Reja: xo'jalik yuritishning klaster usuli
Download 21.04 Kb.
|
XO\'JALIK YURITISHNING KLASTER USULI
XO'JALIK YURITISHNING KLASTER USULI REJA: XO'JALIK YURITISHNING KLASTER USULI KLASTER TIZIMI — QISHLOQ XO'JALIGIDA YANGI IMKONIYAT VA SAMARADORLIK OMILI KLASTER – AGRAR SEKTORNING ASOSIY O‘SISH NUQTASI Qishloq xo'jaligida chuqur qayta ishlashni va sanoatni rivojlantirmasdan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmasligini bugun hayotning o'zi ko'rsatib turibdi. Keyingi yillarda birlamchi qayta ishlash sanoatida qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan yutuqlarimiz ko'lami kengayib borayotgani ana shu jihatdan e'tiborga molikdir. Jumladan, Toshkent viloyatida ham 2018-2021 yillarda barcha sohalarga klaster tizimi keng joriy etildi. Xususan, viloyatda 50 ta agroklasterlarning faoliyati yo'lga qo'yilib, ularga fermerlar biriktirilayotgani o'zaro iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar barqarorlashishi, raqobatbardoshlik oshishida mustahkam zamin bo'lmoqda. Bugungi kunda yalpi qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 20,5 foizi agroklasterlar tomonidan tayyorlanmoqda. Natijada so'nggi 5 yilda hududlarda 31,5 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi. Bu yilgi mavsumda ham paxta-to'qimachilik klasterlari yaratilgan sharoitlardan omilkorlik bilan foydalanib, paxtadan mo'l hosil etishtirishdi. Xususan, klasterlar tizimi joriy etilgandan to bugungi kunga qadar, paxta hosildorligi o'tgan yillarga nisbatan 1,2 barobarga va hosildorlik 5-6 tsentnerga oshgani e'tiborga molik. Birgina viloyatda faoliyat yuritayotgan paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan 2021-2025 yillar davomida umumiy qiymati 1 trln. so'mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilib, qishloq hududlarida 2,1 ming nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta'minlash ko'zda tutilgan. Masalan, O'rta CHirchiq tumanida faoliyat olib borayotgan “Ko’kcha Textil” MCHJ tomonidan ip-kalava ishlab chiqarish bo'yicha yilik quvvati 6,5 ming tonna bo'lgan, qiymati 140 mlrd. so'mlik yangi loyihani ishga tushirish hisobiga 1050 ta yangi ish o'rni yaratilayapti. 2020-2021 yillarda meva-sabzavotchilik klasterlari tomonidan ham o'tgan davrga nisbatan mahsulot etishtirish hajmi 115,6 foizga oshganini kuzatish mumkin. e'tiborlisi, ular tomonidan 35,4 mln. dollarlik qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksport qilindi. Bundan tashqari, viloyatda 2021 yilda umumiy quvvati 13 ming tonna va saqlash sig'imi 10 ming tonnaga ega bo'lgan 2 ta agrologistika markazi faoliyati yo'lga qo'yildi. Joriy yilda g'alla etishtirish 100 foiz klaster usulda amalga oshirilishi hisobiga o'tgan yillarga nisbatan yalpi hosil 1,2 barobarga, hosildorlik esa 7-8 tsentnerga oshdi. 2022-2025 yillarda viloyatda sholichilik, pillachilik yo'nalishidagi klasterlar tomonidan ham yana 3 mingga yaqin ish o'rinlari yaratish rejalashtirildi. YAna bir e'tiborga molik jihat — klaster usuli yo'lga qo'yilganidan so'ng sohaga 762,2 mlrd.so'mlik 4609 ta zamonaviy qishloq xo'jaligi texnikalari xarid qilinishi evaziga hosildorlik ham, daromad ham oshganligini ko'rish mumkin. Masalan, Quyi CHirchiq tumanini misol tariqasida oladigan bo'lsak, yillar davomida bu tumanda paxtachilikda biror yutuq va yuqori hosildorlikka erishilmagan. SHu sababli tumanda bugun fermer xo'jaliklari deyarli saqlab qolinmadi. Ayta olamizki, hozir bu tuman paxta etishtirish bo'yicha lider hududga aylandi. 2020 yil paxtadan 43 tsentnerdan hosil olinib, belgilangan reja 123 foizga bajarildi. YA'ni, respublika bo'yicha eng yuqori hosil olgan tuman sifatida e'tirof etildi. Tumanda mazkur sohada ilgari 1200 nafarga yaqin ishchi mehnat qilgan bo'lsa, klaster tomonidan bugun qariyb 8100 nafardan ziyod odamlarning bandligi ta'minlandi. Soliq tushumlari ham yiliga 8,7 mlrd. so'mdan 30 mlrd. so'mgacha ortdi. SHuningdek, joriy yil hosili uchun paxta maydonlarida tomchilatib sug'orish texnologiyasini joriy qilish natijasida 4364 gektar paxta maydonlari uchun 39,1 mlrd. so'm subsidiya mablag'lari ajratildi. Viloyatda qishloq xo'jalik mahsulotlarini etishtirish borasida klaster tizimini yo'lga qo'yish o'z samarasini berayotganini inobatga olib, hozirda 8 ta tumandagi fermer xo'jaliklari klasterlarga biriktirilgan. Birgina Bekobod tumanida jami 12 ming 500 gektar maydonda paxta va 14 ming 800 gektarda g'alla etishitiriladi. SHundan 6700 gektar paxta, 5000 gektar g'alla maydoni klaster tizimiga ajratilgan. 250 dan ortiq fermer xo'jaliklari klasterlar bilan shartnoma tuzgan holda faoliyat olib bormoqda.Viloyat hokimning 2021 yil 16 sentyabrdagi qarori bilan 2022 yil hosili uchun tumanda fermer xo'jaliklari boshoqli don etishtirish bo'yicha g'allachilik klasterlari bilan shartnomalar tuzishdi. Sababi, o'tgan mavsumda 165 ta fermer xo'jaligi g'allani davlatga sotish rejasini bajarishda belgilangan hosildorlikka erisha olmadi. Bu kabi holatlarni har bir tuman misolida ko'rish mumkin. Masalan, Bo'ka tumanidagi “MELEK DON AGRO” MCHJning jamg'arma tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag'laridan jami 37,5 mlrd so'mlik qarzdorligi mavjud bo'lib, shundan fermer xo'jaliklar oldidagi yakuniy hisob-kitoblardagi qarzdorligi 10 mlrd. so'mni tashkil etmoqda. SHundan kelib chiqib, 14 ming 800 gektar maydon hududda faoliyat ko'rsatib keluvchi “SANTA GROUP AGRO” MCHJga biriktirilib berildi. Biz klaster faoliyatiga oid ba'zi bir raqamlarga to'xtalib o'tdik, xolos. Klaster tizimining joriy etilishi misolida sohada hali muammolar ko'pligini, ularni bartaraf etishda keng ko'lamli ishlar olib borilayotganini ko'rish mumkin. Ish bor ekan, muammolar ham yuzaga kelishi tabiiy. Bir so'z bilan aytganda, klaster tizimi nafaqat qishloq xo'jaligi, balki sanoat va xizmat ko'rsatish sohalarini qamrab olmoqda. Zamon talabiga mos odimlash esa hamisha barcha jabhalarda yutuq va samaralar garovi bo'lib kelgan. YA'ni, klasterlar boqimandalikka chek qo'yib, erkin va samarali mehnat qilishga undaydi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi faol qoʻllab-quvvatlanadigan davlatlar sirasiga kiradi. Shu bois, bugungi kunda respublikamiz agrar sohasiga davlat tomonidan rivojlangan mamlakatlarga nisbatan koʻproq mablagʻ ajratilmoqda. Hozirgi murakkab va qaltis davr dunyo miqyosida agrar sohaning hal qiluvchi oʻrni va ahamiyatini yana bir bor yaqqol koʻrsatib bermoqda. Mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash, sohada yangi ish oʻrinlari yaratish, manfaatdorlikni yana-da oshirish eng muhim masalaga aylanmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyotni, jumladan, qishloq xoʻjaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, fermer, klaster hamda kooperatsiyalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash masalasiga har doimgidan ham koʻproq ahamiyat berilayotganining boisi ham shunda. Binobarin, klaster tizimini joriy etish, zamonaviy issiqxona xoʻjaliklarini yaratish va tomorqa xoʻjaligi amaliyotini kengaytirish nafaqat hosildorlikni, balki qishloqda aholi turmush darajasini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Taʼbir joiz boʻlsa, ushbu yangi tuzilma oʻtgan juda qisqa vaqt ichida agrar sohani harakatlantiruvchi yetakchi kuch — drayveriga aylandi. Xoʻsh, klasterning afzallik tomonlari nimada? U qaysi omillar hisobiga rivojlanyapti? Keyingi yillarda katta eʼtibor qaratilayotgan qishloq xoʻjaligining mazkur yoʻnalishi oʻzini qay darajada oqlayapti? Klaster bu – urugʻni yerga qadashdan boshlab, undan yuqori va qoʻshimcha qiymatli mahsulot ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlarni ichki bozorga va eksportga yoʻnaltirishgacha boʻlgan ishlarni birlashtiruvchi tizim. Bugun dunyoning koʻplab davlatlarida bu tizim qoʻllaniladi. Shu sababli Prezidentimiz ham 2017-yilning fevral oyida Buxoro viloyatiga tashrifi chogʻida ilk bor klaster islohotini ilgari surib, toʻqimachilik korxonalarimiz oyoqqa turib oldi, bu korxonalar endi paxtachilikda mustahkam manba sifatida ishlab keta oladi, deya taʼkidlagan edi. Soʻnggi yillarda bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar tufayli klaster usulida mahsulot yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilar manfaatlarining mushtarakligi taʼminlanyapti. Klaster ishtirokchilari qishloq joylarga sanoatni olib kirish evaziga sohada yigʻilib qolgan muammolarni hal etishda tashabbuskor boʻlyapti. Eng asosiysi, klasterlarda odamlarning bandligi taʼminlanib, ular qishin-yozin mehnat qilyapti, oylik maosh olyapti. Boshqacha aytganda, bu tizim dehqonlarimiz, agrar soha vakillariga yangicha zamonaviy uslubda ishlashni oʻrgatdi. Hosildorlik, daromadni oshirdi. Tan olishimiz kerakki, har bir insonni, avvalo, manfaat boshqaradi. Har bir inson yaxshi yashashni, farovon turmush kechirishni istaydi. Buning uchun, albatta, oʻzi va yurti manfaati yoʻlida tinmay mehnat qiladi. Klaster bizga mana shu manfaatni koʻrsatdi. Eʼtibor bering, 2020-yilda 97 ta paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan jami 2 mln 794 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirilgan boʻlib, oʻrtacha hosildorlik 30,1 s/ga ni tashkil etgan. Qolaversa, 78 ta paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan shartnomada belgilangan hosil toʻliq yetishtirilib, shundan 11 tasida yuqori koʻrsatkichlarga erishilgan yoki oʻrtacha 3-8 s/ga qoʻshimcha hosil olingan. Shu jihatdan, bugun qishloq xoʻjaligida ish yuritishning yangicha shakli — klaster usuli tobora ommalashmoqda. Negaki, bunday mexanizm har qanday sharoitga moslasha oladi, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy muammolarni izchillik bilan samarali yechib beradi. Chunki klaster usuli toʻqimachilik sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega va bu usulni hayotga tatbiq etish uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar yetarli. Mubolagʻasiz aytamanki, klaster tushunchasi, bugun hamma uchun boʻlmasada, shu tizimda ishlayotgan fermerlarga yaxshi tanish boʻlib qoldi. Paxta ekishdan to tayyor mahsulotgacha boʻlgan jarayonni yagona texnologik tizimga birlashtirgan ishlab chiqarishning yangi majmuasi ilm-fan yutuqlarini, yangi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga jadal joriy etishga ham keng yoʻl ochib berdi. Shu nuqtayi nazardan Oʻzbekiston sharoitida klasterlarni rivojlantirish eng oqilona qarordir. Boisi qishloq xoʻjaligi uchun noqulay kelgan yillarda ham klasterning boshqa tashkilotlari hisobidan umumiy ish oʻrni va ish haqi saqlab qolinadi. Asosiysi, klasterlar hududlarning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashda katta rol oʻynab, ushbu yondashuv iqtisodiy jihatdan ustuvor tarmoqlar va loyihalarni aniqlash imkonini beradi. Xulosa oʻrnida aytganda, bozor tamoyillariga oʻtishda klaster tizimi muhim omildir. Sababi klaster tizimi – bu manfaatdorlik, sohaga ilm-fan va innovatsiyaning kirib kelishi demakdir. Zotan, klaster elga manfaat keltiradi, odamlarni ish bilan, daromad bilan taʼminlaydi. Aslida bugungi islohotlardan koʻzlangan asosiy maqsad ham shu emasmi!? . O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni qishloq xo'jaligida klasterlar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi. Mamlakatimizda agrar sohani isloh qilish, unga bozor mexanizmlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, klaster usuli yo'lga qo'yildi, ekin turlari zamon talabidan kelib chiqib o'zgartirildi. Natijada hosildorlik ham, daromad ham oshmoqda. Yurtimizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo'jaligi mahsulotlari 66 ta mamlakatga eksport qilinmoqda. Davlatimiz rahbarining 2019 yil 23 oktyabrdagi farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasi qabul qilindi. Unga muvofiq, yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida meva-sabzavot klasterlari tashkil etilmoqda. 2019 yil 11 dekabrda bu borada Prezident qarori qabul qilinib, barcha tashkiliy-huquqiy asoslar yaratib berildi. O'tgan qisqa vaqtda hokimliklar tomonidan 86 ta shunday klaster tashkil etish bo'yicha takliflar shakllantirildi. Yig'ilishda mazkur klasterlarning rejadagi quvvatlari, investitsiya miqdori va eksport hajmi bo'yicha ma'lumot berildi. Qayd etilganidek, klasterlar tomonidan qayta ishlash, saqlash va quritish bo'yicha 430 ming tonna qo'shimcha quvvatlarni ishga tushirish yuzasidan 96 ta loyiha rejalashtirilgan. Shuningdek, 6 ming gektarda intensiv bog' va 8 ming gektarga yaqin maydonda uzumzor barpo qilish bo'yicha loyihalar ishlab chiqilgan. Joriy yilda 410 million dollarlik mahsulotlar eksporti mo'ljallangan. Prezidentimiz Qishloq xo'jaligi vazirligiga klasterlar faoliyatini tashkil qilish, xorijiy ekspertlar xulosasi asosida ekinlarni samarali joylashtirish, zarur urug'lik va ko'chatlarni hozirdan tayyorlash, Moliya vazirligiga klasterlarni aylanma mablag'lar bilan ta'minlash bo'yicha topshiriqlar berdi. “O'zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi klasterlarga yangi bozorlar topish va eksport qilishda doimiy ravishda amaliy yordam berib borishi kerakligi ko'rsatib o'tildi. Yig'ilishda paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish, paxta va g'alla yetishtirishda davlat rejasini bosqichma-bosqich bekor qilish masalalari ham muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari bu haqda joriy yil 24 yanvardagi Murojaatnomasida aytgan edi. “Paxta va g'alla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich o'tamiz. Agar bu yo'ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo'lmaydi, ular o'zlari kutganlaridek manfaat ko'rmaydi, hokimlarning esa ish uslubi o'zgarmaydi”, degan edi Shavkat Mirziyoyev. Bu – sohada davlat aralashuvini keskin kamaytirish bilan birga hokimlarning reja ortidan quvish va majburiy mehnatga jalb qilish amaliyotiga butunlay chek qo'yadi. Bozor tamoyillariga o'tishda klaster tizimi muhim omildir. Bugungacha mamlakatimizda 73 ta paxta-to'qimachilik klasteri tashkil etilgan, o'tgan yilgi paxta hosilining 73 foizi ularning hissasiga to'g'ri kelgan. O'rtacha hosildorlik klaster bo'lmagan yerlarga nisbatan 4,1 sentnerga yuqori bo'lib, qo'shimcha 428 ming tonna paxta olingan. Yig'ilishda klasterlarning huquqiy maqomini belgilash, ularni tanlash, fermerlar bilan munosabatlarini to'g'ri yo'lga qo'yishning ochiq-oshkora mexanizmlarini joriy etish bo'yicha vazifalar belgilandi. 27 ta klasterga paxta yetishtirish uchun ularning quvvatiga nisbatan ko'p yer maydoni ajratilgani, 500 ming tonna tolani ishlab chiqarish quvvatiga ega ayrim klasterlarga esa yetarli miqdorda yer berilmagani keskin tanqidga sabab bo'ldi. Prezidentimiz klasterlarni tanlashda chuqur qayta ishlash darajasi va investitsiyalar hajmi, fermerlar bilan hisob-kitob qilishda mablag'ning yetarliligi asosiy mezonlar bo'lishi zarurligini ta'kidladi. Klaster tashkil etilmagan paxta maydonlarida fermerlar ishtirokida kooperatsiyalar faoliyati yo'lga qo'yilishi belgilandi. Bunda o'sha hududlardagi paxta tozalash zavodlari fermerlarga kooperatsiya tashkil etish uchun beriladi, qo'shilgan qiymatdan tushgan daromad kooperatsiya a'zolari – fermerlar o'rtasida taqsimlanadi. Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda Adliya vazirligiga klasterlar va fermerlarning majburiyatlarini aniq belgilab, ularning faoliyatini tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish vazifasi qo'yildi. Paxta yetishtirishni moliyalashtirishning amaldagi tizimi klasterlar bilan ishlashga moslashmagani ko'rsatib o'tildi. Shu bois klasterlar va fermerlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo'yicha topshiriqlar berildi. Paxta va g'alla bo'yicha davlat rejasini bekor qilish, ekinlarni majburiy joylashtirish tartibidan 2023 yilgacha bosqichma-bosqich voz kechish bo'yicha joriy va kelgusi yilda amalga oshiriladigan tadbirlar atroflicha ko'rib chiqildi. Download 21.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling