Tuzlar gidrolizi
Javob: 0,1664 mol ionlar Masala – 2
Download 31.3 Kb.
|
Tuzlar gidrolizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob
Javob: 0,1664 mol ionlar
Masala – 2. 200 ml 3M li temir(II)-xlorid eritmasining dissotsiyala-nish darajasi 80%. Eritmadagi Fe+2 ionlari massasini (g) aniqlang. (gidrolizlanish darajasi 4%). Yechish: Avvalgi savoldan farqli ravishda ushbu savolda dissotsiyalanish darajasi ham bor. 1) Tuzning miqdorini aniqlaymiz: n = C ∙ V = 3M ∙ 0,2 litr = 0,6 mol FeCl2 2) Tuzning ionlarga ajralgan qismini (80%) aniqlaymiz. 0,6 mol tuz → 100% x mol tuz → 80% x = 0,48 mol FeCl2 ionlarga ajralgan 3) Tuzning dissotsilanishidan hosil bo’lgan temir ionlari miqdorini aniqlaymiz: FeCl2 → Fe+2+ 2Cl- 0,48 mol 0,48 mol 4) Temir kationlarining 4% i suv molekulalari bilan tasirlashadi, demak 96% qismi ion ko’rinishida eritmada qoladi: 0,48 mol Fe+2 → 100% x mol Al+3 → 96% x = 0,4608 mol Fe+2 ionlari eritmada mavjud. 5) Masala shartida kationning massasi so’ralgan: m = 0,4608 ∙ 56 = 25,8 g Fe+2 Javob: 25,8 g Fe+2 Testlar. 1. Gidrolizga uchramaydigan kimyoviy birikmalarni aniqlang. A) tuzlar B) uglevodlar C) efirlar D) asoslar 2. Gidrolizga uchramaydigan tuzlarni aniqlang? 1) osh tuzi 2) kaliy sulfid 3) kaliy nitrit 4) kaliy xlorat 5) natriy atsetat A) 2,3,5 B) 2 va 3 C) 1 va 4 D) 2,3,4 3. Qaysi tuzlar faqat kationi hisobiga gidrolizga uchraydi? 1. KCN 2. NaF 3.KClO4 4. CuSO4 5. ZnCl2 6.FeCl2 7. KNO2 A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 1,2,7 D) 4,5,6 4. Gidrolizga to`liq uchraymaydigan tuzni ko`rsating. 1) aluminiy xlorit 2) aluminiy sulfit 3) aluminiy sulfat 4) aluminiy fosfat 5) aluminiy silikat 6) aluminiy nitrat A) 1, 6 B) 2, 3 C) 4, 5 D) 3, 6 5. Na3PO4 gidrolizlanganda(birinchi bosqich) qanday ion hosil bo’lmaydi? A) HPO4-2 B) H+ C) Na+ D) OH- 6. Kuchliasosbilankuchsizkislotadan hosilbo`lgantuzgidrolizgauchraganda, gidrolizda qaysiion qatnashadivamuhit qandaybo`ladi? A) tuzning kationi; ishqoriy B)tuzninganioni;muhit kislotali C) tuzninganioni;muhitishqoriy D)tuzningkationi;muhitkislotali 7. Qaysi vositalar Na2S tuzi gidrolizini oshiradi ? 1) suv qo`shish 2) Na2S qo`shish 3) temperaturani oshirish 4) temperaturani kamaytirish 5) ishqor qoshish 6) kislota qo`shish A) 2, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 4, 5 D) 1, 3, 6 8. Ko`p kislotali kuchsiz asosdan va kuchli kislotadan hosil bo`lgan o`rta tuz gidrolizga uchraganda, qanday tuz hosil bo`ladi va muhit qanday bo`ladi? A) asosli tuz; muhit ishqoriy B) nordon tuz; muhit kislotali C) asosli tuz; muhit kislotali D) nordon tuz; muhit ishqoriy 9. Quyidagi birikmalarning qaysi biri qaytmas gidrolizga uchraydi? A) FeCl3 B) NH4Cl C) Al2S3 D) Ni(ClO3)2 10. Quyidagi tuzlardan qaysilari ham kation, ham anion bo’yicha gidrolizga uchraydi? A) K2CO3, KCN, K2SO3 B) CaCO3, CaSO3, Ca(CH3COO)2 C) ZnCl2, Zn(NO3)2, ZnSO4 D) NH4F, (NH4)2SO3, CH3COONH4 11. Quyidagi kislotalardan qaysilarining ishqorlar bilan hosil qilgan tuzlari gidrolizga uchraydi? 1) sulfit kislota 2) xlorid kislota 3) nitrat kislota 4) sulfat kislota 5) nitrit kislota 6) sirka kislota A) 2, 4, 6 B) 2, 3, 5 C) 1, 5, 6 D) 1, 3, 6 12. Qaysi tuzning gidrolizi kuchliroq? A) ZnCl2 B) Fe(NO3)2 C) CuSO4 D) AlBr3 “Abituriyent”gazetasi – Mo’ydinov O. Download 31.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling