Hududiy narx — faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi;
Milliy bozor narx — bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiya-tini aks ettiruvchi N.lardir;
Xalqaro narx — muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalkaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
N.lar farqining miqdoriy ifodasi narx diapazoni deyiladi. Narx diapazoni N.lar oraligʻining puldagi ifodasidir. N. diapazoni quyi, oʻrta va yuqori N.larni oʻz ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, talab bilan N. oʻzaro bogʻlanadi. Iqtiso-diyot birbiriga bogʻliq va yagona boʻlga-nidan turli tovarlar va xizmatlar N.lari birbirini yuzaga chikaradi, toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi. Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft, kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar) N.ining oʻzgarishi bozordagi jami N.lar nisbatiga taʼsir koʻrsatadi.Narxga ta'sir etuvchi eng qulay omil bu monopoliyadir.Monopolist korxona narxni xohlagancha o'ynatishi mumkin.Shunday ekan demping narx psixologik narx bularning hammasini monopolist hal qiladi xohlasa qiladi xohlamasa yo'q.Ushbu nazariya Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi kafedra mudiri Abdullayev.A ga tegishli nazariyadir
Tovarga xizmat ko'rsatish orqali korxonalarning ulgurji narxlari, ishlab chiqaruvchilarning sotish narxlari, chakana narxlari, sotib olish narxlari, tariflar mavjud.
Korxonaning ulgurji narxiga to'liq tannarx va foyda kiradi.
Sotish narxi - ulgurji narx, QQS (qo'shilgan qiymat solig'i) va aktsiz solig'i (aktsiz to'lanadigan tovarlar uchun) hisobga olingan holda shakllanadi.
Chakana narx - bu savdo tashkilotlarining xarajatlari, savdo xizmatlarining foydalari va qo'shilgan qiymat solig'ini o'z ichiga olgan savdo belgilarini (ustama) hisobga olgan holda sotish narxi. 1-sxema chakana narxning shakllanishini ko'rsatadi
To'liq narx
+
_______ foyda _______
Korxonaning ulgurji narxi
+
QQS
+
______ [aktsiz] ______
Zavodning sotish narxi
+
___________ savdo markasi __________
Chakana savdo narxi
Raqobat
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy omillaridan biri —bu raqobatdir. Iqtisodiy adabiyotlarda raqobat kurashi bozor munosabatlari ishtirokchilarini harakatga keltiruvchi kuch deb yuritiladi. Bozorda raqobat qanchalik kuchli bo‘lsa, tovarlar va xizmatlar sifati yaxshi, narxlari esa shunchalik arzonlashib boradi.
Shuning uchun ham birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov “Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat — bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir” deb ko‘rsatib o‘tgan.
Demak, raqobat o‘z mohiyatiga ko‘ra, bozor iqtisodiyotining asosiy obyektiv qonunlaridan biri, bozor munosabatlari takomillashib borishining muhim sharti hisoblanadi. Raqobat har bir tovar ishlab chiqaruvchilar, turli xizmat ko‘rsatuvchilar hamda iste’molchilar o‘rtasidagi yaxshi foyda olish, bozorda, umuman, iqtisodiyotda o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun kurashdan iboratdir. Bu raqobat kurashining pirovard natijasi iste’molchilar uchun kurash va unda ishtirok etuvchilar o‘z manfaatlariga erishishlaridir. Bozorda qatnashayotgan har bir subyekt, ya’ni resurslar sotuvchi — resurslarini, xizmat ko‘rsatuvchilar — xizmatini, Tovar ishlab chiqaruvchilar — tovarlarini imkon boricha yuqori baholarda sotish uchun kurashadilar.
Firmalar, korxonalar, sotuvchilar, iste’molchilar — barchalari o‘zaro raqobat qiladilar. Bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlarda bu raqobat kurashi erkin va to‘liq namoyon bo‘ladi. Raqobat kurashi, hatto iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi, ular eng sifatli tovarlarni arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar.
Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlardan iborat. Raqobat to‘g‘risida mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan nashr etilgan adabiyotlarda turlicha ta’rif berilgan
Jumladan, A. O‘lmasovning «Iqtisodiyot asoslari» o‘quv qo‘llanmasida raqobatga shunday ta’rif berilgan: «Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z manfaatlarini to‘laroq yuzaga chiqarish, ya’ni yaxshiroq daromad topish, o‘z mavqeyini mustahkamlash, o‘z qobiliyatini namoyon etish va imij (ovoza-obro‘)ga ega bo‘lish uchun boshqalar bilan kurashishdir»1 deb yozadi.
Sh. Shodmonov, R. Alimov, Т. Jo‘rayev esa «Raqobat — bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi» deb yozadi
Do'stlaringiz bilan baham: |