Ichki organlarining tuzilishi. Ichi yorilgan akulani vannachaga chalqanchasiga yotqizib, ichki organlari tuzilishi bilan quyidagi tartibda tanishib chiqing (6-rasm).
Nafas olish organlari. Akulaning har bir jabra yorig’ining bir uchi halqumiga, boshqa uchi esa tashqariga ochiladi. Jabra yaproqlari jabra yoriqlarining oldingi va keyingi devoriga qator o’rnashgan. Jabra yaproqlari har qaysi qator jabraning yarim bo’lagini hosil qiladi. Jabraning ikkita yarim bo’lagi birgalikda yaxlit jabrani vujudga keltiradi. Shunday qilib, akula boshining har qaysi tomonida hammasi bo’lib to’rtta jabra va uning bitta yarim bo’lagi (til osti yoyi) bor. Jabralarning orasida va oxirgi jabraning orqasida, bir tomoni to’g’ridan-to’g’ri halqumga, ikkinchi tomoni bevosita tashqariga ochiladigan jabra yoriqlari bor.
Jabra yoylaridan esa jabralararo to’siqlar chiqadi, bu to’siqlar bir jabraning ikkita yarim jabrasini ajratib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |