Tutashmalar va lekalo egri chiziqlari


Download 395.5 Kb.
bet3/5
Sana29.03.2023
Hajmi395.5 Kb.
#1306273
1   2   3   4   5
Bog'liq
TUTASHMALAR VA LEKALO EGRI CHIZIQLARI

Tashqi tutashma. Markazlari O1O va radiuslari R1R bo‘lgan aylanalarni R2 radiusli aylana bilan tashqi tutashtirish kerak bo‘lsin (56-rasm). Buning uchun aylanalar radiusiga berilgan R2 radius qo‘shiladi, ya’ni R1+R2=R3 R2+R=R4, bo‘ladi. O1 markazdan R3 radius bilan yoy chiziladi, O1 marazdan esa R4 radiusda ikkinchi yoy chiziladi, ikkala yoy o‘zaro kesishib tutashtirish markazi O2 nuqtasi hosil qiladi (56-a,rasm).O2 markazni O va O1 markazlar bilan tutashtirish natijasida K va K1 tutashtirish nuqtalari hosil qilinadi. O nuqtaga bo‘lgan markaz K va K1 nuqtalardan o‘tuvchi yoy chizilsa, berilgan aylanalar R2 radius bo‘yicha silliq tutashtiriladi (56-b,rasm).



54-rasm. 55-rasm.

56-rasm.



57-rasm.


Ichki tutashma. Markazlari O1O va radiuslari R1 va R3 ga teng bo‘lgan aylanalarni berilgan R radiusiga ichki tutashtirish kerak bo‘lsin (57-rasm). Buning uchun tutashturuvchi yoy radiusidan aylanalar radiuslari ayriladi, ya’ni R–R2=R3, R2–R1=R4 so‘ngra bu ichki tutashma ham tashqi tutashma qoidasi kabi bajariladi.
Aralash tutashma. Yasash uchun berilgan R2 radiusga R radius, qo‘shiladi ya’ni R2–R=R3, bu tashqi tutashma qoidasi bo‘yicha bajariladi, R4 ni aniqlash uchun esa, berilgan radius R2 dan R1 ga radius ayiriladi ayiriladi, R2–R1=R3 bo‘ladi demak, bu ichki tutashma qoidasi bo‘yicha bajariladi (58-rasm). 59-rasmda O1 va O markazli aylanalarni aralash tutashtirish ko‘rsatilgan, bunda ham R+R2=R3 radiuslar qo‘shiladi, R1–R2=R4 radiuslar ayriladi.




Download 395.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling