Tutashmalar va lekalo egri chiziqlari


Ikkita aylanani urunma tutashtirish


Download 395.5 Kb.
bet2/5
Sana29.03.2023
Hajmi395.5 Kb.
#1306273
1   2   3   4   5
Bog'liq
TUTASHMALAR VA LEKALO EGRI CHIZIQLARI

Ikkita aylanani urunma tutashtirish. R va R1 radiusli ikkita aylana berilgan, bularga tashqi urinma o‘tkazish talab qilinsin. Urinmaning ikki xili ichki va tashqi turi mavjud.
Tashqi urinma quyidagicha yasaladi:
O nuqtadan radiusi berilgan aylanalar radiuslarining ayirmasiga, ya’ni R-R1 ga teng bo‘lgan R2 radiusli yordamchi aylana o‘tkaziladi. Urinmaning yasalishi 52-rasmda keltirilgan.OO1 masofa teng ikkiga bo‘linib, O2 markaz topiladi va O2 markaz bo‘yicha R3 radiusli aylana chiziladi va K nuqta xosil bo‘ladi.
O nuqta K bilan tutashtiriladi. OK ga parallel qilib berilgan aylanalarga K1K2 urinma to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi. K1K2 va to‘g‘ri chiziq berilgan aylanalarga urinma chiziqdir (52-g,rasm).



51-rasm.



52-rasm.
Ichki urinma ham shunga o‘xshash yasaladi, lekin yordamchi aylana radiusi berilgan radiuslar yig‘indisi R+R1 ga teng qilib o‘tkaziladi (53-a,rasm). So‘ngra O markazdan yordamchi aylanaga urinma o‘tkaziladi. K nuqta R2 radiusli aylana markazi O1 bilan birlashtiriladi. O1K radiusga parallel qilib kichik aylananing OK2 radiusi o‘tkaziladi. Izlanayotgan urinma tutashuv nuqtalari K1 va K2 orqali o‘tadi (53-b,rasm).



53-rasm.

To‘g‘ri chiziq va aylanani berilgan radius bo‘yicha tutashtirish talab qilinsin. Buning uchun berilgan to‘g‘ri chiziqqa R1 masofa parallel chiziq o‘tkaziladi, berilgan aylana radiusiga tutashtirish radiusini qo‘shib (R1+R)=R2, radius bilan yoy chiziladi, bu yoy parallel o‘tkazilgan chiziq bilan kesishib, tutashtirish markazi O1 hosil bo‘ladi.


To‘g‘ri chiziqqa O1 nuqtadan perpendikulyar chiziq chiqarilsa, tutashtirish nuqtasi K hosil bo‘ladi, so‘ngra O nuqta bilan O1 nuqtalar tutashtirilsa, ikkinchi tutashtirish nuqtasi K1 hosil bo‘ladi. O1 markaz bo‘yicha K va K1 nuqtalardan o‘tuvchi aylana yoyi chizilsa, to‘g‘ri chiziq va aylana berilgan R1 radiusda silliq tutashadi (54-rasm). To‘g‘ri chiziq bilan aylanani ichki tutashtirish ham shu tartibda bajariladi faqat radiuslap (R1-R) ayriladi (55-rasm).

Download 395.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling