Tutgаn o`rni. Reja. Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati
«Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fanining boshqa fanlar
Download 250.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Qishlоq хo`jаligining rеspublikа ijtimоiy iqtisоdiyotidа tutgаn o`rni.
. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fanining boshqa fanlar
bilan bog`liqligi Fanning predmetini (maqsadini), vazifalarini o’rganishda «Iqtisodiyot nazariyasi», «Makroiqtisodiyot», «Mikroiqtisodiyot», «Dehqonchilik asoslari», «Chorvachilik asoslari», «Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini boshqarish», «Mehnatni tashkil etish, normalashtirish», «Statistika nazariyasi», «Iqtisodiy kibernetika» kabi fanlardan olingan nazariy va amaliy bilimlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, makroiqtisod, ya'ni respublika iqtisodini o’rganmasdan, bilmasdan qishloq xo’jaligi iqtisodiyotini, unda amalga oshirilayotgan iqtisodiy o’zgarishlar, ularning ahamiyatini baholab bo`lmaydi. Iqtisodiy qonunlar, kategoriyalarning mazmunini, harakat qilishini o’zlashtirmasdan qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy munosabatlar tizimini to’g`ri va samarali amalga oshirish, mehnatni tejash va uning unumdorligi rivojlantirilishini belgilay olish gumon. «Mikroiqtisodiyot» fanidan talab va taklif qonunlarini o’rganmasdan qishloq xo’jaligida qayerlarda, qanday mahsulotlarni qancha miqdorda yetishtirish zarurligini to’g`ri belgilash haqida gap bo`lishi ham mumkin emas. O’zgaruvchan, doimiy hamda o’rtacha xarajatlar mazmunini, miqdorini, tarkibini yaxshi bilgandagina qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish uchun sarflanadigan xarajatlarni, mahsulot tannarxini va ularni tejash yo’llarini oson o’zlashtirib olish mumkin. Ishlab chiqarish vositalarini qayerdan, qanday qilib sotib olish hamda yyetishtirilgan mahsulotlarni qachon, kimga, qanday tartibda sotish va bu jarayonlarni boshqarish masalalarini «Menejment va marketing» fanidan olgan bilimlar yordamida samarali echish mumkin. Demak, talabalar o’zaro uzviy bog`langan barcha fanlar mazmunini yaxshi o’rganishlari lozim ekan. Tayanch iboralar: O`zbekiston iqtisodiyoti, Respublika xalq xo`jaligi: mamlakat qshloq xo`jaligi, Respublika yalpi ichki mahsuloti, qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti; erkin bozor iqtisodi, markazdan rejali boshqarilgan iqtisod, iqtisodiy islohot; yer, suv islohoti; mulk islohoti; moliya, kredit, soliq, narx islohotlari, mamlakatni modrenizatsiyalash, islohotlarini chuqurlashtirish; shirkat, fermer xo`jaligi; Qishloq xo`jaligi, mazmuni, mohiyati, xalq xo`jaligida tutgan o`rni, qishloq xo`jaligi resurslari, tarmoq tushunchasi. Download 250.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling