Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat


Download 153.21 Kb.
bet31/37
Sana22.04.2023
Hajmi153.21 Kb.
#1379459
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Bog'liq
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua

Biologiya grekcha so’z bo’lib, bios-xayot, logos-ta’limot degan ma’noni bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, biologiya- tirik tabiat va mavjudotlarni xayot to’g’risidagi fanlar majmuidir.
Ipak qurti biologiyasi ipak qurtining xayvonot olamida (zoologik klassifikatsiyada) tutgan o’rni, turlari (guruxlari), uning individual rivojlanish xususiyatlarini va ular bilan bog’liq xodisalarni o’rganadi.
Tabiiy ipak faqat ipak qurtlaridan olinadi, O’zbekistonda asosan tut ipak qurti boqiladi. Tabiiy ipak esa chiroyliligi, pishiq va mustaxkamligi, xavo o’tkazuvchan va chirimasligi bilan boshqa tolalardan farq qiladi.
Tut ipak qurting xayvonot olamida tutgan o’rni.
Tut ipak qurti zoologik sistematikada akademik G.Ya.Bey-Bienko ta’rificha, faqat tut bargi bilan oziqlangani uchun tut ipak qurti (Bombux mori L) turi, qurtlik davrining oxirida mudog’a qatlam- pilla o’ragani uchun pillakashlar (Bombysidal) oilasi, voyaga yetgan davrida kapalagining tanasi tangachalar bilan qoplangani uchun tangachalilar yoki kapalaklar (Lepidoptera) turkumi, individual rivojlanishida to’liq shaklini o’zgartirib rivojlangani uchun to’liq metamorfazalilar (kolometabola) bo’limi, uch juft oyoqlari, tanasi bosh, ko’krak va qorin qismlariga ajralganligi uchun olti oyoqlilar yoki xasharotlar (Insekta) sinfi, nafas olish organlari traxeyadan tuzilganligi uchun traxeya bilan nafas oluvchilar (Traxeata) kenja tipiga va nixoyat oyoqlari bo’g’imlaridan iborat ekanligi uchun bo’g’imoyoqlilar (Artxropoda) tipiga kiradi.
Ipak qurtining turlari. Tabiiy ipak faqat tut ipak qurti pillasidan emas, balki ipak qurtining sato’rnid oilasiga kiruvchi 20 ga yaqin turidan iborat bo’lgan yovvoyi ipak qurtlarining pillasidan xam olinadi. Ularning tolasi pishiq, tabiiy chiroyli, rangdor, ximiyaviy moddalar va boshqa zalarli ta’sirlarga chidamliligi bilan xarakterlanadi. Lekin, tolasi tut ipak qurtining pillasiga nisbatan yo’g’on, yomon yigiriladi (ba’zilar yigirilmaydi), turli xil ranglarga buyalmaydi, ipak miqdori kam bo’ladi. Ko’pchilik ipak qurtining pillalaridan ipak paxta (momiq) olinib, ular tabiiy sharoitda, ya’ni daraxtzor yoki butazorlarda boqiladi.
Yovvoyi ipak qurtlariga Aylant, kanakunjut va Assam ipak qurtlari, shuningdek, Xitoy Yaponiya va Xindiston dub ipak qurtlari kiradi.
Aylant ipak qurti aylant daraxtining bargidan tashqari siren va olma daraxtining bargi bilan xam oziqlanadi. Bular Xindiston, Xitoy va Yava mamlakatlarida uchrab, bir yilda 4 marotabagacha avlod beradi. Pillasi kulrang sariq tusli, cho’zinchoq. Bir kutbida teshigi bor, tolasi yigirilmaydi.
Kanakunjut ipak qurti aylant ipak qurtiga juda yaqin bo’lib, 4-7 marotabagacha avlod beradi. U kanakunjut, siren, yovvoyi olma daraxtlarining bargi bilan oziqlanadi. Ularning o’ragan pillalari oq, jigar rang kizkish tusli bo’lib, olingan ipak tolasi yaltirab turadi. Kanakunjut ipak qurti Xindiston, Xitoy va Vetnam mamlakatlarida uchraydi.
Assam ipak qurti xammaxo’r xasharotlarga kiradi. Yarim xonakilashtirilgan, yiliga 5tagacha avlod beradi. Pillasi turli rangda bo’lib, uzunligi 5 sm cha, bir tomoni o’tkirlashgan, kichik teshikchasi bor. Pillasi yigiriladi.
Xitoy dub ipak qurti kapalaklari yirik, qanotini yozganda 15-18 sm ga yetadi, qanotlari chiroyli, xar birida kuzcha shaklida xollari bor, yaxshi, 15 kungacha yashaydi. G’umbaklik davrida qishlaydi. qurtlari dub bargi bilan oziqlanib, bargdan g’ilofcha yasab pilla o’raydi. Pillasi qo’ng’ir rangli, tuxumsimon shaklda, uzunligi 4-6 sm, poyachali, poyachasi yordamida dub novdasiga xalqacha xosil qilib pillasini ildiradi. Sanoatda katta axamiyatga ega.
Hindiston dub ipak qurti dub daraxtining bargidan tashqari kanakunjut bargi bilan xam oziqlanadi. Pillasi uzun-7 sm gacha, «oyoqchasi» bor, Xitoy va Yapon dub ipak qurtidan farqi pillasini bargga uramasdan navdaga xalqacha yasab ildradi. Pillasi irik donador, uzunligi 4-7 sm, yaxshi yigiriladi.
Yapon dub ipak qurti. Yaponiya, Koreya va Uzoq Sharqda yovvoyi xolda dub o’rmonzorlarida va yarim xonakilashtirilgan xolda boqiladi. Ular tuxumlik davrida
qishlaydi, pillasining Og’irligi 7-8 g bo’lib, boshqa yovvoyi ipak qurtining pillalariga nisbatan oson yigiriladi. Ipagi yaltiroq sarg’ish jigar rangda yoki yashil rangda bo’ladi, yashil texnalogik ko’rsatgichlarga ega. Yovvoyi ipak qurtlarining urg’ochi ipaklari mavsumda o’rtacha 150-200 donagacha tuxum qo’yadi. Tuxumlar kulrang tusda bo’lib, Og’irligi 3-5 mg, ba’zan 7-8 mg keladi.
Kapalaklar tuxumlarini asosan daraxt kovaklari yoki po’stlog’i orasiga qo’yadi. Ko’klamda bu tuxumlardan (tabiiy sharoitda) qurtlar jonlanib chiqadi.
Yovvoyi ipak qurtlarining qurtlik davri, qurtning turiga qarab, 40-50, ba’zan 60 kungacha davom etadi.
Tut ipak qurtining rivojlanish davri. Umuman xayvonlar past embrional, ya’ni tuxum quyib ko’payuvchi xayvonlarda tuxumdan chiqqandan keyin, tirik bola tukuvchi xayvonlar, tug’ilgandan keyingi rivojlanish davrida shaklini o’zgartirmasdan - metamorfozsiz va shaklini o’zgartirish - metamorfoz yo’li bilan rivojlanadi. xasharotlar metamorfoza yo’li bilan rivojlaniuvchi xayvonlar guruxiga kiradi. Bular xam o’z navbatida ikki guruxga bo’linadi. Shaklini chala o’zgartiruvchilar - Chala metamorfoza va shaklini to’liq o’zgartiruvchilar-to’liq metamorfoza. Chala metamorfoza yo’li bilan rivojlanuvchi hashorotlar past embrional rivojlanish davrida uchta: t u x u m, l i ch i n k a va imago (voyaga yetgan davri); to’liq metamofozali xasharotlar esa to’rtta: tuxum, lichinka, g’umbak va imago davrlarini o’tkazadi. Chala metamorfozali xasharotlarga chigirtka, suvarak, beshiktervat qandala va b.;
To’liq metamorfozali xasharotlarga qo’ng’izlar, asalarilar, pashshalar, kapalaklar va b. kiradi.
Tut ipak qurti to’liq metamorfozali xasharotlar guruxiga kirib, to’rtta rivojlanish davrini boshidan o’tkazadi.

  1. tuxumlik davri, embrionning rivojlanish va ko’pchiligida qishlash vazifasini o’tish davridir.

2-lichinkalik-qurtlik davri. Bu davrda oziqlanadi, o’sadi, rivojlanadi va zapas oziq modda to’playdi.
3-g’umbaklik davri-tanasini qayta tiklash, imago davriga xos belgilarni xosil qilish, shaklini o’zgaritirish- metamorfoza davri.
4-imago kapalaklik, ya’ni jinsiy balog’atga yetish, tuxum qo’yish-nasl berish davri.
Muxokama uchun savollar:

  1. Ipak qurtining turlari va guruxlarini ayting.

  2. Yovvoyi ipak qurtlarining turlari.

  3. Ipak qurti qanday rivojlanish davrlarini o’taydi?




Download 153.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling