkoniyatlar mavjud boʻlib, faqatgina sidqidildan mehnat qilishimiz talab qilinadi.

Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling