3-rasm. Taklif egri chizig‘i
Aksariyat bozorlar uchun taklif egri chizig‘i o‘sib boruvchi xarakterga ega, chunki bozordagi narx qanchalik yuqori bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi firmalar mazkur tovarni ko‘proq ishlab chiqarish va sotishni istaydilar. Narxlarning yanada yuqorilab borishi firmalarga qo‘shimcha ishchi kuchi olish evaziga o‘z ishlab chiqarishlarini yanada kengaytirish va daromadlarini oshirishlariga turtki bo‘ladi.
Taklif xajmi va narxi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik taklif qonuni deyiladi.
Agarda biror-bir tovarga bo‘lgan narx o‘sib borsa va bunda boshqa parametrlar o‘zgarmas xolda qolsa, unda mazkur tovarga bo‘lgan taklif xajmi oshib boradi.
Taklif qonuni universal xarakterga ega emas, bozor sharoitida ayrim istisnolar ham bo‘lishi mumkin.
4-rasm. Taklif egri chizig‘ining o‘zgarishi
Taklif xajmining o‘zgarishi – ko‘rib o‘tilayotgan tovarning narxini o‘zgarishi va bozor kon’yunkturasining boshqa omilarining o‘zgarmagan holatida taklif egri chizig‘ining o‘zgarishi tushuniladi.
Taklifning o‘zgarishi – tahlil qilinayotgan tovarning narxini o‘zgarmas holatida yuqoridagiga qarama-qarshi, ya’ni, boshqa narxga bog‘liq bo‘lmagan omillarning o‘zgarishi tushuniladi.
Taklifning narxga bog‘liq bo‘lmagan omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ishlab chiqarish xarajatlari
Soliqqa tortish darajasi
Ishlab chiqrishning texnologik darajasi
Ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy kutishlari (istiqbollari)
Ishlab chiqaruvchilar soni
Raqobatchi tovarlarga bo‘lgan narxlar
Talab va taklif muvozanati
Bozor muvozanati – iqtisodiy subyektlarni qoniqtiradigan va unga xech qanday o‘zgartirish kiritishni talab etmaydigan bozor xolati.
Talab yoki taklifning narxga ta’sir ko‘rsatmaydigan omilari ta’siri natijasida muvozanatning birlamchi parametrlari o‘zgarishi va yangi darajaga chiqishi mumkin. Erkin sharoitida bozor mexanizmi muvozanat shakllangunga qadar narxlar o‘zgarishini ta’minlab turadi. Muvozanat nuqtasida tovarning defisiti ham ortiqchasi ham, narxlar tomonidan bosim ham bo‘lmaydi. Real bozor sharoitida talab va taklif doimiy ravishda bir-birini taqozo qilib kelmaydi, biroq muvozanatni ta’minlash tendensiyasi mavjud.
Defisit
Do'stlaringiz bilan baham: |