Tog’ayli baliqlarning tashqi va ichki tuzilishi


Download 163.16 Kb.
bet6/9
Sana09.01.2022
Hajmi163.16 Kb.
#258805
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1,4

Qon aylanish sistemasi. Akulaning yuragi ikki kamerali: yurak bo’lmasi va yurak qorinchasidan iborat. Yurak bo’lmasiga venoz (sinusi) qo’ltig’i, yurak qorinchasining oxirgi qismiga arterial konus tutashadi (7-rasm).



7-rasm. Akulaning qon aylanish sistemasi sxemasi: 1 - yuragi, 2 - qorin aortasi, 3 - olib keluvchi jabra arteriyasi, 4 – olib ketuvchi jabra arteriyasi, 5 - aorta ildizi, 6 – uyqu aortasi, 7 - orqa aortasi, 8 - dum venasi, 9 - keyingi cardinal vena, 10 - oldingi kardinal vena, 11 - kyuverov kanali (oqimi), 12 - jigar qopqa venasi, 13 - jigar venasi, 14 - yonbosh venasi.
Qon venalardan venoz qo’ltig’iga yig’iladi. Yurak qorinchasini pintset bilan oldinga tortilsa, yupqa devorli uchburchak shakldagi venoz qo’ltig’ini aniq ko’rish mumkin. Qon venoz qo’ltig’idan yupqa devorli yurak bo’lmasiga, so’ngra qalin devorli muskulli yurak qorinchasiga quyiladi. Yurak qorinchasi muskulli devorining qisqarishi tufayli qon yurakning eng oxirgi bo’limi arterial konusga o’tadi. Arterial konusdan qorin aortasi boshlanadi. Arterial konus hamda yurak qorinchasining devorlari ko’ndalang targ’il muskuldan, qorin aortasi va boshqa tomirlarining devori esa silliq muskuldan tashkil topgan.

Qorin aortasi chap va o’ng tomonga tarmoqlanadi. Bu tarmoqlar tananing har tomonidan besh juft jabralarga qon olib keluvchi jabra arteriyalariga bo’linadi. Qon olib keluvchi arteriyalarning bir qismi til osti yoyiga borib, jabraning yarim bo’lagini, qolganlari esa haqiqiy jabra yoylariga borib, barcha jabralarni qon bilan ta’minlaydi. Qon aylanish sistemasining bundan keyingi tarmoqlarini preparatlarda kuzatib bo’lmaydi. Olib keluvchi jabra arteriyalari jabra yaproqlarida mayda kapillyarlarga bo’linib ketadi va ularning yupqa devori orqali gaz almashinadi. Kislorodga boy toza arterial qon olib ketuvchi arteriyalarga yig’ilib, umurtqa pog’onasi tagidagi orqa aortaga qo’shiladi. Orqa aortadan chiqqan qon tomirlari esa toza qonni butun tanaga tarqatadi. Venoz qon dastlab akulaning boshidan bir juft oldingi kardinal venaga, dum va tanadan esa keyingi kardinal venalarga yig’iladi. Keyingi kardinal venalar buyrakdan o’tib, uning ichida bir qancha kapillyarlarga bo’linadi va buyrak qopqa (darvoza) sistemasini hosil qiladi. Yurakning yuqorisida har qaysi (o’ng va chap) keyingi kardinal vena o’z tarafidagi oldingi kardinal vena bilan qo’shilib, juft kyuverov kanalini hosil qiladi. Bu kanal qonni venoz qo’ltig’iga o’tkazadi. Juft suzgich qanotlardan yon venalar chiqadi, bularning har qaysisi o’z tomonidagi kyuverov kanaliga qo’shiladi. Jigar qopqa venasi mustaqil ravishda ichakdan boshlanadi. Bu vena jigarda oldin kapillyarlarga bo’linadi, keyin ular yana birlashib, venoz sinusiga (qo’ltiqqa) quyiladigan jigar venasiga aylanadi.



Bosh miya. Tog’ayli baliqlarning bosh miyasi to’garak og’izlilar va suyakli baliqlar bosh miyasiga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan. Bu birinchi navbatda tog’ayli baliqlarda oldingi miya yarim sharlari va miyachasining yirikligidan dalolat beradi. Akulaning bosh miyasi besh bo’limdan iborat.

Oldingi miya yarim sharlari birmuncha katta bo’lib, o’ng va chap pallalarga aniq ajralmagan. Yarim sharlarning oldida joylashgan qidlov bo’laklari esa juda yaxshi rivojlangan. Oldingi miya keyingi uchi bilan oraliq miyaga, oraliq miyaning qopqog’iga esa uzun dastali miya usti bezi-epifiz birikadi.




Download 163.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling