Odam anatomiyasi fani haqida tushuncha


Download 24.51 Kb.
bet1/2
Sana07.02.2023
Hajmi24.51 Kb.
#1174976
  1   2
Bog'liq
Odam anatomiyasi fani haqida tushuncha


Odam anatomiyasi fani haqida tushuncha.
Odam anatomiyasi odam organizmining shaklini, tuzilishini,uning rivojlanish jarayonini o`rganadigan fan bo`lib, har bir a‘zoni jinsiy yosh jihatdan tafovut qilishini, shuningdek, atrof muhitning a‘zolar tuzilishi va funksiyasiga bo`lgan ta‘sirini o`rganadi.
Odam anatomiyasi tibbiyotning asosini tashkil qilib bir qancha fanlarni o`z ichiga oladi.
Anatomiyaning o`rganish usullari.
Odam anatomiyasining o`rganish usullari bir necha xil bo`lib odam tuzulishi haqida to`liq tassavvur hosil qilishda murdani yorib ko`rish usulidan foydalanib o`rganiladi. Tirik odamlarda esa mavjud bo`lgan texnika vositalaridan foydalangan holda fiziologik usullar qo`llanib o`rganiladi. Bular quyudagilardir.



  1. Antropomеtrik usul – bo`y uzunligi, tana vazni, ko`krak qafasi aylanasi, yеlka kеngligi kabilar o`lchanib o`sish va rivojlanishi o`rganiladi. 


  2. Kesib ochish yo`li bilan preparatlar tayyorlash 


  3. Arralash usuli- murda muzlatilib, o`rganiladigan a‘zosi bo`lagini qavatma-qavat qilib arralanadi va a‘zolar topografiyasi haqida kengroq ma‘lumot olinadi. 


  4. In‘eksiya usuli- ichi kovak a‘zolarga, qon tomirlariga turli xil kimyoviy bo`yoqlar yuborib o`rganiladi. 


  5. Yoritish ravshanlashtirish usuli- o`rganiladigan a‘zo kislota yoki ishqor suyuqliklariga solib kuzatiladi va nurlarini turlicha sinishi natijalari bir-biridan ajralib ko`riladi. 


  6. Karroziya yoki yemirish usuli kovak a‘zolariga tez qotadigan modda yuborib so`ngra kislota yoki ishqor ta‘sirida a‘zo to`qimalari yemiriladi va u a‘zoning shakli o`rganiliadi 


  7. Rentgen nuri yordamida o`rganish usuli- tirik odam tuzulishini o`rganishga keng imkon beradi. 


  8. Paypaslab o`rganish usuli- a‘zo chegralarini o`rganadi 


  9. Perkussiya – barmoq yoki bolg`acha bilan urib aniqlash usuli, a‘zo chegaralari o`rganiladi. 

12. Auskultatsiya usuli – maxsus eshutish asboblari yordamida yurak, o`pkaning ishlab turgan paytdagi tovushi eshitiladi, normal yoki kassallik holati aniqlanadi.


13.Mikroskopda ko`rib urganish usuli- to`qima va a‘zolaring hujayraviy tuzulishi o`rganiladi.

Download 24.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling