Tutdoshlar oliasi
Download 33.72 Kb.
|
TUTDOSHLAR OLIASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anjirning kenja avlodlariga
Maklyura avlodining bitta turi uchraydi. Koʻpchilik novdalar tikanli, barglari asosan yaxlit, patsimon tomirli, barg qirralari oddiy yoki arrasimon tishli, toʻpguli va mevasi sharsimon, yirik mevali, gʻadirbudir.
Qogʻoz daraxti avlodining novdalari va barglari sertukli, barg shapalogʻi yaxlit yoki har xil darajada kertikli, uning ustki sirti dagʻal va ostki tomoni baxmalsimon sertukli, gul va meva toʻplami sharsimon. Bu avlodga ham bitta tur kiradi. Anjirning kenja avlodlariga xushbuy anjir ( Ficus indica) va bengeliya anjiri - binian (Ficus benglensis) kirib, novdalari baquvvat, yoʻgʻon, kam yon shox hosil qiladi, bargi juda yirik, barmoqsimon, besh kertikli, yaxlit barglar kamroq uchraydi, barg bandining izi kattaroq, urgʻochi toʻpguli noksimon shaklida, urugʻlanish hodisasi yashirin holatda roʻy beradi, erkak guli uchta otalik va kosasimon uchta gultevarakligidan iboratut Toʻp mevasi yapaloq yoki noksimon koʻrinishda boʻladi, rangi sargʻish yoki toʻq jigarrang, mazasi shirin. Oʻsimliklar sistematikasida avlod deb oʻzaro yaqin boʻlgan, gul, meva va urugʻlarning tuzilishida oʻxshaydigan va ikkinchi darajali xususiyatlari (barg, poya, toʻpgul, sertuklik, gultoj, urugʻ rangli va hokazolar) bilan farqlanadigan turlar gruppasiga aytiladi. Bir qancha oʻsimliklar barcha asosiy belgilari bilan bir-biriga oʻxshash boʻlib, lekin ular biri- ikkinchisidan faqat xususiy - oʻziga xos (kattaligi, gulining miqdori, barglarning soni va boshqalar) belgilari bilangina farqlansa, buni tur deyiladi. Turlar baʼzan asta-sekin, baʼzan tez oʻzgarishi ham mumkin. Turlar oʻziga xos turgʻun belgilarga qarab biri ikkinchisidan ajratiladi. Turlar tur xillari yoki kenja turlarga boʻlinadi, bu yanada maydaroq sistematik birlik boʻlib, shu tur ichidagi har xil formalarni koʻrsatadi. Shuni ham aytish kerakki, botanikada Linney zamonidan beri qoʻshaloq atama bilan, yaʼni lotincha avlod va tur atamasi bilan atab yuritish qabul qilingan. Tur atamasidan keyin odatda turni dastlab taʼriflab bergan olimning nomi qoʻyiladi. Bevosita tut - Morus avlodini turlarga ajratishda bir qancha qiyinchiliklarga duchor boʻlgan. Ayrim mualliflar tut avlodini 120 tagacha turga boʻlgan boʻlsa, ikkinchilari uning mikdorini 2-3 taga kamaytirishgan. Bunday boʻlishga bir tomondan sistemani tuzishda birlamchi materialning xarakteri turlicha boʻlishi va ikkinchi tomondan mualliflarning tut avlodini tur va tur xillarga boʻlishda har xil darajada yondoshishi sabab boʻla oladi. Masalan, Karl Linney 1753-yilda Morus avlodini beshta turga ajratadi: 1- Morus alba L. – Oq tut; 2-Morus nigra L.- Qora tut; 3 – Morus rubra L. – Qizgʻish tut; 4- Morus tatarica L. – Tatar tuti; 5- Morus indica L.- Hind tuti. 1873-yilda Byuro degan olim oʻzining tut avlodiga bagʻishlangan monografiyasida Linneyning birinchi uchta turini saqlab, Tatar tuti va Hind tuti turlarini yangi uchta turlar bilan almashtiradi, ayni vaqtda Oq tut turiga kiruvchi tutlarning urgʻochi gul belgilariga qarab 16 xil tur tuzadi. Byuro sistematikasining kamchiligi shundaki, jinsiy organlarining tuzilishi jihatidan har xil boʻlganlarini bitta turga kiritgan. Bu sistemada tutning geografik tarqalish sharoitlari toʻliq hisobga olinmagan (A.I. Fedorov, 1954). Tut (Morus) avlodiga tegishli qoniqarli maʼlum bir sistemaning yoʻqligi, yaʼni u yoki bu turlar va tur xillarga boʻlishdagi, eng asosiy kamchiliklardan yana biri, koʻpchilik daraxt xillari duragay tutlardan roʻyobga kelganligidandir. Chunki tutning ayrim turlari yashash sharoiti, tuzilishi va xususiyati jihatidan boshqalaridan farqlansa ham ular oʻzaro juda oson chatishish qobiliyatiga ega. Shu sababli va tut chetdan changlanuvchi oʻsimlik boʻlganligi tufayli tabiiy ravishda uning bir shakldan ikkinchi shaklga oʻtuvchi xillari paydo boʻladi. Tut daraxtlarini madaniylashtirish, yaʼni ularning barg hosilini oshirish va sifatini yaxshilash maqsadida har xil fizikaviy va ximiyaviy moddalar hamda agrotexnik tadbirlarni qoʻllash va ipak qurtiga oziq sifatida foydalanish uchun bargli novdalarni kesish usullari tutni maʼlum sistemaga solishda yana qiyinchilik tugʻdiradi. Ozarbayjonda akademik I.K.Abdullayev rahbarligi ostida sunʼiy yoʻl bilan turli xildagi tutlarni hosil qilish ishlari olib borildi. 1959-yildan boshlangan va hozirgi kunda davom ettirilayotgan tutdagi poliplodiya (xromosomalar gaploid yigʻindisining koʻp marta ortishi)ga tegishli tajribalar bunga yaqqol misoldir. Bu tajribalarda tabiatda uchraydigan diploid va tetraploidli hamda bundan koʻprok xromosomalar toʻplamiga ega boʻlgan tut xillarining urugʻi yoki yangidan koʻkarayotgan kurtagiga kimyoviy modda - kolxitsin taʼsir qilish tufayli uch, besh, olti va hokazo xromosomalar toʻplamiga ega boʻlgan koʻp ploidli tutning turli xillari olingan. Bu tutlarning guli va barglarining tashqi hamda ichki tuzilishi dastlabki ona tutnikidan keskin farqlanadi. I.K.Abdullayev (1976) tutlarni tur va kenja turlarga boʻlishda, koʻp ploidli tut xillarining oʻzgaruvchanlik belgilarini hisobga olish zarurligini uqtirib oʻtadi. Uning fikricha tut (Morus) avlodini sistematikaga solishda maʼlum bir xromosomalar toʻplamiga ega boʻlgan tut xillarini ayrim turga; xromosomalar miqdori (14-42-70 va undan koʻp) toq songa teng boʻlgan, balans bermaydigan (urugʻlana olmaydigan) tut shakliga kenja tur hamda xoʻjalik jihatidan ahamiyatli boʻlib, u yoki bu turga, tur xiliga taalluqli tut shakli (formasi)ni nav deb aytishni tavsiya qiladi. Talabga javob beradigan tut avlodining sistemasini tuzish hozirgi kunning amaliy jihatidan hal qilinishi kerak boʻlgan muhim vazifadir. Buni roʻyobga chiqarish uchun soʻngi yillargacha yigʻilgan maʼlumotlarni hozirgi zamon turga tegishli turli nazariyaga suyangan holda qayta koʻrib chiqilishini taqozo etadi. Yaponiya botanik olimi G.Koydzumining 1923-yilda tuzgan tut (Morus) avlodining sistematikasi, bir qator kamchiliklari boʻlishidan qatʼiy nazar hozirgi kundagiga nisbatan durustroq turkumlash hisoblanadi. Koydzumi oʻzidan oldingi tuzilgan tut daraxti sistematikasi va Tokiodagi ipakchilik tajriba stansiyasining juda koʻp kolleksiya materiallaridan foydalanib tutlarni 24 ta turga boʻladi. Koydzumi tutning asosan urgʻochi guli ustunchasini uzun - qisqaligiga qarab yuqoridagi turlarini ikkita boʻlinmaga: 1- uzun boʻyinli- Dolichostylaye va 2 - qisqa boʻyinli- Macromorus ( yirik mevali) ga ajratadi. Download 33.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling