Tog’ayli baliqlarning tashqi va ichki tuzilishi


Download 163.16 Kb.
bet9/9
Sana09.01.2022
Hajmi163.16 Kb.
#258805
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1,4

Jinsiy sistemasi. Erkak akulaning urug’donlari bir juft. Ular uzunchoq tana shaklida bo’lib, qizilo’ngachning yon qismi, jigarning tagida joylashgan. Urug’donlardan oq ipga o’xshash ingichka urug’ chiqarish yo’llari boshlanadi (aniq ko’rish uchun urug’donni pintset bilan ko’tarish lozim). Urug’ chiqarish yo’llari buyrakning yuqorigi, odatda urug’don ortig’i vazifasini bajaruvchi uchiga ochiladi. Buyrakning bu bo’limidagi kanalchalar (yo’llar) birlashib, qorin yuzasining ichki qirg’oqlari bo’ylab o’tadigan urug’ yo’llariga aylanadi. Urug’ yo’llarining keyingi uchlari kengayib, yupqa devorli urug’ pufakchalarini hosil qiladi. Urug’ yo’llari siydik yo’llari bilan birgalikda siydik-tanosil so’rg’ichiga ochiladi.

Erkaklik jinsiy hujayralari urug’donning kanallarida shakllanadi. Hali yetilmagan spermatozoid urug’ chiqarish yo’li orqali buyrakning oldingi qismidagi urug’don ortig’iga tushadi va bu yerda ular to’liq yetilgach, urug’ pufagiga yig’iladi. Otalantirish vaqtida urug’ pufakchalarining devorlari qisqarib, spermatozoidlarni kloakaga tushiradi, so’ngra bu yerdan kopulyativ organ orqali urg’ochisining kloakasiga to’kiladi.

Urg’ochilarining juft tuxumdoni ham qizilo’ngachning ikki yonboshida joylashgan. Juft tuxum yo’llari (myullerov kanallari) esa qorin (ventral) qismida yotadi. Tuxum yo’llarning oldingi uchi jigar atrofidan o’tib, jigarning qorin (ventral) tomonidagi markaziy pallada joylashgan umumiy voronkaga qo’shiladi. Tuxum yo’llarining yuqori uchidan bir oz pastroqda bittadan yumaloq bo’rtma bo’lib (sekreti tuxum qobig’ini shakllantiradi), qobiq bezi ana shu bo’rtmaning ichiga o’rnashgan.

Tuxum yo’llarining pastidagi ancha kengaygan qismi bachadon deb ataladi. U kloakaga mustaqil teshik bilan siydik so’rg’ichining yonida ochiladi.



Yetilgan tuxumlar tuxumdon devorini yorib, tana bo’shlig’i orqali tuxum yo’lining voronkasiga tushadi. Shunday qilib, urg’ochi akulaning tuxum yo’llari tuxumdon bilan qo’shilmasdan, to’g’ridan-to’g’ri tana bo’shlig’iga ochiladi. Tuxum yo’llarining devori qisqarib turishi tufayli ichidagi tuxumlar bachadon tomonga qarab harakat qiladi. Ichki otalanish akulasimon baliqlarga xos, bunda spermatozoid bilan tuxum hujayra tuxum yo’lining yuqori bo’limida qo’shiladi. Tirik tug’uvchi vakillarida embrion to’liq shakllangunga qadar tuxum yo’lining bachadon bo’limida saqlanib turadi. Tuxum qo’yib ko’payadigan turlarida esa qalin pardaga o’ralgan tuxumlar tashqariga chiqariladi.
Download 163.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling