Tutgаn o`rni. Reja. Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati


Download 250.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana25.02.2023
Hajmi250.3 Kb.
#1227600
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qishlоq хo`jаligining rеspublikа ijtimоiy iqtisоdiyotidа tutgаn o`rni.

  
Qisqacha xulosalar 
Hozirgi davrda, O`zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo`jaligining o`rni, hissasi ulkan. 
U aholini oziq-ovqat, qayta ishlash sanoati korhonalarini esa xom ashyo bilan 
ta'minlashdek muhim vazifani bajarmoqda. Kelajakda mamlakat iqtisodiyotini 
yuksaltirish uchun qishloq xo`jaligini rivojlantirish ob'ektiv zarurit hisoblanadi. Bu 
muammoni samarali hal etish mexanizmlarini, yo`llarini aniqlab olish zarur. Ular esa 
«Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti» fanida batafsil yoritiladi. Chunki bu fan tarmoqning 
barqaror iqtisodiy negizini yaratish asosida uni rivojlantirishni ta'minlay olish 
qobiliyatiga ega bo`lgan iqtisodiy munosabatlar tizimini ilmiy asoslangan holda yaratish 
va ularni izchillik bilan bosqichma-bosqich hayotga joriy etish usullarini, yo`llarini 
targ`ib etadi.
Iqtisodiy munosabatlar tizimini mukammal o`zlashtirish uchun nazariy hamda 
amaliy jihatdan asoslangan tadqiqot usullaridan oqilona foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Qishloq xo`jaligi rivojlanishini hamda samaradorligi yuksalishini 
ta'minlovchi iqtisodiy munosabatlar amaliyotga tatbiq etilishini hal qiluvchi 
mexanizmlar, usullar va yo`llarni chuqur o`zlashtirish uchun iqtisodiy, tashkiliy hamda 
ayrim texnologik fanlarni bilish lozim. 
  
 
 


Nazorat va muhokama uchun savollar: 
1. O`zbekiston qanday hududda joylashgan? 
2. Nima uchun respublikada qishloq xo’jaligini rivojlantirish mumkin? 
3. Qishloq xo’jaligini O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rnini qaysi omillar bilan 
isbotlaysiz? 
4. Qishloq xo’jaligi respublika iqtisodiyotida qanday o`rin tutadi? 
5. Respublika aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari 
miqdori ma'lum muddatda qanchani tashkil etgan va ularni qanday aniqlash mumkin? 
6. Nima uchun qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish zarur 
edi? 
7. Agrar iqtisodiy islohotlar tizimiga qaysi islohotlar kiradi? 
8. Qishloq xo’jaligidagi yer islohotining mazmuni qanday? 
9. Mulk islohoti qanday amalga oshirilmoqda? 
10. Moliya, kredit, soliq va baho islohotlari qanday amalga oshirilgan? 
11. Agrar iqtisodiy islohotlarning natijasi nimalarda namoyon b?lmoqda? 
12. Qishloq xo’jaligi hamda «Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti» fanining predmeti,
maqsadi nimalardan iborat? 
13. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fanining maqsadini ifodalovchi asosiy 
vazifalar nimalardan iborat? 
14. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fanida qanday asosiy usullardan 
foydalaniladi? 
15. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fani agrotehnologik hamda boshqa iqtisodiy 
fanlar bilan bog`liqligini bayon eting. 

Download 250.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling