Tuxum va tuxum mahsulotlari; Parrandalarni mahsuldorligi


Tuxumlardan jo‘ja ochirish


Download 39.61 Kb.
bet5/6
Sana16.04.2023
Hajmi39.61 Kb.
#1359258
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
paranda

Tuxumlardan jo‘ja ochirish. Tuxumdan jo’ja ochib chiqishi uning tarkibidagi murtakning rivojlanishini ta‟minlashni taqozo etadi. Bu jarayon tabiiy sharoitda kurk mokiyon parrandalarning tuxumning embrion rivojlanishi davrida bosib yotishi bilan ta‟minlanadi. Hozir ham shaxsiy yordamchi xo’jaliklarda jo’jalar kurk tovuqlar yordamida ochiriladi. Bunday instinktga faqat mahalliy tovuqlar ega bo’lib, zotli tovuqlar bu odatdan mahrum, yoki seleksiya natijasida ushbu fe’l yo’qotilgan.
Sanoat parrandachiligida jo’jalar albatta inkubator yordamida ochiriladi, bu usul ma‟lum davrda, xohlagancha jo’ja olish imkonini beradi. Inkubatorlarda murtakning mo’tadil rivojlanish uchun zarur bo’lgan tabiiy rivojlanishga xos sharoitlar yaratilgan. Barcha rusumdagi inkubatorlarlarda xohlagan turdagi parrandalar tuxumidan jo’ja ochirish mumkin. Inkubatsiyaning muvaffaqiyati inkubatorlarning to’g’ri tayyorlanganligi va tuxum sifatiga bog’liq, hamda inkubatsiyalash davomida jarayonlarini andozalar asosida ta‟minlashdan iborat. Inkubatorga yangi tuxum qo’yilishdan oldin obdon tozalanadi va dezinfeksiya qilinadi. Tanlab olingan novaga teriladi va gaz bilan ishlanadi. Tuxumlar butun, toza bo’lishi va albatta otalangan bo’lishi kerak. Inkubatsiyalarning dastlabki davrida yuqori darajada isitish va namlikni saqlab kolish; o’rtasida o’rtacha isitish, past namlik va havo almashinuvi ko’paytirish; jo’ja chiqishdan oldan esa haroratni pastlatib, namlik va havo almashinuvi oshiriladi. Inkubatsiya tuxumlarini tanlashda parranda turi va zotiga mos o’rta kattalikdagi, to’g’ri shakldagi, shikastlanmagan, po’stlogi qattiqligi va tozaligi inobatga olinadi. Yangi tuqqan 1-2 kunlik, ba‟zi hollarda boqish va asrash sharoitlari me‟yordagi galalardan esa 3-4 kunlik otalangan tuxumlar ham inkubatsiyaga qo’yilishi mumkin. Barcha inkubatsiya tuxumlari ovoskopda tekshirib ko’riladi va to’liq otalangan tuxumlarni inkubatorga qo’yish kafolati beriladi. Qo„shimcha sarig’i bor, sarig’i ajralib ketgan, po’sti siniq, uzunchoq va dumaloq tuxumlar inkubatsiya uchun yaroqsiz hisoblanadi. Otalangan tuxumda mo’rtak budadi, ulardan jo’ja chiqishi me‟yor talablariga javob berishi kerak, yoki ushbu ko’rsatkich qo’yilgan tuxumga nisbatan ochib chiqqan jo’jalar foizi bilan belgilanadi. Tuxumlarni inkubatsiyalash jarayoniga qator omillar ta‟sir etadi. Inkubatsiya tuxumi olinayotgan erkak va urg’ochi parrandalarning qarindoshligi, tovuqlar yoshining 8 oylikdan kam bo’lishi, mokiyonlarning tullashi, ularning ratsionidagi oqsil, vitamin, makro va mikro elementlar bilan ta‟minlanish darajasiga bog’liq. Inkubatsiya tuxumlarini saqlash xonalarida harorat 8-12 ºS, nisbiy namlik 75-80% ni tashkil qilishi kerak. Tuxumlarni inkubatsiyalash davrida uning ichida harorat 37,4-37,5ºS va jo„ja ochib chiqish paytida esa 37,0-37,2ºS, nisbiy namlik inkubatorda 50-55%; jo’ja ochish shkafida esa 70-75% bo’lishi talab etiladi. Inkubatorda haroratning muntazam me‟yordan past bo’lishi jo’ja ochishni kechiktiradi, aksincha haroratning keskin oshib ketishi; 41ºS dan yuqori bo„lishi murtakning o’limiga sabab bo’ladi. Inkubatorlarda nisbiy namlikning me‟yordan past bo’lishi embrionning ko’p namlik yo’qotishiga sabab bo’lib o’limga olib keladi, agar namlik oshib ketsa tuxumdan namlik ko’tarilishi to’xtaydi, natijada tuxum po’chog’ining ustida mikroorganizmlar rivojlanib, tuxum ichiga kirib uning oqsilini buzadi. Inkubatorda me‟yordagi havo harakati inkubatsiyalashga ijobiy ta‟sir ko’rsatadi havo almashinuvi natijasida inkubator ichida 20,8% kislorod va 0,3% karbonat angidrid gazi nisbati ta‟minlanadi. Tuxumning tarnovlar yordamida inkubator ichida ag’darib turish ham tuxum sarig’i embrionini po’choqqa siqib qo’yishidan saqlaydi, aks holda po’choqqa yopishgan murtak ko’rib rivojlanishdan to’xtaydi. Inkubatorlarda tuxum issiq havo bilan isitiladi, davriy ravishda o’zgarib turadi. Inkubatsiyalashning 1-10 kunlarida tuxum yuzasidagi harorat 38,5-38,8ºS, 11-16 kunlari 37,5-38,6ºS, 17 nchi kundan 21 nchi kungacha 37-37,5 ºS dagi harorat ushlab turiladi. Inkubatsiyalash davomida havoning namligi dastlabki 5-6 kunda me‟yorda ekanligini tuxum vaznining 0,5-0,6 % kamayganligi bilan aniqlanadi. Inkubatsiyalash jarayonida uning me‟yorda kechayotganligini bilish uchun biologik nazorat o’rnatiladi. Unda embrionni rivojlanishi quyidagicha kechadi: ovoskop yordamida inkubatsiya tuxumlarini yoritib murtakning rivojlanishi baholanadi; tuxumlarning vaznini kamayishini tortib ko’rishi; dastlabki jo’ja ochib chiqish bilan uning oxirigicha bo’lgan vaqtni aniqlash; ochib chiqqan jo’jalarni soni va sifatini aniqlash, palagda tuxumlarning barchasini ochib ko’rib embrionni olish sabablarini aniqlash. Ovoskop yordami inkubatsiyalanayotgan tovuq tuxumlari 6 nchi, 11 nchi va 19 kunlari; kurka va sesarka tuxumlari 7,13 va 25 kunlari, g’oz tuxumlari 8,15, 28 kunlari tekshiriladi. Buning natijasida otalanmagan embrion nobud bo’lgan tuxumlar chiqarib tashlanadi. Tuxumlarning vazni birnecha marta tortib ko’riladi , unga qarab embrionda modda almashinuvi natijasida rivojlanishi vaznining kamayishi aniqlanadi. Tuxum vazni butun inkubatsiyalash jarayonida me‟yorda 11-13% ga kamayadi. Tortib ko’rish tovuqlarda inkubatsiyalashning 6 nchi, 12 nchi va 18 nchi, boshqa parrandalarda esa 24-inchi kunlari ham o’tkaziladi.
Inkubatsiya davri tovuqlarda 21 kun, o’rdak va kurkalarda 28 kun, g’ozlarda 30-31 kun, bedonalarda esa 17-18 kunni tashkil qiladi. Tovuqlarda tuxumdan jo’jalar chiqishi 1 kunda, boshqa qishloq xo’jalik parrandalarida esa 2 kungacha davom etadi. Tuxumlardan jo’ja chiqish me‟yorda tovuq tuxumlarida 85%, o’rdak tuxumlaridan 80% tashkil etib, o’rdak , g’ozlarda bu ko’rsatkich pastroq bo’ladi. Jo’jalarning sog’lomligi harakatchanligi, ko’zining tiniqligi, tumshuq va oyoqlarining rangidan, parlarining yaltirikligiga qarab aniqlanadi. Jo’jalar tuxumdan chiqib bo’lgandan keyin asl jo’jalar o’stirishga o’tkazilib, nuqsonli jo’jalarda go’sht-suyak uni tayyorlanadi.

Download 39.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling