5. ISHLAB CHIQARISH REJASI
5.1. Ishlab chiqarish hajmining hisobi
Boshlang’ich ma’lumotlar:
Loyiha quvvati – 100 bosh tuyaqushni boqish va ulardan tayyor va yarim tayyor mahsulot yetkazish.
Tayyor va yarim tayyor mahsulotlar: parranda go’shti, momiq patlar va ikkilamchi mahsulotlar.
Ishlab chiqarish bosqichining birinchi bosqichi 4 oy (boshlang’ich bosqich), ikkinchi bosqichi 4 oy (o’smirlik bosqichi), uchinchi davr 3-4 oy (boquv bosqichi)
Ishlab chiqarish jarayoni davomida quyidagi tayyor va yarim tayyor mahsulotlar olinadi:
Parranda go’shti har bir bosh tuyaqushdan 70 kg. dan, loyiha vaqtida 7000 kg;
Momiq pat har bir bosh tuyaqushdan 0,2 kg. dan, loyiha vaqtida 14 kg;
Parranda tirnoqlari har bir bosh parrandadan 0,3 kg. dan, loyiha vaqtida 21 kg;
Tuxum har bir boshdan 150 dona, shartli ravishda 50 bosh tuyaqushdan 7500 dona;
Boshqa mahsulotlar har bir bosh parrandadan 7 kg dan, loyiha vaqtida 490 kg.
Mazkur holatlar hisoblanganida 4.1 jadvalga qaralsin yalpi daromad 263054.0 ming so’mni tashkil qiladi. Undan 2% miqdorida yagona soliq to’lovi to’langanida davlat byudjetiga to’lanadigan soliq to’lovi 5261,08 ming so’mni, xo’jalik sub’yektining daromadi 257792.92 ming so’mga teng bo’ladi.
5.2. XARAJATLARNING HISOBI
1. Material Xarajatlari
Tuyaqush jo’jalarining bahosi:
Har bir dona tuyaqush jo’jasining bahosi 1600.0 ming so’m.
Loyiha quvvatidagi tuyaqush jo’jasi 100 dona jami 100*1600.0 ming so’m = 160000.0 ming so’m
Loyiha vaqti davomidagi maxsus yem uchun xarajatlar:
Ushbu biznes rejaning 4.2 bandi malumotlaridan kelib chiqqan holda 77000 kg maxsus yem chetdan, 15000 kg yem-xashak mahsulotlari esa xo’jalikning o’zidan taminlanadi va ularga 130500.0 ming so’m mablag’ sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |