Tutashmalar. O’zaro kesishuvchi ikki to’g’ri chiziqlarni tutashtirish


Download 112.5 Kb.
bet2/6
Sana13.04.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1352650
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1452787655 63475

O’zaro parallel to’g’ri chiziqlarni tutashtirish. O’zaro parallel AB va CD to’g’ri chiziqlar va tutashtirish nuqtalaridan bittasi, masalan, K nuqta berilgan bo’lib (2-shakl, a), chiziqlar silliq tutashtirilishi kerak. Buning uchun K nuqtada CD to’g’ri chiziqqa perpendikulyar tushirib, K1 topiladi. KK1 kesmani ikkiga bo’lib, tutashtirish markazi O topiladi. OK=R kesma esa tutashtirish radiusini ifodalaydi. O nuqtadan R radiusi KK1 nuqtalar ravon tutashtiriladi. Agar tutashtirish nuqtalari parallel chiziqlarga nisbatan bitta perpendikulyarda yotsa, tutashma tutashtirish to’g’ri chiziqlar orasidagi masofaning 1/4 qismiga teng bo’lgan bir xil (R) radius bilan bajariladi (2-shakl, b). KK1 kesmani ikkiga bo’lib, urinish nuqtasi K2 topiladi. KK2 va K1K2 kesmalarni ikkiga bo’lib O va O1 markazlar aniqlanadi. So’ngra OO1 nuqtalardan R radiusda tutashmalar bajariladi (2-shakl, b).
Tutashtirish nuqtari o’zaro parallel to’g’ri chiziqlar ustida yotuvchi chiziqlarni tutashtirish uchun (2-shakl, v). KK1 kesmani teng ikkiga bo’lib, urinish nuqtasi K2 topiladi. So’ngra KK1 nuqtalardan berilgan a va b to’g’ri chiziqlarga perpendikulyar o’tkaziladi. KK2 va K1K2 kesmalarni teng o’rtasidan chiqarilgan perpendikulyar O1K1 va OK perpendikulyarlar bilan kesishib, O va O1 markazlarni hosil qiladi. O’zaro parallel a va b to’g’ri chiziqlarni silliq tutashtirish kerak. Tutashtirish nuqtasi K va urinish nuqtasi K2 berilgan (2-shakl, g, d). Buning uchun K2 va K nuqtalarni o’zaro tutashtirib b kesma bilan kesishguncha davom ettiriladi. Hosil bo’lgan K1 nuqta tutashtirish nuqtasining ikkinchi nuqtasi bo’ladi. KK2 kesmani o’rtasidan perpendikulyar chiqariladi. Bu perpendikulyar K nuqtadan chiqarilgan OK perpendikulyar bilan kesishib, birinchi yoy O markazini hosil qiladi. Shunday usul yordami bilan ikkinchi yoyning markazi O1 topiladi.
OK va O1K1 radiuslar bilan O va O1 markazlardan K, K2 va K1 nuqtalar ketma-ket tutashtiriladi (2-shakl, g.d).
Aylana va to’g’ri chiziqni tutashtirish. Radiusi R va markazi O bo’lgan aylana va undan tashqari joylashgan AB to’g’ri chiziq berilgan. R1 radiusli yoy vositasida ularni tutashtirilsin (3-shakl, a). Buning uchun, R1 radius masofada AB chiziqqa parallel qilib to’g’ri chiziq o’tkaziladi. So’ngra R va R1 radiuslar qo’shiladi va ularning yig’indisi R+R1 dan hosil bo’lgan kesma yordamida aylana markazi O dan yoy chiziladi. To’g’ri chiziq va yoy kesishib, tutashmaning markazi O1 nuqtani hosil qiladi.
Keyin O1 nuqtadan AB chiziqqa perpendikulyar tushirib, K nuqtani O1 nuqta bilan aylananing markazi (O) tutashtirilib, K1 tutashtirish nuqtalari aniqlanadi. So’ngra O1 markazdan R radius bilan KK1 nuqtalar ravon tutashtiriladi (3-shakl, a). 3-shakl, b da to’g’ri chiziq bilan aylananing ichki tutashtirilishi ko’rsatilgan. Bunda tutashtirish radiusi R1 masofada AB chiziqqa parallel yordamchi chiziq o’tkaziladi. So’ngra aylana radiusi R dan R1 radius ayriladi va ularning ayirmasi R-R1 bilan aylana markazi O nuqtadan yoy chiziladi. Yoy bilan parallel chiziq kesishib, tutashtirish markazi O1 hosil bo’ladi. OO1 nuqtalarni birlashtirib, tutashtirish nuqtalaridan bittasi K1 topiladi. O1 nuqtadan AB chiziqqa perpendikulyar tushirib, ikkinchi nuqta K aniqlanadi. So’ngra O1 nuqtadan R radius bilan KK1 nuqtalar tutashtiriladi.
3-shakl, v da ham aylana bilan to’g’ri chiziqning tutashtirilishi ko’rsatilgan. Bu misol ham 3-shakl, a dagidek bajariladi. Lekin yordamchi aylananing radiusi tutashtirish radiusi R1 dan aylana radiusi R ning ayirmasiga teng (R1-R).

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling