Tut kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja: Tutning fuzarioz kasalligi
Tutning silindrosporioz kasalligi
Download 30.02 Kb.
|
Tut kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja Tutning-fayllar.org
Tutning silindrosporioz kasalligi. Kasallikni Cylindrosporyum macylans Jang zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Kasallik 1814 yil Italiyada, 1918 yil Markaziy Osiyoda, 1975 yil Respublikada N. G. Zaprometov tomonidan aniqlangan.
Kasallikni kelib chiqishi, iqtisodiy zarari va sistematikasini olimlardan S. F. Morozov, N. Mixaylov, YE. M.Ashkinadze kabilar o‘rgangan. Kasallik belgilari bargni orqa tomonidan har xil shakldagi ko‘ng‘ir dog‘lar hosil qilib uning atrofi qora hoshiya bilan konidial mog‘or mevatanani hosil kiladi. Dog‘lar hosil bo‘lgan barglar vaqt o‘tishi bilan sarg‘ayib tushib ketadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi 25-27°С haroratda yaxshi rivojlanadi. Tut daraxtining silindrosporioz bilan zararlanishi 3 balli shkala bilan hisoblanadi. 1 ball - bargda kichik dog‘lar paydo bo‘ladi, 2 ball -bargning 25 foizi zararlanadi, 3 ball- bargning 75 foizi zararlanadi. Kasallik kuchli rivojlangan yillarda bir tup tut daraxtidan 16-20 kg hosil olish o‘rniga hosildorlik 4-8 kg/ga tushib ketadi. Kasallik bargda hosil bo‘lgan konidiyalar hisobiga shamol va suv vositasida tarqaladi. Kasallikka Xasak, Saniish-3,5, Jar ariq navlari beriluvchan, Kokuso-70, Sioziso, Vostok, Gruziya navlari chidamlidir. Bu kasallikniig nomlanishi xoldorlik so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib kasallik qo‘zg‘atuvchisi Cylindrosporyum zamburug‘i keltirib chiqaradi. Kasallik Yaponiya, Italiya, Bolgariya, Turkiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Markaziy Osiyo, Kavkaz orti, Qrim va Ukrainada keng tarqalgan Bu kasallikni dastlab 1814 yilda Italiyada, 1918 yilda Markaziy Osiyoda, 1925 yilda Toshkent atrofida tarqalganligi aniqlangan (Zaprometov, 1950). Kasallikning tashqi belgilari dastlab barg yuzasida har xil shakldagi qo‘ng‘ir rangdagi yumaloq dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu dog‘larning chegarasi barg tomirigacha bo‘lgan joylarni egallab, atrofi hoshiya bilan o‘raladi. Dog‘ hosil bo‘lgan to‘qimalar nobud bo‘ladi. Bargning orqa tomoni zamburug‘ning mitseliysida hosil bo‘lgan konidiyalar bilan qoplanadi. Dog‘lar dastlab hosil bo‘lganda o‘lchami 0,25 mm ni tashkil qilib, keyinchalik shakli yiriklashib boradi va oq rangdagi mitseliy bilan qoplanadi. Dog‘lar barg tomiri bilan chegaralanadi. Bunday dog‘larning o‘lchami 4-15 mm ga yiriklashadi. Ba’zan dog‘lar bir-biri bilan qo‘shilib 30-60 mm hajmni egallaydi. Barg yuzasidagi dog‘lar soni kasallanish darajasiga qarab bittadan elliktagacha bo‘lishi mumkin. Kasallangan barglar muntazam sarg‘ayib borib, keyinchalik tushib ketadi. Kech kuzda tushib ketgan barg yuzasidagi oq rangli mitseliylar qora rangga kiradi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi zamburug‘lariing sistematik o‘rni to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlar A. Yachevskiy (1917) tomonidan aniqlangan. Uning fikricha takomillashmagan zamburug‘lar sinfi, Melankoviylar tartibiga, Cylindrosporyum turkumiga mansub Cylindrosporyum macylans turi kasallikni keltirib chiqaradi. Zamburug‘ning xaltachali bosqichi Markaziy Osiyoda kuzatilmasada, u tushib ketgan barglarda qishda hosil bo‘ladi va Mycosphaerrlla mori (Fkl) deb nomlaniladi. Bu zamburug‘ parazit hayot kechirib, barg epidermisining ostki qismida stroma hosil qiladi. Stromada uzun ipchali konidiyalar yetiladi. Stromalar shakli kichik, yumaloq, o‘lchami 35-140 mkm ni tashkil qiladi. Stromalar epidermisni yorib chiqqandan keyin zamburug‘ning qisqa konidiya bandlari hosil bo‘lib, unda konidiyalar yetiladi. Konidiyalar silindr shaklda bo‘lpp qisman egilgan, rangsiz, uchi o‘tmas, bir tomonga ingichkalashib boradi. Konidiyalar uchtadan beshtagacha to‘siqchali bo‘lib, ularda yog‘ tomchilari hosil bo‘ladi. Konidiyalarning uzunligi 34-52, qalinligi 3,8-4 mkm ni tashkil qiladi. Kasallikning kelib chiqishida Cylindrosporyum macylans turidan tashqari Cylindrosporyum mricola Jacz.., ham qatnashadi. Bu tur Tojikiston va AQSH ning sharqiy qismlarida kasallik keltirib chiqarishi aniqlangan. Cylindrosporyum macylans zamburug‘i bir tomchi suvda 5 soatdan keyin una boshlaydi. Konidiyaning unishi uchun optimal sharoit 19-27°S, maksimal harorat 35-37°S ni tashkil qiladi. Zamburug‘ konidiylari 27°S haroratda 20 soatdan keyin to‘liq unib chiqadi. Kondiyalarning unishiga yorug‘lik ta’siri kuzatilmaydi. Konidiyalar oxirgi hujayralaridan una boshlaydi. Ungan hujayralardan 200 mkm uzunlikdagi o‘simtalar hosil bo‘ladi. Zamburug‘ni kasallangan o‘simlik barglaridan ajratib olish uchun uni kichik bir bo‘lagi sterilizatsiya qilingan nam kameraga joylashtiriladi. Bargning kasallangan yuzasida zamburug‘ning oq rangdagi mitseliysida hosil bo‘lgan konidiyalar g‘ubori hosil bo‘ladi Zamburug‘ning bu konidiyalari sterilizatsiya qilingan suvda yuvib olinib, undagi konidiyalar mikrobiologik ilgak vosichasida agarli oziqa ustiga ekiladi. Zamburug‘ni o‘stirish uchun pivoning suslosidan tayyorlangan agarli oziqadan foydalaniladi. Oziqaga ekilgan konidiyalar bir biri bilan chalkashib ketgan mitseliyii hosil qiladi. Mitseliy qirralari dastlab kul rangda keyin qo‘ng‘ir rangdagi do‘mboqlarni hosil qiladi. Bu do‘mboqlarning chetlarida zamburug‘ ko‘p miqdordagi konidiyalarni hosil qiladi. Bu konidiyalar bargning tabiiy zararlanishidan hosil bo‘lgandagi konidiyalarga shakli va kattaligi bilan o‘xshash bo‘ladi. Download 30.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling