Tutdoshlar oliasi


Tut bargining xoʻjalikda ahamiyati juda muhimdir


Download 33.72 Kb.
bet5/5
Sana25.10.2023
Hajmi33.72 Kb.
#1720616
1   2   3   4   5
Bog'liq
TUTDOSHLAR OLIASI

Tut bargining xoʻjalikda ahamiyati juda muhimdir. Tut bargida ipak qurtining yashashi va rivojlanishi uchun eng zarur boʻlgan qand, oqsil, yogʻ moddalari, suv, fermentlar hamda har xil vitaminlar mavjud.
Tutning mevasi juda shirin va servitamin, yerli xalqlar uni koʻp isteʼmol qiladi. Ayniqsa, Balxitut va Shotut kabilarning mevasi juda lazzatli va shifobaxsh hisoblanadi. Bu tutning yangi yigʻilgan mevasidan sunʼiy asal-shinni tayyorlanib, quruq mevasini maydalab non hamiriga aralashtiriladi.Tut urugʻidan koʻchat yetishtiriladi.
Tut daraxtining tanasi koʻpchilik daraxtiga nisbatan mustahkam va chidamli, pardozlaganda juda chiroyli. Shuning uchun undan duradgorchilikda keng foydalanadi, har xil cholgʻu asboblari, mebellar va bochkalar yasaladi. Tut yogʻochidan (bir necha yillar davomida suvga tashlab qoʻyib) shamshod deb ataladigan juda chidamli taroqlar tayyorlanadi. Tut poʻstlogʻidan esa boshlangʻich material sifatida foydalaniladi. Tut novdalaridan savat, zambil va yengil stullar toʻqish mumkin.
Tarixiy adabiyotlarda tut daraxtlarining ildiz poʻsti talqon qilib yoki qaynatib ichilganda gijja haydash va qisman qand kasalligini davolash mumkinligi bayon etilgan.
Nihoyat, tut koʻchati boshqa daraxtlarga aralashtirib ekilaganda garmsel va sovuq shamollarning taʼsiri kamayadi. Bunday tutlarning bargidan qurtga kam beriladi, ulardan koʻchatzorga ekiladigan urugʻ tayyorlanadi.
Download 33.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling