Tog’ayli baliqlarning tashqi va ichki tuzilishi
Reja:
Tip. Xordalilar – Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar – Vertebrata yoki
Bosh skeletlilar – Craniata
Bo’lim. Jag’og’izlilar – Gnathostomata
Katta sinf. Baliqlar - Pisces
Sinf. Tog’ayli baliqlar – Chondrichthyes
Kenja sinf. Plastinka jabralilar - Elasmobranchii
Turkum. Akulalar – Selachoidei
Vakil. Tikanli akula – Squalus acanthias
Tog’ayli baliqlar o’zining rivojlanishida to’garak og’izlilarga nisbatan foal oziqa qidirishi va ushlashi bilan farq qiladi. Ularning nerv sistemasi, ayniqsa bosh miya yarim sharlari va miyachasi, juft harakat organlari, ya’ni ko’krak va qorin juft suzgich qanotlari yaxshi rivojlangan. Tog’ayli baliqlarning tanasi plakoid tangachalar bilan qoplangan.
Hozirgi zamon baliqlari ichida tog’ayli baliqlar eng soddasi bo’lib, butun umri davomida tog’ayli skeletini saqlab qolgan. Juft suzgich qanotlari gorizontal joylashgan, dum suzgich qanoti geterotserkal, jabra apparati bir nechta jabra teshiklari bilan tashqariga ochiladi va keng to’siqlar bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |