Tuyaqush go’shti, momiq pati va boshqa yarim tayyor mahsulotlar yetishtirish bo’yicha
-Jadval Investision loyihaning ob’yekti va uning yo’nalishlari
Download 352.25 Kb.
|
1 WORD 2016 Туяқуш гўшти, момиқ пати ва бошқа ярим тайёр маҳсулотлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo’jalik mablag’i Kredit resurslari
- Jami investisiya: 283,6 360.0 643,6
- 3.2-jadval Investision loyihani amalga oshirish grafigi
- Tadbirlarning nomi Investisiya muddatlari 1-bosqich
- 4. MAHSULOTNING BOZOR SHAROITIDAGI TAHLILI 4.1. Bozor sharoitida tayyor mahsulotlarga talabning tahlili
- 4.1-jadval (ichki bozorda sotilganida)
3.1-Jadval
Investision loyihaning ob’yekti va uning yo’nalishlari
Mazkur obektlarning investision qiymati 643.6 mln. So’mni tashkil etib, ularning 283.6 mln. So’mi xo’jalik mablag’iga, qolgan 360 mln. So’mi esa kredit resurslari asosida tashkil etiladi. Parrandachilik kompleksining quvvati – 100 bosh tuyaqushni boqishga va ulardan parxezbop go’sht va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Ishlab chiqarish jarayoni 11-12 oyga rejalashtirilgan bo’lib, undan so’ng parranda go’shti, momiq pat va boshqa yarim tayyor mahsulotlar olinadi. Ushbu jarayonda amalga oshiriladigan dolzarb texnik va texnologik jarayonlar ro’yxati 3.2 jadvalda keltirib o’tilgan (3.2-jadvalga karalsin). 3.2-jadval Investision loyihani amalga oshirish grafigi
Yuqorida keltirilgan jadvalda qayd etilganidek birinchi bosqichda asosiy mablag’ tuyaqush jo’jalarini, unga kerak bo’ladigan yem-xashaklar sotib olish va zarur bino qurilishlari hamda binolarni qayta qurishga, so’ng mashina va mexanizmlarning sotib olinishiga sarf qilinishi rejalashtirilgan bo’lib, keyingi bosqichda asosiy fondlarning qayta qurish va jixozlash ishlari hamda sotib olish ishlari davom etadi. Navbatdagi bosqichda, yem-xashak ta’minoti davom etadi va ta’minotchilar, ish bajaruvchilar va xizmat ko’rsatuvchilar bilan hisob-kitob ishlari to’liq yakunlanadi va parxezbop parranda go’shtlarining hamda yarim tayyor mahsulotlarning sotilishi rejalashtirilgan (3.2-jadvalga qaralsin). Investision loyihaning ikkinchi va uchinchi bosqichidagi ishlab chiqarish jarayonlarida amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarning bir qismi xo’jalikning mablag’i hisobidan amalga oishiriladi (3.2-jadvalga qaralsin). 4. MAHSULOTNING BOZOR SHAROITIDAGI TAHLILI 4.1. Bozor sharoitida tayyor mahsulotlarga talabning tahlili «___________________» masuliyati cheklangan jamiyati chorvachilik va dexqonchilik yo’nalishiga asoslanganligini hisobga olib, uning ishlab chiqarayotgan go’sht va go’sht mahsulotlarini hamda sut va sut mahsulotlarini shuningdek, dexqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda bozor sharoitidagi iqtisodiy sigmentlarni va uning ijobiy va salbiy tasir etuvchi omillarini to’liq o’rganib chiqqanligi, uning atrofida parranda go’shtiga keng talab bo’lgan Toshkent shaxri va Yangiyo’l shaharchalari joylashganligi, unda yashayotgan aholining ko’pchiligi o’rta daromad manbaiga ega ekanligi, ushbu holatdan kelib chiqqan holda parranda go’shtlariga talab yuqoriligini hamda unda mineral komponentlar va mikroelementlarga boy bo’lganligi hisobga olinganida mazkur yo’nalishni rivojlantirish maqsadga muvofiq sanaladi. Tuyaqush go’shti va undan chiqadigan yarim tayyor mahsulotlarga nafaqat ichki bozorda balki, chet el davlatida xususan Birlashgan Arab Amirligida va Turkiya Respublikasida talab yuqoriligi va ushbu hududlarda joylashgan xo’jalik subektlari sotib olish uchun tayyorligi va ular bilan ikki tomonlama shartnomalar imzolash bosqichidaligi hisobga olinib, xo’jalikda parrandachilikni rivojlantirishga asos bo’ladi. Xo’jalikning 2022 yilgi prognoz ko’rsatkichlari bo’yicha 1 dona tuyaqushning o’rtacha og’irligi 70 kg bo’lsa, 1 kg parranda go’sht mahsulotlarini o’zimizda 32,0 ming so’mdan, 1 dona tuxumini esa 5,0 ming. So’mdan, momiq pati 1 kg 32,0 ming so’mdan, 1 kg tirnoǵi 6,0 ming so’mdan va boshqa mahsulotlari 2,0 ming. So’mdan sotilganida quyida keltirilgan daromad manbai shakllanadi. 4.1-jadval (ichki bozorda sotilganida)
Download 352.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling