Tuxum va tuxum mahsulotlari; Parrandalarni mahsuldorligi


Qishloq xo‘jalik parrandalari jo‘jalarini o‘stirish


Download 39.61 Kb.
bet6/6
Sana16.04.2023
Hajmi39.61 Kb.
#1359258
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
paranda

Qishloq xo‘jalik parrandalari jo‘jalarini o‘stirish. Inkubatorda ochirilib tanlab o’stirishga qoldirilgan jo’jalar 10-12 soat ichida o’stirish sexiga o’tkazaladi. Jo’jalarni o’stirishda to’liq zooveterinariya talablariga to’liq rioya qilish kerak. Inkubatorlardan chiqqan jo’jalar maxsus qutilarda jo’jaxonaga o’tkaziladi. Har bir quti 4 bo’lak bo’ladi, bir qutiga 25 ta tovuq jo’jasi va o’rdak jo’jalaridan 20 ta, g’oz jo’jasidan 10 boshdan joylashtiriladi. Quti ichida havo harorati 18-20 ºS, havoning nisbiy namligi 60-65% bo’lishi ta‟minlanadi. Jo’ja o’stirish sexlari binolari obdan tozalanib, dezinfeksiya qilinib, 5-6 kun shamollatib qo’yiladi. Binolarda albatta bir yoshdagi parrandalar saqlanish kerak, har xil yoshdagi parrandalar saqlansa ular uchun me‟yor darajasidagi issikliq va namlik ko’rsatkichlarini ta‟minlab bo’lmaydi, bu esa jo’jalarning o’sish va rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko’rsatadi. Ayniqsa o’stirishning dastlabki kunlari haroratning baland bo’lishi talab etiladi, aks holda jo’jalar shamollashi, kasallanishi, bir joyga to’p bo’lib bir-birlarini bosib o’ldirib qo’yishlari mumkin. Jo’jalarni o’stirish xonalarida birinchi un kunlikda tovuq, kurka jo’jalari uchun 32-25ºS, o’rdak va g’oz jo’jalari uchun 28-21ºS , ikkinchi un kunlikda tovuq va kurka jo’jalari uchun 24-22ºS, o’rdak va g’oz jo’jalari uchun 20-16ºS va 21 nchi kundan 40 kunlikgacha tovuq va kurka jo’jalari 21-16ºS, o’rdak va g’oz jo’jalari uchun 16ºS harorat talab etidadi. Jo’jaxonalarda harorat bilan mo’tadil namlik ham talab qilinadi, kurka va tovuq jo’jalari ustirilgan xonalarda 60-70%, o’rdak va g’oz jo’jalari o’stirilgan xonalarda 65-75% bo„lishi kerak, jo’jalar saqlash balandligida xonalarga psixrometr va havo tezligini o’lchaydigan asboblar o’rnatiladi. Ayniqsa jo’jaxonalarda zararli gazlar nisbatiga alohida e’tibor beriladi, ularning havo tarkibida ko’payib ketishi jo’jalarning o’sish ko’rsatkichlari va salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jo’jaxona havosini har bir litrida ammiak 0,01mg, vodorod sulfid 0,003 mg, hamda karbonat angidrid gazi 0,15% dan oshmasligi kerak.
Jo’jalarni o’stirishda yorug’lik alohida ahamiyat kasb etadi. Sanoat parrandachiligida faqat su’niy yoruglikdan foydalaniladi, fermer xo„jaliklarida esa tabiiy yorug’likdan foydalanish iqtisodiy samara beradi. Jo’jalarni o’stirishning 1 haftasida 24 soat yorug’lik berilib, keyin har hafta 30-40 minutga kamaytirib boriladi, mokiyonchalar tuxumga kirish davrida ushbu raqam sutkasiga 8 soatni tashkil qiladi. Tuxumlash davri boshlanishi bilan yorug’lik muddati o’zaytirilib 14 soatgacha yetkaziladi, ushbu ko’rsatkich suvda suzuvchi parrandalarda 15 soatgacha yetkaziladi. Jo’jalarni o’stirishda ultrabinafsha nurlaridan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Buning uchun maxsus simob-kvarsli yoki eritem lyuminisent chirqlaridan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Buning uchun maxsus simob-kvarsli yoki eritem lyuminisent chiroqlaridan foydalanish mumkin. Tushamalarning namlanishiga y’l qo’ymaslik kerak, u jo’jaxona havosi tarkibida namlikning ortishi va kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlarni ko„payishiga sabab bo’ladi. Nam, iflos tushumalar vaqti - vaqti bilan almashtirib turiladi. Jo’jalarni qalin to’shamalar ustida o’stirishda bruderlar – isitkichlardan foydalanish juda qulay. Har bir bruder tagida 500-600 bosh jo’ja boqilib ular uchun yetarli harorat yaratib beriladi.
O’stirishning birinchi kunidan boshlab jo’jalar yengil hazm bo’ladigan oziqlar bilan oziqlantiriladi. Omixta yem tarkibi: makkajo’xori doni – 50%, bug’doy 16%, arpa 8%, soya shroti 16%, quritilgan yog’sizlantirilgan sut 12%. Donlar maydalanib, aralashtirib yediriladi. Jo’jalar quro’q oziqalar bilan oziqlantirilganda uni donador qilib yedirish yaxshi natijalar beradi. Donador oziqalar o’lchami 1 oyda 3mm, ikkinchi oydan boshlab 4 mm qilib yedirilsa bo’ladi. Jo’jalar dastlabki oyda har 2 soatda, keyingi oylarda esa 3 soatda oziqlantiriladi. Iloji boricha jo’jalarni mahalliy don va qo’shimchalar evaziga ratsionning to’laqiymatliligini ta‟minlash zarur. Nasldor parrandalarni 3 oyligidan oziqlantirish biroz chegaralaniladi,yoki ularning muddatidan oldin jinsiy yetilishi oldi olinadi, o’rtacha 85 gr omixta yem beriladi, 6 oyligiga kelib ratsionda asta-sekin oziqalar ko’paytirilib 155 gr ga yetkaziladi. Jo’jalar jo’ja o’stirish sexida 130-140 kunlikkacha o’stiriladi. Tovuqlar kataklarda saqlanadigan bo„lsa, jo’jalarni ham kataklarda o’stirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jo’jalar dastlab isitiladigan KBE-1 va KBM qafasli batareyalarda saqlanib uning katagi 0,37 m² maydonga ega bo’lib, unga 22 va 28 jo’ja o’tqaziladi. Bu kataklarda oziqa tarqatish, axlatni yig’ishtirish to’liq mexanizatsiyalashgan. 61-140 kunligida KBA, BK-5, BK-3 qafasli batareyalarida har katakda 8-9 jo„ja saqlanadi. Jo’jalarni o’stirish mobaynida 2-3 marta ko’chirish ularning o’sish va rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko’rsatadi. Shuning uchun hozir sanoatda parrandachilik korxonalarida KBU batareyalarida 1 kunlikda 140 kunlikkacha bir katakda o’stirish yaxshi natijalarni beradi. KBU-3 batareyasida 1 katak maydoni 0,63 m². bu batareyalarda hamma ishlar mexanizatsiyalashgan. Unda jo’jalar dastlab 3 nchi qavat kataklarga qo’yiladi, keyin esa 2-1 qavatlarga ko’chiriladi. Polda jo’jalar 30 kungacha o’stirish davomida bruder tagida harorat 35ºS dan 22ºS gacha pasaytiriladi, nisbiy namlik esa 60-70% ni tashkil qiladi. Barcha yoshlarda reja asosida emlashlar o’tkaziladi. Jo’jalar saqlanuvchanligi qafaslarda yoki yerda o’stirilganda 30 kunlikkacha 95-97% 31-60% kunlikda 96-99% va 60-140 kunligida 98-99% bo’lishi kerak. Zootexnikaviy puchaklash 60 yoki 140 kunligida o’tkaziladi va 15-20% ni tashkil etadi. Broyler jo’jalar asosan yirik parrandachilik sanoat korxonalarida o’stirilib ,to’laqiymatli yaxshi hazm bo’ladigan maxsus tarkibdagi omixta yemlar bilan boqiladi.Ular 2-2,5 oyligida 1500-2000g tirik vaznga ega bo’lishi ta‟minlanadi . Ularning 1kg vazn oshishiga 3kg yem sarflanadi.Broylerlar sanoat korxonalari, fermer xo’jaliklari va shaxsiy yordamchi xo’jaliklarda qalin tushamalarda o’stiriladi. O‟rdak va g’oz jo’jalari yirik ixtisoslashgan xo’jaliklarda chegaralangan parrandaxonalarda jadal o’stirib go’shtga topshiriladi.
Unda jo’jalar 10 kun issiq kataklarda o’stirilib ,keyin qalin tushamali parrandaxonalarga o’tkaziladi.Bu davrga kelib jo’jalar vazni 200g dan ko’proq bo’lib ,isitish asosiy mezon bo’lib hisoblanmaydi. Go’sht uchun o’rdak jo’jalari bir oydan keyin bo’rdoqilash xonalariga joylashtirilib, 25 kun bo’rdoqilanib vazni 2,0-2,5kg bo’lganida go’shtga topshiriladi. O‟rdak va g’oz jo’jalarini katakli batareya yoki yerda boqqanda ularni boshdan oxirigacha bir joyda boqib bo’rdoqilagan ma’qul. Kurka jo’jalari uch haftagacha tovuq jo’jalari singari qalin to’shamalar yoki simli kataklarda saqlanadi .Keyin taxta polli yoki qalin to’shamali binolarda boqiladi.Ularni to’laqiymatli yemlar bilan ta’minlash yaxshi natijalar beradi.Fermer va shaxsiy yordamchi xo’jaliklarda ularni yozgi lagerlarda,yaylovlardan foydalangan holda o’stirish samarali hisoblanadi.
Download 39.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling