Tut ipak qurtining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari


Download 79.5 Kb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1427819
1   2   3
Bog'liq
Tut ipak qurtining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Ipak qurti kasalliklari— ipak qurtlarida uchraydigan kasalliklar. Tut ipak qurtlarida, asosan, quyidagi kasalliklar uchraydi: Sariq (virus) kasalligi ipak qurti, kapalagi hamda gʻumbaklarida uchraydi. Virus, asosan, qurt terisidagi jarohat orqali yuqadi. Kasallangan qurt sargʻayib, har tarafga oʻrmalay boshlaydi, koʻpincha, soʻkchakdan tushib ketadi. Qurt tanasining boʻgʻim orasi shishib, 1—2 kunda nobud boʻladi. Pebrina kasalligi (nozematoz)ni sodda parazit — nozema qoʻzgʻatadi. Qurt parazit sporalarini barg bilan yeb yuborishi natijasida kasallanadi. Kasallangan qurt tanasida mayda qora dogʻlar paydo boʻlib, oʻsishdan toʻxtaydi va nobud boʻladi. Bu kasallik nasldan naslga oʻtadi. Jonsizlanish kasalligi koʻpincha, oxirgi 3 yoshdagi qurtlarda kuzatiladi. Bunda qurt ichagida har xil bakteriyalar ichak epiteliysini yemirib, qonga oʻtadi va zaharlaydi. Qurtlar ichi ketib, ozadi, pilla ichida gʻum-bakka aylanmay, chiriydi, bunday pillalar qorapachoq deyiladi. Kon chirish kasalligi da bakteriya qurt terisining jarohatlangan joyidan kirib, qonga oʻtadi. Kurt kusib, barg yemay qoʻyadi, tanasi qorayadi, harakatdan toʻxtaydi. Liqqoqlik surunkali kasallik. Ipak qurti yoki asalari streptokokklari qurtning oʻrta ichagini zararlab kasallantiradi. Kurt bargni kam yeydi, ichi ketadi, terisi burishib, qoʻngʻir tusga kiradi. Bunday qurtlar kech pilla oʻraydi, pillasi juda yupqa va mayda boʻladi. Oʻlgan qurtlar burishib qoladi. Muskardina kasalligi da parazit zamburugʻlar sporasi ipak qurti tanasiga tushib, terisini teshadi va iplari (gifalari) qurtning hamma organiga oʻsib kiradi. Qurt boʻshashadi, barg yemaydi, qarakatlanmaydi, tanasida kora dogʻlar paydo boʻlib, nobud boʻladi, soʻng mitseliylar tanani teshib, sirtga chiqadi, qurt toshdek qotib qoladi. Shu sababli bu kasallik "tosh kasalligi" deb ham ataladi.
Kurash choralari: qurt boqish sanitariya qoidalariga rioya qilinadi, qurtxona formalin va xloramin bilan dezinfeksiyalanadi. Ad.: Gʻaniyeva M.R., Tut ipak qurti kasalliklari va zararkunandalari,
IPAK QURTI KASALLIKLARI — ipak qurtlarida uchraydigan kasalliklar. Tut ipak qurtlarida, asosan, quyidagi kasalliklar uchraydi: Sariq (virus) kasalligi ipak qurti, kapalagi hamda gʻumbaklarida uchraydi. Virus, asosan, qurt terisidagi jarohat orqali yuqadi. Kasallangan qurt sargʻayib, har tarafga oʻrmalay boshlaydi, koʻpincha, soʻkchakdan tushib ketadi. Qurt tanasining boʻgʻim orasi shishib, 1—2 kunda nobud boʻladi. Pebrina kasalligi (nozematoz)ni sodda parazit — nozema qoʻzgʻatadi. Qurt parazit sporalarini barg bilan yeb yuborishi natijasida kasallanadi. Kasallangan qurt tanasida mayda qora dogʻlar paydo boʻlib, oʻsishdan toʻxtaydi va nobud boʻladi. Bu kasallik nasldan naslga oʻtadi. Jonsizlanish kasalligi koʻpincha, oxirgi 3 yoshdagi qurtlarda kuzatiladi. Bunda qurt ichagida har xil bakteriyalar ichak epiteliysini yemirib, qonga oʻtadi va zaxarlaydi. Qurtlar ichi ketib, ozadi, pilla ichida gʻum-bakka aylanmay, chiriydi, bunday pillalar qorapachoq deyiladi. Kon chirish kasalligi da bakteriya qurt terisining jarohatlangan joyidan kirib, qonga oʻtadi. Kurt kusib, barg yemay qoʻyadi, tanasi qorayadi, harakatdan toʻxtaydi. Liqqoqlik surunkali kasallik. Ipak qurti yoki asalari streptokokklari qurtning oʻrta ichagini zararlab kasallantiradi. Kurt bargni kam yeydi, ichi ketadi, terisi burishib, qoʻngʻir tusga kiradi. Bunday qurtlar kech pilla oʻraydi, pillasi juda yupqa va mayda boʻladi. Oʻlgan qurtlar burishib qoladi. Muskardina kasalligi da parazit zamburugʻlar sporasi ipak qurti tanasiga tushib, terisini teshadi va iplari (gifalari) qurtning hamma organiga oʻsib kiradi. Qurt boʻshashadi, barg yemaydi, qarakatlanmaydi, tanasida kora dogʻlar paydo boʻlib, nobud boʻladi, soʻng mitseliylar tanani teshib, sirtga chiqadi, qurt toshdek qotib qoladi. Shu sababli bu kasallik «tosh kasalligi» deb xam ataladi.
Bu aniqlagichda koʻproq bakteriyalar boʻlimi oʻrganilgan boʻlib, bakteriyalar 19 ta guruhga boʻlingan. Shundan 5-guruh spiroxitlar, 10 va 14- guruhlarga gonokokk, streptakokk, stafilakokklar, 8-guruhga ichak va vabo kasalliklarini qoʻzgʻatuvchilari, 15-ruguhga aktinomitsetlar, mikobakteriyalar va nokordiyalar, 17-guruhga rikketsiyalar, 18-guruhga xlomiyalar va 19-guruhga esa mikoplazmalar kiritilgan. Zamburugʻlar, sodda hayvonlar va viruslar klassifikatsiyaning boshqa sistemasiga kiradi. Bularni Berdji oʻzining aniqlagicha kiritmagan. Bakteriyalar sistematikasida asosiy fiziologik belgilaridan biri ularning ovqatlanishidir. Ular butun tanasi orqali atrof muhitda erigan moddalar bilan oziqlanadi. Ular oqsil va uglevodlarni hamda boshqa murakkab birikmalarni parchalab, har xil moddalarni: spirt, sut kislotasi, pepton va peptidlar, amiak va xokazolarni hosil qiladi. Bakteriyalar tabiatda keng tarqalgan boʻlib, ular tuproqda, suvda oʻsimlik va hayvon organizmlarida yashab ayrimlari odam, hayvon va oʻsimliklarda har xil yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Bakteriyalarni oʻrganadigan fan “Bakteriologiya” deb ataladi. Bu fan odam, xayvon va oʻsimlik kasalliklarini oʻrganish jarayonida kelib chiqgan. Bakteriyalar hasharotlarda ayniqsa foydali hasharotlarni kasalliklarini oʻrganishda jumladan, ipak qurti, asalarilarning kasalliklarni olimlar ilmiy izlanishlar natijasida har tomonlama oʻrganishgan. Umuman hasharotlarda va oʻsimliklarda kasallik qoʻzgʻatuvchi bakteriyalarning kasalliklari bakterioz deb ataladi, xuddi shuningdek zamburugʻ kasalliklari mikoz, chuvalchang kasalliklari esa gelmintoz deb yuritiladi. 9 V.D.Shtiben hasharotlardagi kasallik oʻsimlik kasalliklaridan qanday farq qilsa umurtqali hayvonlarda ham shunday, bularda qandaydir umumiylik bor, ularni kasalliklarini farqlarini ajratish ancha qiyin, shuning uchun ham oʻsimliklardagi, hasharot va hayvonlardagi bakteriya kasalliklarini umumiy qilib bakterioz deb yuritiladi. Hasharotlarning bakteriozi qanchaki tashqi belgilari bilan boshqa bakteriozlarga oʻxshashidan qatʼiy nazar kasalliklar sistematikasining qoidalariga asosan butunlay mustaqil ravishdagi kasallikdir. Ular bir-birgaridan etiologik, patologik va kasallik qoʻzgʻatuvchilarining turlari va patogenez xususiyatlari: bilan farq qiladi. XIX asr oʻrtalarida faqatgina birgina mikroskop yordamida kasallik qoʻzgʻatuvchilarini aniqlashga urinishgan, ammo buni aniqlash uchun avolan bor bakteriyalar sistematikasining, bakteriologik uslublarni oʻrganishga anchagina vaqt talab qilar edi. Xatto XX asr boshlarida ham ipak qurchining bakteriya kasalliklarini oʻrganishda anchagina maʼlumotlar yigʻilgan. Olimlar oʻrtasida tortishuvlar, baxslar boʻlib, bu baxs va tortishuvlar flyasheriya-oʻlat kasaligi ustida boʻlgan. 3. Viruslar toʻgʻrisida tushuncha. Rus olimlaridan D.I.Ivanovskiy tomonidan 1892-yilda tamaki mozaikasini oʻrganish natijasida shuni isbotlaydiki, kasallik qoʻzgʻatuvchisi mikroskopda koʻrinmaydi, sunʼiy muhitda oʻstirib boʻlmaydi, bu virus-zaxar deb izohlaydi. Kasallikni qoʻzgʻatuvchisi ultrastrukturali boʻlganligi uchun bakteriya filtridan oʻtishi bilan bakteriyalardan farq qilishini va bakteriyalardan ham kichik organizmlar, yaʼni viruslar borligini isbotlab berdi. Olimlar tomonidan viruslar faqat tirik toʻqimalarda oʻsishi va ularning boshqa xususiyatlari asta-sekin oʻrganila bordi. Bakteriya filtridan oʻtuvchi viruslardan tashqari rikketsiylar va mikoplazma 10 organizmlar ham borligi aniqlandi. Viruslarning bakteriyalardan va mikroskopik zamburugʻlardan farqi shundaki, ularni sunʼiy muhitda oʻstirib boʻlmaydi, ularni zararlagan muhitdan ajratib olish ham qiyin. Viruslarni kuzatish va ajratib olish uchun kasallangan toʻqimalarni ezib, bakteriya filtiridan oʻtkaziladi, bu filtrat bir daqiqada 60 ming martagacha aylanadigan sentrofugalar yordamida choʻktirilib, elektron mikroskoplarda kuzatiladi. Viruslar ularning tarkibidagi nuklein kislotalarni miqdori, yaʼni DNK va RNK larning miqdoriga qarab ikkita tipga boʻlinadi. 1940-yillarda viruslar oʻsimlik viruslari va hayvon viruslari deb ajratilgan. Viruslarning biokimyoviy tuzilishi elektron mikroskoplar yordamida oʻrganilib, ularning bir birlaridan farqlari virionlar tarkibidagi ikkita nuklein kislotaning tuzilishiga qarab ajratilgan. Virionlar va hasharotlarning virus kasalliklari. Virionlar viruslarning voyaga yetgan bir qismidir, bu qismni “virusning infeksion bir boʻlagi” deb yuritiladi. Virion DNK va RNK ning birlamchi yoki ikkilamchi ipi boʻlib, oqsilli qobiq bilan oʻralgan, bu esa uning formasini hosil qiladi. Elektron mikroskopda kuzatilganda ularning tanasi, yaʼni formasi shar yoki tuxumsimon koʻrinishda boʻlib, kapsomer deb ataladi. Kapsomer oqsilli futlyar — kapsid qobiq hosil qiladi. Kapsomerlar ikki turda boʻladi. Birinchi turi tayoqchasimon viruslarda kapsidlar silindrsimon makkajoʻxori soʻtasini eslatadi. Ikkinchi turi sharsimon viruslar koʻp qirrali kapsidlarni hosil qiladi, ular hasharotlarning tursimon murakkab koʻzlarini eslatadi. Viruslarning hujayraga kirishi shunday boʻladiki, u yopishgan yerida hujayra membranalariga ilashib vakuola hosil qiladi u oʻzi bilan birga virionni ham qamrab oladi hujayra sitoplazmasiga joylashadi, bir vaqtning oʻzida virion alohida tarkibiy qismlarga ajraladi, yaʼni u erib oʻzining xarakterli belgilarini hosil qiladi. U qobiqning tarkibidagi 11 lipid-larni eritadi, kapsid erib ichki muhitga singadi va virusning DNKsi virion qobigʻidan ozod boʻladi. Hujayraga kirgan viruslar yangi avlodlarni virus virionlarini hosil qiladi. Bu davrda ularni aniqlash qiyin boʻladi, bu boshlangʻich faza boʻlib hujayra virusining eklips fazasi deb ataladi. Hujayrada virus-ning rivojlanishi sezilarli darajada hujayraning morfologiyasini biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni buzib virusning voyaga yetgan formalari virionlarni hosil qiladi. Natijada hujayra virionlar bilan toʻlib, parchalanib, butun ichki aʼzolari virionlar bilan birgalikda hasharotlarning ichki boʻshligʻida virus tanachalarini hosil qiladi. 4.Tut ipak qurtining sariq kasalligi va uning alomatlari. Ipak qurtining virus kasalligi bilan tabiiy zararlanishi uning ovqat hazm qilish sistemasida ichak hisoblanadi. Bundan tashqari virus ipak qurtiga terisining jarohatlangan joyidan, hatto nafas teshikchalari orqali ham yuqishi mumkin. Ichakning ichak shirasi taʼsirida poliyedra parchalanib, undan virionlar ajralib chiqadi, bunda albatta ichak shirasining rh 9-9,5 boʻlishi kerak. Bu holat har doim ham shunday boʻlavermaydi, chunki ichak shirasidagi rh qurt kattalashgan sari oshib borishi mumkin. Ipak qurtining ichak hujayrasiga virus kirgandan keyin virion oʻz qobigʻidan ozod boʻlib, ichak hujayralariaro ichak epiteliyasiga oʻtadi. Umuman tut ipak qurtining sariq kasalligi poliyedralari kapalakda va qoʻygan tuxum toʻplamlarida aniqlangan. Virus tuxumga ovogenez davrida, yaʼni tuxum qobigʻi hosil boʻlmasdan oldin murtakning hujayrasiga oʻtadi. S.N.Alimuxammedovning tajribalariga asosan virusning poliyedralari erkak kapalaklarning spermatozoidlarida, kopulyativ sumkachalarida, yaʼni spermatozoid saqlanadigan xaltachalarda, urgʻochi kapalaklarning urugʻ qabul qiluvchi tuxum yoʻllarida, urgʻochilari qoʻygan, yaʼni otalangan tuxumlarida ham boʻlishi aniqlangan. 12 Mikroskopda tekshirish natijalarida shu narsa aniqlanganki, endigina tuxumdan chiqqan qurt sariq kasalligi bilan kasallanib jonlangan kunning ikkinchi kuniyoq oʻlgan. Tut ipak qurtidagi kasalliklarning yuqishi uning yoshiga, xajmiga ham bogʻliq boʻladi. Bundan tashqari hayotiy jarayonlarda ovqat sifatining pastligi, namlikning yuqori boʻlishi qurtlarni quvvatsizlantirib, kasallikga tez beriluvchan boʻlib qoladi. Ipak qurtining sariq kasalligi koʻproq qurtlik davrida uchraydi. Ammo bu kasallik qurtning kichik yoshida ham asosan uchinchi yoshda uchrashi mumkin. Kasallik qurtning boshqa fazalarida yaʼni gʻumbaklik davrida ham uchraganligi olimlar tomonidan topilgan. Sariq kasalligining inkubatsion davri ikki bosqichda boʻladi. Birinchi bosqich virionlarning poliyedrdan chiqib hujayraga kirishi boʻlsa, ikkinchi bosqich kasallikning klinik belgilarini hosil boʻlishidir. Tut ipak qurtini sariq kasalligi asosiy belgilaridan biri kasallangan qurtlar bezovtalanib ovqatlanishdan qoladi, qurtlar har tomonga qarab tarqala boshlaydi, koʻpincha ular sukchaklardan pastga toʻkiladi. Kasallikning belgilari oldin sezilmaydi, asta-sekin esa qurtning teri qatlamida kasallik belgilari bilina boshlaydi. Sigmentlar orasi shishadi, bamisoli qurt tanasida xalqalarga oʻxshash belgilar sodir boʻladi. Bunday alomatlar faqatgina yadro poliyedrozi uchun xarakterli belgilardan biridir. Kasal qurtlarning terisi taranglashadi, yaltiroq boʻlib bamisoli yogʻli qogʻozni eslatadi. Oxirgi yoshdagi qurtlar semirganga oʻxshash tanasi ancha yoʻgʻonlashadi. Qurtning tanasi kaltalashib sigmentlar oralari tekislanib ketadi. Sariq kasalligidan semirgan qurtlar harakatsiz boʻlib, biroz gʻumbakka ham oʻxshab qoladi. Bunday qurtlarning rangi somon rangda yoki oq sutsimon rangda boʻladi. Kasal qurtlarning gistologik tuzilishini kuzatilsa gipoderma hujayralari buziladi, yaʼni degeneratsiyalanadi. Ekzokutikula qatlami endokutikulaga nisbatan yoʻgʻonlashadi. Sariq kasali bilan kasallangan 13 qurtlar poʻst tashlaganda poʻsti bilan dogʻlar ham birgalikda tashlanadi. Kasallangan qurtning terisi juda osongina jarohatlanadigan boʻlib qoladi, jarohatlangan yerdan koʻplab loyqa gemolimfa oqib chiqadi, quriganda bu gemolimfa oq sutsimon yoki sariq rangda dogʻlarni hosil qiladi. Kasallangan qurtlar ipak chiqarib tursada “semirgan”ligi natijasida pilla oʻray olmaydi, chunki tanasi egila olmaydi. Agarda kasallik uncha kuchli boʻlmasa, bunday qurtlar pilla oʻrab ulguradi yoki oʻrab ulgurmasdan oʻladi. Pilla ichidagi oʻligi chirib undan sariq yoki qoʻngʻir kul rangdagi suyuqlik chiqib pilla qobigʻida dogʻlarni hosil qiladi. Viruslar eng avval qurtning gemolimfasini zararlab, keyin yogʻ tanachalariga oʻtadi va qurtning barcha toʻqimalarini zararlaydi, bundan tashqari jinsiy bez toʻqimalari, malpigiyev naychalari devorlarida, muskul toʻqimalarda, soʻlak va ipak bezlarida ham viruslarni uchratish mumkin. Sariq kasalligining aniq xarakterli, oʻziga xos alomatlari boʻlganligi tufayli kasallikga diagnoz qoʻyish qiyin emas. Faqatgina yosh qurtlarda kasallik belgilarini aniqlash anchagina qiyinchilik tugʻdiradi. Shunga qaramasdan yosh qurtlar poʻst tashlash davrida ayrim belgilar katta yoshdagi kasallik belgilariga oʻxshash boʻladi. Ipak qurtining uchinchi yoshidayoq ayrim qurtlarda sargʻish ranglarni ham uchrtatish mumkin. Sariq kasalligi bilan kasallangan qurtlarni gemolimfasi loyqa boʻlishi, sarigʻ yoki sut rangda boʻlishi sariq kasalligining asosiy belgilaridan biridir.

Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling