Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat
Download 153.21 Kb.
|
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurash choralari
- Tut odimchisi Apocpheima cinerariuz Ersch. Zarari
- Tarqalishi
- Ta’rifi
Hayot kechirishi. Tut uzunmo’ylov qo'ngizining biologiyasi deyarli o’rganilmagan. Bu kasharot asosan siyrak ko’chat va daraxtlar orasida yashaydi. qo'ngizlar kechkurun uchadi. Ba’zan ular elektr lampasining yorug’iga uchib keladi. Imagolik stadiyasi uzoq davom etadi. Buxoro viloyatida bu stadiya iyunda boshlanib, avgustda tugaydi. qo'ngiz tuxumini daraxtlarning tanasi va shoxlariga qo’yadi. Lichinkalari daraxt po’stlog’ini va uning ostidagi qavatni o’yib, ilon izi yo’l ochadi.
Kurash choralari. Bunda daraxtlarga DDT yoki geksaxloranning 3 % li suspenziyasi ikki marta-iyunda va iyul o’rtalarida purkaladi. Tut daraxti esa ipak qurtlariga barg olish uchun butalgandan keyin-iyunda va iyul o’rtalarida dorilanadi. Qattiq zararlangan, ko’rib qolayotgan daraxtlar kundakov qilinib, darhol yo’qotiladi. Tut odimchisi Apocpheima cinerariuz Ersch. Zarari. Tut odimchisining qurtlari o’rik, beki, shaftoli, olxuri, tog’olcha, olma, jiyda, akatsiya va boshqa ko’pgina daraxtlarning kurtak va barglarini yeb zarar keltiradi, ayniqsa tut daraxtiga katta ziyon yetkazadi. Tarqalishi. Tut odimchisi Tojikistonning Xujand, Konibodom, Isfara, Uratepa, Nov hududlarida va O’zbekiston bilan Qirg’izistonning usha hududlarga qo’shni hududlarida ancha zarar keltiradi. Markaziy Osiyoning deyarli hamma joyida uchraydi. Ta’rifi. Tut odimchisining erkagi va urg’ochisi tashqi ko’rinishda juda katta farq qiladi: erkagining qanotlari yaxshi rivojlangan, kulrang tusli bo’lib, oldingi bir juft qanotida kundalang bog’lar shaklidagi qoramtir jilosi bor. Erkagi qanotlarini yozganda taxminan 3,5 sm keladi. Urg’ochisi qanotsiz, kulrang bo’ladi. Tuxumi taxminan 1 mm kattalikda, shakli bochkaga o’xshashdir; yaqinda qo’ygan tuxumi och jigar rang, keyinchalik qo’ygan tuxumi to’q ko’k tusda bo’ladi. Rivojlanib bulayotgan qurtining uzunligi 4 sm gacha yetadi. Yosh qurtlar to’q kul rang bo’lib, keyinchalik ikki yonida ikkita yo’l paydo bo’ladi. Ulardan biri och va ikkinchisi (uning ustidagisi) qoramtirdir, orqasi buylab qo’shaloq qoramtir yo’l ketgan. Katta yoshdagi qurtlarning rangi och qizg’ishdan tortib to’q jigar ranggacha bo’ladi. Qurtning 5 juft oyog’i bor: 3 jufti ko’krak segmentlarida va 2 jufti tanasining oxirida bo’ladi. Qurtlar tanasining oldingi qismini oldinga tashlab va keyin orqa qismini surib, sirtmoksimon qarakat qiladi. Ular orqa oyoqlari yordamida uzini unglab olib, tanasining oldingi qismini yana olg’a tashlaydi-bamisoli odimlayotganga o’xshaydi, - odimchilar nomi kam shundan olingan. G’umbagi qo’ng’ir tusli bo’lib, uzunligi 1-2 sm keladi. Gumbagining bosh tomonida do’mboqchasi, orqa tomonida esa ayrili tikanchasi bor. Download 153.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling