REGENERATSIYA
Regeneratsiya [lot. regeneratio – qayta tiklanish] (biologiyada) – organizmning yoʻqotgan yoki
jarohatlangan aʼzolar va toʻqimalarni tiklash xususiyati (xususiy regeneratsiya), shuningdek, uning ayrim
qismlaridan bir butun organizmning tiklanishi (somatik embriogenez, vegetativ koʻpayish). Regeneratsiya
atamasini fransuz tabiatshunos Reomyur (1712) kiritgan.
Odam va hayvonlarda regeneratsiya reparativ (olib tashlangan yoki nobud boʻlgan tuzilmalar oʻrniga
yangisining hosil boʻlishi) va fiziologik (yoʻqotilgan tuzilmalar oʻrniga yangisining hosil boʻlishi)
boʻladi. Fiziologik regeneratsiya koʻproq uchraydi (masalan, sut emizuvchilarda qon va ayrim epiteliy
hujayralarining yangilanib turishi).
Regeneratsiya turli hayvonlarda turlicha rivojlangan. Koʻpchilik tuban umurtqasiz hayvonlar (gʻovak
tanlilar, boʻshliqichlilar)da tananing kichik parchasidan yaxlit organizm rivojlanishi mumkin. Tuban
umurtqalilar (suvda va quruqlikda yashovchilar, sudrapib yuruvchilar), shuningdek, bir qancha yuksak
umurtqasizlar (halqalilar, qiskichbakasimonlar, ignatrililar)da koʻz qismlari, dum, ichak va toʻqimalar,
odam va sut emizuvchilarda esa faqat ayrim toʻqimalar tiklanadi. Sharoit oʻzgarganida geteromorfoz kelib
chiqishi mumkin.
Regeneratsiya mexanizmlarini hujayraviy manbalar, hujayralararo va toʻqimalararo taʼsirlar, gormonlar
va boshqa(lar) biologik faol moddalar taʼsiri, nerv va immun tizimlari, shuningdek, genetik omillar orqali
tushuntirish mumkin.
Document Outline - QADIMGI DUNYO
- O'RTA ASRLAR
- YANGI VAQT
- REGENERATSIYA
Do'stlaringiz bilan baham: |