1. Odam anatomiyasi fani haqida tushuncha


PLASTIDALAR Etioplast Proplastid Xromoplast Xloroplast Leykoplast


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana17.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1541640
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1 top anatomiya

PLASTIDALAR Etioplast Proplastid Xromoplast Xloroplast Leykoplast
Prokariot va eukariot hujayralarning solishtirishma farqlari:* Eukariotlarda aniq yadro va membranali 
organoidlar mavjud, prokariotlarda ular yo’q’* Eukariotlar hajmi o’rtacha mkm, prokariotlarda esa 0,5-5 
mkm, gigant hujayralar faqateukariotlarga xos;Eukariotlarda sitoskeletni mavjud, prokariotlarda u 
yo’q;PLASTIDALAREtioplastProplastidXromoplastXloroplastLeykoplastAmiloplastStatolitElayoplastProtei
noplast 
HUJAYRANING KIMYOVIY TARKIBI:
1-guruh (98 % gacha) (makroelementlar)UglerodVodorodKislorodAzot2-guruh (1,5

2 %)kaliynatriyKalsiyMagniyoltingugurtFosforXlorTemir3-guruh (>0,01 %) 
(mikroelementlar)SinkMisFtorYodKobaltMolbden4-guruh (>0,00001 %) (ultra 
mikroelementlar)UranRadiyOltinHUJAYRANING KIMYOVIY TARKIBI



8.
To’qimalar klassifikatsiyasini ayting. 
Epiteliy to`qimasi chegaralovchi to`qima bo`lib, tana yuzasini, hazm qilish nayining, nafas va siydik 
chiqarish yo`llarining ichki yuzasini qoplab turadi. Jigar, me’da osti bezi va shuningdek organizmdagi 
boshqa ko`pgina bezlarning tarkibiga kiradi. Seroz pardalar ham epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy 
to`qimasi himoya, sekretor, so`rish va ekskretor funktsiyalarni bajarishga moslashgan. Ichak bo`shlig`ida 
fermentlar ta’sirida parchalangan oqsil, uglevod, yog`lar monomerlar holida hamda suv va mineral tuzlar 
ximus tarkibidan ichak epitelial hujayralari orqali qon yoki limfaga so`riladi. Modda almashinish 
natijasida hosil bo`lgan qoldiq mahsulotlar ham epiteliy hujayralari orqali organizmdan tashqariga 
chiqariladi (e k s k r ye-tsiya.) Ekskretsiya asosan o`pkada (karbonat angidrid va qisman suv ajraladi), 
buyrakda (mochevina, siydik kislotasi ajraladi), terida (ter bilan suv va 5-10% mochevina ajraladi) ke-
chadi. 
Epiteliy to`qimasi chegara to`qima bo`lganligi uchun u o`zining ostida joylashgan to`qimalarni turli 
ta’sirlardan (kimyoviy, mexanik) himoya qiladi. Jarohatlanmagan teri epiteliysi turli zaharli moddalarni 
va mikroblarni o`tkazmaydi. Epiteliy to`qimasi sekret ishlab chiqarish qobiliyatiga ham ega. Me’da 
shilliq qavatini qoplovchi epiteliy to`qimasining mahsuloti me’dani mexanik va kimyoviy ta’sirlardan 
saqlasa, me’da-ichak nayi bo`ylab joylashgan epiteliy hujayralari esa oziq moddalarning parchalanishida 
va so`rilishida muhim o`rin tutadi. 
Epiteliy to`qimasi homila taraqqiyotida har uchala homila varaqlaridan (ekto, ento- va mezodermadan) 
hosil bo`ladi. Ilk bor hosil bo`lgan epiteliy hujayralari homilaning rivojlanishi uchun sharoit yaratib 
beradi. U orqali homila va ona organizmi o`rtasida modda almashinishi ta’minlanadi. 
Epiteliy to`qimasining kelib chiqishi va bajaradigan funktsiyalarining har xil bo`lishiga qaramasdan, 
boshqa to`qimalardan farq qiladigan umumiy belgilari ham mavjud. 
1. Epiteliy to`qimasi zich joylashgan plast holidagi hujayralar to`plamidan iborat, hujayralararo modda 
deyarli bo`lmaydi. 
2. Epiteliy to`qimasi doimo bazal membranada yotadi. 
3. Epiteliy hujayralari bazal membranada joylashganligi uchun ular qutbli differensiallash xususiyatiga 
ega. Epiteliy hujayralarining apikal va bazal qismlari tafovut etilib, bu qismlar tuzilishi va funksiyasi 
bilan bir-biridan fars qiladi. 
4. Epiteliy to`qimasida q o n t o m i r l a r bo`lmaydi, hujayralar bazal membrana orqali biriktiruvchi 
to`qimadan siffuz yo`l bilan oziqlanadi. 
5. Epiteliy to`qimasi yuqori darajada q a y t a t i k l a n i s h xususiyatiga ega. 
Epiteliy kelib chiqishi, tuzilishi va funktsiyasi jihatidan bir necha marta klassifikatsiya qilingan, shulardan 
keng tarqalganlari morfofunktsional va filogenetik klassifikatsiyalardir. 
Filogenetik klassifikatsiya bo`yicha epiteliy to`qimasi 5 ga bo`linadi: 1) 
teri epiteliysi
; 2) ichak epiteliysi; 
3) buyrak epiteliysi; 4) selomik epiteliy; 5) ependimoglial epiteliy. 
Terining epiteliy to`qimasi ko`p qavatli bo`lib, himoya funktsiyasini bajaradi. Ichakning epiteliy 
to`qimasi bir qavatli bo`lib, himoya va so`rish funktsiyasini o`taydi. Buyrakning epite-liy to`qimasi bir 
qavatli bo`lib, modda almashinuvida hosil bo`lgan organizm uchun kerak bo`lmagan oxirgi 
maxsulotlarning chiqarilishida ishtirok etadi. Selomik epitelial to`qima seroz «o`shliqlarni qoplashdan 
tashqari, jinsiy hujayralarning hosil bo`lishida ham qatnashadi. Ependimoglial epitelial to`qima nerv 
naychasidan rivojlanib, sezgi organlari tarkibiga kiradi, miya qorinchalarini va orqa miya kanalining 
devorini qoplaydi. 


Morfofunktsional klassifikatsiya bo`yicha epiteliyning quyidagi turlari farqlanadi: 
Epiteliy doimo bazal membranada joylashadi. Bazal membrana yoki bazal plastinka epiteliy va 
biriktiruvchi to`qima orasida joylashuvchi parda bo`lib, qalinligi 80-100 nm ga teng. U karbonsuvdan, 
oqsil, glikozaminoglikan va kollagen tolalardan tashkil topgan. 
Epiteliy to`qimasi hujayralarining bazal membrana bilan munosabatiga qarab bir va ko`p qavatli bo`ladi. 
Bir qavatli epiteliy hujayralarining barchasi bazal plastinka bilan bevosita bog`langan. Ko`p qavatli 
epiteliyda esa bazal plastinkaga faqat pastki qavat hujayralari tegib turadi. Bir qavatli epiteliy o`z 
navbatida bir qatorli va ko`p qatorli bo`ladi. Bir qatorli epiteliyda hamma hujayralar bir xil balandlikka 
ega bo`lib, ularning yadrolari bir tekislikda joylashadi (44-rasm). Ko`p qatorli epiteliyda hamma 
hujayralar bazal membranaga tegib tursa ham, ular bir xil katta-kichiklikda emas va yadrolari turli 
tekislikda yotadi. Ko`p qavatli yassi epiteliy muguzlanuvchi va muguzlanmaydigan bo`ladi. Yuqori qavat 
hujayralari muguz tanachalarga aylanuvchi ko`p 
qavatli epiteliy 
muguzlanuvchi epiteliy deb ataladi. 
Muguzlanish jarayoni kechmaydigan, ya’ni muguz tangachalar hosil bo`lmaydigan ko`p qavatli 
epiteliy muguzlanmaydigan epiteliy deb ataladi. Ko`p qavatli epiteliyning maxsus turi o`zgaruvchan 
epiteliydir. Bu epiteliy ba’zi a’zolarning (m: siydik qopchasi) devorining cho`zilgan yoki 
cho`zilmaganligiga qarab o`z ko`rinishini o`zgartirib turadi va shuning uchun ham o`zgaruvchan epiteliy 
deb ataladi. 
Epiteliy to`qimasining hujayralari turli xil shaklda bo`ladi. Masalan, yassi, kubsimon, silindrsimon va 
maxsus tuzilmalari bilan boshqa to`qimalarning hujayralaridan farqlanib turadi. Hujayralarning 
differensiallanishi natijasida maxsus tuzilmalar paydo bo`ladi. Epiteliy to`qimasining maxsus 
tuzilmalariga: hilpillovchi kiprikchalar, ichak enterotsit hujayralarining mikrovorsinkalari va x i vch i n l 
a r kiradi. Bu maxsus tuzilmalarning tuzilishi va funktsiyasini har bir epiteliyni o`rganish davomida 
ko`riladi («Sitologiya» bo`limiga q.).
44- rasm. Bir qavatli bir qatorli epiteliy turlari (sxema). 
a -bir qavatli yassi epiteliy; b -bir qavatli kubsimon epiteliy; v -bir qavatli silindrsimon epiteliy; g - bir 
qavatli silindrsimon jiyakli epiteliy (A. Xem, D. Kormak, 1982, Yu. I. Afanasyevdan, 1989). 


Epiteliy to`qimasi hujayralarining sitoplazmasida xususiy organella tonofibrillalar uchraydi. 
Hujayralarning yon yuzasida desmosomalar («Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari» ga q.) va ularning 
birlashtiruvchi plastinkasiga tegib yotuvchi tonofibrillalar joylashadi. 
9.Epiteliy to’qimasining muskul to’qimasidan farqi nimada 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling