Tutash-avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli reja


Download 47.32 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi47.32 Kb.
#1505240
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TUTASH

birinchidan, klassik modelda bu muvozanat ro‘y berishi uchun iqtisodiyotning doimiy ravishda to‘la bandlik holatida bo‘lishi taqozo etiladi. Keynscha modelda esa, yuqorida ko‘rib chiqilganidek, bu muvozanatga to1 la bandlik bo‘lmagan holatda ham erishish mumkin; ikkinchidan, klassik modelda narx mexanizmi juda harakatchan bo‘ladi. Keynscha modelda narxning bunday moslashuvchanligi inkor etiladi; uchinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, klassik modelda jamg‘arma foiz stavkasining funksiyasi sifatida, keynsvha modelda esa daromad fimksiyasi sifatida qaraladi. Demak, yuqoridagilardan ko‘rinadiki, jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real hayot, ya’ni iqtisodiyotning to ia bandligi mavjud bo‘lmagan holatga nisbatan ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan model hisoblanadi. Shunga ko‘ra, biz ham makro darajadagi boshqa muammolami ko‘rib chiqish va tahlil qilishda, asosan, ushbu modeldan foydalanamiz.


3.2. Uy xo‘jaliklari jamg‘armalari va investitsiyalari Bir qator mamlakatlar tajribasi iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari bilan uy xo'jaliklarining tasarrufdagi daromadlarida jam g‘armalaming ulushi o‘rtasida yaqqol ifodalangan o‘zaro bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida ham uy xo‘jaliklarining jamg‘armalarini investitsiyalarga aytantirish borasida bir qator muammolar mavjud bolishiga qaramasdan, uy xo‘jaliklarining jamg‘arilgan moliyaviy resurslariga muhim investitsion manba sifatida qaraladi. Aholi daromadlarining o‘sishi uy xo‘jaliklarining jamg'armalaridan
investitsion resurslar sifatida foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatib beruvchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Jamg‘armalar muammosini va investitsion resurs sifatida uning o‘ziga xos xususiyatlarini toiiqroq tushunib olish maqsadida V.K.Gurtov tomonidan taklif etilgan guruhlashtirish asosida biz uy xo‘jaliklari jam g‘armalarining tasniflanishini amalga oshirdik. Uy xo‘jaliklari jamg‘armalaridan to‘laqonli ravishda foydalanish bugungi kunda investitsiyalami moliyalashtirishning barqarorligini ta’minlashning muhim yo‘llaridan biri hisoblanadi. Jamg‘armalar va investitsiyalar o'rtasidagi farqning kattaligi jamg‘armalarning kapitallashuvini ta’minlash mexanizmining yetarlicha taraqqiy etmaganligi bois, bugungi kunda investitsiyalash uchun foydalanilmayotgan resurslarning yetarlicha ekanligini ko‘rsatib beradi.Mamlakatimizda uy xo‘jaliklarining jamg‘armalaridan investitsion
jarayonlarda foydalanish darajasi hamon pastligicha qolmoqd
Iqtisodiyotning real sektorida foydalaniluvchi investitsion resurslar doirasiga jamg‘armalarning bosqichma-bosqich transformatsiyasi iqtisodiyotni barqarorlashtirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi.
Aholi daromadlarining kapitallashuvi, shaxsiy jam g‘armalaming
investitsiyalarga aylanishi ma’lum darajada kapital chegaralarini
kengaytiradi, deyarli har bir uy xo‘jaligi a’zosini bir paytning o‘zida
ham ishlab chiqaruvchi va investorga aylantirib qo‘yadi. Shu sababli
ham, ko‘pchilik mamlakatlarda aholi omonatlarini himoyalash
davlatning muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi. Aholi
jamg‘armalari kapitallasha borib, investitsion resurslaming muhim
manbalaridan biriga aylanadi. Zero, jam g‘armalar hajmi qanchalik
katta bo‘lsa va faol tarzda kapitallasha borsa, investitsiyalash natijasiga
bogiiq ravishda shaxsiy daromadlarning shakllanishi ham shuncha
katta ijobiy o‘zgarishga ega boMadi.18 Uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish uchun aholining jamg‘arish borasidagi faolligini oshirish talab etiladi. Bu esa o ‘z navbatida xususiy manbalar va mablag‘lar hisobiga investitsion resurslami shakllantirish; inflyatsion jarayonlami jilovlagan holda yaxlit tarzda pul muomalasi va pul-kredit tizimini barqarorlashtirish; moliya bozorlarida chayqov operatsiyalarini eng past darajagacha tushurish; aholi turli ijtimoiy qatlamlarining iqtisodiy jihatdan himoyalanganligini kuchaytirish imkonini beradi.
Bozor munosabatlari sharoitida davlat va shuningdek, moliya va
fond bozorlarining subyektlari jamg‘arish jarayonlarining zaruriy
tomonlari hisoblanadilar. Mazkur subyektlar talab va taklif mexanizmi
asosida jamiyatni taraqqiy ettirish uchun amaldagi qonunchilik asosida
jamg‘armalami investitsiyalashga qayta taqsimlashni amalga
oshiradilar. Jamg‘armalarni turli omonatlarga va moliyaviy vositalarga
jalb qilish - shaxsiy iste’mol sohasiga pul muoamalasining naqdsiz
hisob -kitoblar tizimini, elektron o‘tkazmalar va shu kabi shakllarini
joriy etishni tashkillashtirishdagi muhim bosqich hisoblanadi. Jamg‘armalaming tashkiliy shakllari muomala sohasida tejashga
imkon bergani holda, kassa xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Rossiyalik tadqiqotchi I.P. Xominichning ta’kidlashicha, fond
bozorlarida uy xo‘jaliklarining investitsion faolligining past darajasi
moliya — kredit institutlarining tarkibiy jihatdan yetarlicha rivojlanmaganligi, turli investorlar uchun mo‘ljallangan rang-barang
moliyaviy instrumentlar taklifining mavjud emasligi, investitsiyalash
borasida yetarlicha axborotlar bazasining yo‘q!igi, investitsion faoliyat
borasida uy xo‘jaliklarida tajribaning yetarlicha emasligi, mamlakat
aholisida jamg‘armalami investitsiyalash borasida madaniyatning
to‘liq shakllanmaganligi kabi sabablar bilan izohlanadi.19
Taraqqiyot yo‘lidan ildam harakat qilayotgan barcha mamlakatlar
jamg‘armalardan investitsiyalami moliyalashtirishning muhim manbai
sifatida keng ko‘lamda foydalanganliklariga guvoh bo‘lamiz. Aholi
jamg‘arish jarayonining asosiy subyekti hisoblanadi, chunonchi aholi
jamg‘armalar, shu jumladan uzoq muddatli jamg‘armalaming asosiy
manbai bo‘lgan pul mablag‘lariga egalik qiladi. Shu sababli ham, uy
xo‘jaliklari boshqa institutsional sektorlar, eng avvalo korxonalarga
nisbatan sof kreditor hisoblanadi. Shu tariqa, aholining jamg‘arilgan
aktivlari yangitdan barpo etilayotgan kapitalning asosiy manbai bo‘lib
hisoblanadi. Mamlakatimizda investitsiyalashni tashkil etish va uni
moliyalashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligiga qaramasdan aholi jamg‘armalarini iqtisodiyotning real sektoriga jalb qilish ishlari yetarlicha samara berayotgani yo‘q.
Jamg‘armalaming bugungi kunda yetarlicha investitsiyalarga aylanmayotganligi natijasida asosiy fondlarning yangilanishi, o‘sishi va
mehnat unumdorligining ortishiga asoslangan iqtisodiy taraqqiyotning
jadallashuvi o‘ta sust kechmoqda. Keyingi yillarda ijobiy iqtisodiy
o‘sish sur’atlari kuzatilayotgan bo‘lsada, u ko‘proq ekstensiv tavsifga
ega bo‘lib, asosan ichki talabni kengaytirishga asoslanadi. Bunday
holatda iqtisodiy o‘sish sur’atlari sekinlashishi tabiiy hoi hisoblanadi.
Uy xo'jaliklari faoliyati samaradorligini tahlil qilishda uy xo‘jaligining samaradorligi o‘zini o‘zi keltirib chiqaruvchi ko‘rsatkich emasligiga e ’tibor qaratishimiz lozim, zero uy xo‘jaligi faoliyatining samaradorligini oshirishga bir qator omillar va mavjud tartibga solish mexanizmining qay yo‘sinda tashkil etilganligi ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida uy xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatishining samaradorligi bir tomondan, uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi, ikkinchi tomondan esa - ishlab chiqarish omillaridan xo‘jalikning o‘zida oqilona foydalanish va ma’lum bir aniq shart -sharoitlarda mazkur omillarni bozorda samarali sotishni tashkil etish borasida bozor, davlat va кorxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalaming umumiyligi bilan aniqlanadi20. Uy xo‘jaliklari faoliyatining umumiy samaradorligi xo‘jalik faoliyatining natijalari bilan tashqi va ichki omillarning ta’sirini inobatga olgan holda amalga oshirilgan xarajatlar o‘rtasidagi nisbati sifatida namoyon bo‘ladi. Umumiy ko‘rinishda uy xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatishining samaradorligini quyidagicha ifodalashimiz
mumkin:
Uy xo‘jaliginingbozor aloqalariga jalb qilinganligini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich ular tomonidan olingan daromad hisoblanadi. Bu daromad miqdori ichki va tashqi daromadlar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Uy xo‘jaligining ichki daromadlari tartibga soluvchi mexanizmlar ta’siri ostida bo‘lgani holda, uy xo‘jaligining o‘zida shakllanadi va iste’mol qilinadi. Ichki daromad uy xo‘jaligining o‘z ehtiyojlari uchun qondiriluvchi iste’mol mahsulotlari va ishlab chiqarish omillari ko‘rinishidagi mablag1 va vositalarda ifodalanadi. Tashqi daromadlar bevosita bozoming tartibga soluvchi roli ta’siri ostida shakllangani holda, ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish natijasi bo‘lgan mahsulotlami bozorda naq pulga sotish yoki natural ko‘rinishda ayirboshlash natijasi va shuningdek, qaytarib bermaslik sharti asosida olinuvchi daromadlaming
umumiyligi sifatida namoyon bo‘ladi. Tashqi daromadlar quyidagi
tartibga soluvchi subyektlar evaziga ham shakllanadi. Bular qatoriga
uy xo‘jaliklari korxonalardan oluvchi ish haqi va bir qator
imtiyozlami, davlat tomonidan taqdim etiluvchi bir qator ijtimoiy
transfertlar va imtiyozlar (bepul ta’lim, bepul tibbiy xizmatlar va shu
kabilar)ni kiritishimiz mumkin.O‘z navbatida ulaming har biri bevosita yoki bilvosita ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Uy xo‘jaliklarining bevosita yoki to‘g‘ridan —to‘g‘ri daromadi tovar va xizmatlami, ishlab chiqarish omillarini sotishdan olinuvchi daromad manbalarini o‘zida ifoda etadi. To‘g‘ridan -to ‘g‘ri ko‘rinishdagi ichki daromad - uy xo‘jaliklarining ichki ehtiyojlarini qondirish uchun xo‘jalikning o‘zida ishlab chiqarish omillaridan foydalanilgan holda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan olingan daromadni o‘zida ifoda etadi. To‘g‘ridan -to ‘g‘ri ko‘rinishdagi tashqi daromad — bozorda ishlab chiqarish omillarini, tovar va xizmatlami sotishdan olingan daromadlami o‘zida kas ettiradi.
Uy xo‘jaliklarining bilvosita daromadlari bilvosita manbalardan
shakllanuvchi daromadlami ifoda etadi. Bilvosita ko‘rinishdagi ichki
daromadlar - uy xo‘jaligi sektori ichida tekin asoslarda olinuvchi turli
daromad manbalaridan tashkil topadi. Bilvosita ko‘rinishdagi tashqi
daromadlar -davlat, korxonalar tomonidan uy xo‘jaligi a’zolariga tekin
asosda to‘lab beriluvchi daromadlami ko‘zda tutadi. Uy xo‘jaliklarining samaradorligini bevosita va bilvosita olingan daromadlar qiymatini bevosita va bilvosita ko‘rinshdagi sarf-xarajatlar qiymatiga nisbati sifatida qarab chiqish maqsadga muvofiq sanaladi. Tegishli chora tadbirlar tizim.ini amalga oshirish hisobiga uy xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatishining samaradorligini oshirishga erishishimiz mumkin. Bu xil chora - tadbirlami quyidagi turlarga bo‘lishimiz mumkin: - xo‘jalikning o‘zini takomillashtirish borasidagi chora -tadbirlar;
-tartibga solishning bozor mexanizmini takomillashtirish borasidagi chora -tadbirlar;
- korxonalar va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi munosabatlami takomillashtirish bo‘yicha chora -tadbirlar;
- davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga oid chora -tadbirlar.
Mazkur tizimning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, uy xo‘jaliklarini
davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish hisoblanadi. Bizning flkrimizcha, uy xo‘jaliklari faoliyatini rejalashtirishda davlat quyidagi chora - tadbirlami amalga oshirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini yashash minimumi darajasigacha ko‘tarish ta’lim va sog‘liqni
saqlashga davlat budjeti xarajatlarini oshirish. Uy xo‘jaliklari ijtimoiy takror ishlab chiqarishning barcha to‘rt bosqichida ishtirok etadi. Ishlab chiqarish bosqichida, tovar va xizmatlami ishlab chiqarishda uy xo‘jaligi a’zolarining ishtiroki amalga oshadi. Taqsimlash bosqichida uy xo‘jaligi ma’lum bir daromadga egalik qiladi va olingan daromadlardan soliq to‘laydi, daromadning ma’lum bir qismini vaziyatdan kelib chiqqan holda
jamg‘aradi. Uy xo‘jaliklari o‘z ixtiyorlaridagi resurslami sotishdan daromad olar ekan, turli iste’mol ne’matlarini xarid qilish uchun cheklangan daromadlarini taqsimlash borasida qarorlar qabul qiladilar.
Naflilikni maksimallashtirish uy xo‘jaliklarining bosh iqtisodiy manfaati hisoblanadi. Iste’mol ne’matlarini tanlash asnosida uy xo‘jaliklari bozor talabini shakllantiradilar. Ayirboshlash bosqichida uy xo‘jaligi qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarda ishtirok qiladi, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlami to‘laydi, kreditlardan foydalanadi, xo‘jaliklararo transfertlami amalga oshiradi. Iste’mol bosqichida uy xo‘jaliklari ichki ishlab chiqarish jarayonida resurslardan foydalanadi va iste’mol talabini shakllantira borib, ishlab chiqarish jarayoni natijasi sifatida olingan ne’matlami o‘z a’zolarining ehtiyojlarini qondirish uchun sarflaydi.



Download 47.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling