Tutash-avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli reja


Xalqaro raqobatning xususiyatlari


Download 47.32 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi47.32 Kb.
#1505240
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TUTASH

Xalqaro raqobatning xususiyatlari. Raqobat va raqobat
strategiyasi haqida yuqorida ta’kidlanganlaming barchasi ichki bozor
bilan bir qatorda tashqi bozorga ham taalluqlidir. Lekin shu bilan birga
xalqaro raqobat ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega.
M.Porter mavjud raqobatning o‘ziga xosligiga ko‘ra ikki turdagi tarmoqlami ajratadi:
1) Ko‘p milliy tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar uchun alohida mamlakatlarda raqobatning turlicha kechishi xosdir. Bunday tarmoqlarda yagona strategiyani qo‘llash mumkin emas. Misol uchun, jamg‘arma banklari.
2) Global tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar dunyo bo‘yicha yagona raqobat maydoniga ega bo‘ladilar. Aynan shunday tarmoqlarda oddiy raqobat ustunligini emas, balki global raqobat ustunligini yaratish kerak bo‘ladi. M.Porter global strategiya sharoitida raqobat ustunligiga erishishning va undan foydalanishning ikki usulini ajratadi
1) faoliyatni tartibga solish (konfiguratsiya), ya’ni o‘ziga xos xususiyatlaridan foydalanish maqsadida turli mamlakatlarda faoliyatning turli ko‘rinishlarini joylashtirish. Faoliyat turlarini davlat quyidagi mezonlardan kelib chiqib joylashtiradi:
- omillarning minimal qiymati; - ITTKI22 ni o‘tkazish uchun zarur sharoitlaming mavjudligi; - maxsus birikmalaming mavjudligi;
- mijozlar bilan munosabatlaming rivojlanganlik darajasi va boshqalar.
2) filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bu o‘z ichiga - axborot almashinuvini;
- javobgarlikni taqsimlashni;
- xatti - harakatlami kelishishni qamrab oladi. Makrodarajadagi raqobatbardoshlikni baholash. Mamlakatning raqobatbardoshligi erkin va halol raqobat sharoitida mamlakatning jahon bozori talablarini qondiruvchi tovarlami ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish qobiliyati sifatida ta’riflash mumkin. Mamlakatning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi, birinchi galda mamlakatning jahon bozoridagi mavqyeini tavsiflovchi, shuningdek, tovar va tovar ishlab chiqaruvchining hamda tarmoqning raqobatbardoshligini birlashtiruvchi umumiy ko‘rsatkich hisoblanadi.

Download 47.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling