1. Odam anatomiyasi fani haqida tushuncha
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
1 top anatomiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Solishtirma anatomiya
- Antropologiya
- Gistalogiya
1 .Odam anatomiyasi fani haqida tushuncha. Odam anatomiyasi odam organizmining shaklini, tuzilishini,uning rivojlanish jarayonini o`rganadigan fan bo`lib, har bir a‘zoni jinsiy yosh jihatdan tafovut qilishini, shuningdek, atrof muhitning a‘zolar tuzilishi va funksiyasiga bo`lgan ta‘sirini o`rganadi. Odam anatomiyasi tibbiyotning asosini tashkil qilib bir qancha fanlarni o`z ichiga oladi. Solishtirma anatomiya - odam organizmining hayvonlar organizmidan tubdan farq qilishi odamning evolyutsion taraqiyoti qonunlari - filogenezga taqqoslangan holda odam holatiga o`tish jarayoni antropogenizni o`rganadi. Embriologiya – odam organizming paydo bo`lishini tugilguncha ona qornida o`sib rivojlanib borishini o`rganadi. Yoshga doir anatomiya – tug`ilgandan boshlab to hayotining oxirigacha bo`lgan davrda organizm tuzilishidagi tofovutlarni o`rganadi. Antropologiya – organizm shakllanishi, rivojlanishiga odamlar yashab turgan muhitning iqlimiy – geografik sharoiti, ijtimoiy va biologik omillarning ta‘sirlarini o`rganadi. Funksional anatomiya – a‘zolarning tuzilishi ularning vazifalariga bog`liq holda shakllanib borishini o`rganadi. Fiziologiya – organizm a‘zolar tizimi, a‘zolarni, shuningdek, to`qima va hujayralarning hayotiy faoliyatini o`rganadi. Gistalogiya – a‘zolarni tashkil qilgan to`qimalarni o`rganadi. Patologik anatomiya- a‘zolarning kasallik holatidagi o`zgarishlarni o`rganadi. Sistematik anatomiya- bir-qancha bo`limdan iboratdir. U organizmning har-xil sistemalarini o`rganadi, masalan, suyaklarni osteologiya, bo`g`imlarni sindesmologiya, muskullarni miologiya, ichki a‘zolarni splanxologiya, qon tomirlar tuzulishini angiologiya, ichki sekretsiya bezlarini endokrinologiya , sezgi a‘zolarini esteziologiya, nerv tizimini nevralogiya bo`limlari o`rganadi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling