Tutdoshlar, tuyatovondoshlar oilasiga mansub noyob o’simliklar


Download 1.83 Mb.
Sana19.12.2022
Hajmi1.83 Mb.
#1033102
Bog'liq
osimlik

tutdOSHLAR, TUYATOVONDOSHLAR OILASIGA MANSUB NOYOB O’SIMLIKLAR

Reja; 1.Tutdoshlar oilasi-Mogaceae tarqalishi, tuzilishi. 2. Tuyatovondoshlar (Zygophyllaceae R. Br.)-oilasi haqida. 3.Xulosa.

Tutdoshlar - Moraceae oilasi Tutdoshlar - Moraceae oilasiga doimiy yashil, ba’zan barglari to‘kiladigan sut shirasi bor daraxt, buta yoki sut shirasiz o‘t o‘simliklardir. Ularning barglari navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan, butun, o'yilgan yoki qaychibarg bo‘lib, barg qo‘ltig‘idan chiqadi. Gullari ayrim jinsli, bir uyli yoki ikki uylidir. Gulqo‘rg‘oni kosachasimon, to‘rt bo‘lakchali. Changchisi 4 ta, urug‘chisi 1 yoki 2 mevabargli, 2 tumshuqli, tugunchasi bir uyali va urug‘kurtakli. Mevasi chala danakcha yoki yong‘oqchadir. Bu oilaga 53 ta turkumga mansub 1400 tur kiradi. 0‘zbekistonda 3 ta turkumga mansub 6 ta turi bor.

Tut - Morus. Bu turkumiga daraxt va buta o‘simliklar kiradi. Ularning barglari oddiy, to'kiladigan, butun yoki qirqilgan, chetlari arra tishli bo‘ladi. Gullari bir uyli yoki ikki uyli, boshoqsimon to‘pgulda joylashgan. Urug‘chi ikkita meva bargchadan iborat bo‘lib, tugunchasi ustki yoki ostki, bir uyali. Mevasi - to‘pmeva. Vatani Xitoy va Markaziy Osiyo. Tut bargi ipak qurti uchun ozuqa manbayidir. Turkumning 12 ta turi bor. Respublikamizda 2 ta turi keng tarqalgan.

Oq tut - Morus alba. Daraxt. Barglari yupqa, mevasi sershira, shifobaxsh, keng iste’mol qilinadi. Aprel oyida gullaydi, mevasi may-iyunda pishadi. Tut mevasi xalq tabobatida qonni tozalovchi, qonni ko‘paytiruvchi, siydik haydovchi vosita sifatida, yurak ishini yaxshilash va isitmani tushirish uchun qo‘llaniladi.

Shotut - Morus nigra. Bo‘yi 7-7 m li daraxt. Po‘sti qizg'ishqo‘ng‘ir. Bargi butun, qalin, g‘adir-budur. Mevasi to‘q binafsha, shifobaxsh, keng iste’mol qilinadi.

Qabila. Tuyatovonnamolar (Zygophyllales) Oila. Tuyatovondoshlar (Zygophyllaceae R. Br.) Turkum. Tuyatovon (Zygophyllum L.) Turkum. Temirtikan (Tribulus L.) Turkum. Chashma, Xalimifillum (Halimiphyllum)

Tuyatovon (Zygophyllum L.) — tuyatovondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik ildizpoyali oʻsimliklar turkumi; oʻt, buta, chala butalardan iborat. Poyasi qattiq, sershox. Boʻyi 30— 70 sm. Bargi sersuv, qaramaqarshi, bir, baʼzan 2—4 juftdan joylashgan. Gullari 1 yoki 2 tadan, tojbarglari oqimtirsariq, tagi qizil dogʻli, changchisi 8—10 ta. Yoz davomida gullab urugʻlaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Urugʻi 20—30° haroratda unib chiqadi. Mevasi bir yoki bir nechta uchli koʻsakcha. Ildizi oʻq ildiz. Yer sharining choʻl va dashtlarida tarqalgan. 250 dan ortiqturi bor. Oʻzbekistonda 13 turi uchraydi. Gʻunchasi sabzavot sifatida ovqatga ishlatiladi. Begona oʻt sifatida hamma ekinlar orasida uchraydi. Daryo vodiylari, vohalardagi bir oz shoʻrtob yerlarda oʻsadi. Kurash choralari: yerni chuqur haydash, chopiq, kultivatsiya va boshqalar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. A.I.Kursanov, A.A .Uranov, N.A.Kamarnitiskiy, K.I.Meyer ,V.F.Rozdoviskiy II tomlik “O'simliklar morfalogiyasi va anatomiyasi” O’zbekiston Toshkent 2002 2.A.I.Azimov, B.TAbdurashidova, E.T.Normuxammedov,N.Shleyder “O'simliklar fiziologiyasi” , Toshkent O’qituvchi ” Mexnat nashriyoti, 2004. 3.V.A.Burigin, F.X.Jaxonguzarov ,G.D.Mustkimov,J.K.Saidov “Botanika va o'simliklar fiziologiyasi” , Toshkent O'qituvchi 1972 4.N.A.Kavanetiskiy “O'simliklar morfologiyasi” Toshkent O'qituvchi,1882- 1962. Internet saytlar www.Ziyonet.uz www.Arxiv.uz www.ziyonet.uz www.naturefoto.ru


Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling