Tuzlar gidrolizi


Download 31.3 Kb.
bet1/5
Sana13.03.2023
Hajmi31.3 Kb.
#1265762
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tuzlar gidrolizi



TUZLAR GIDROLIZI.


Gidroliz – lotin tilidan tarjima qilinsa “gidro” - suv “lizis” – parchalash, ya’ni “suv yordamida parchalash” ma’nosini berib, fan tili bilan aytganda moddalarning suv bilan reaksiyasi natijasida suvda kam eriydigan yoki kam dissotsilanadigan moddalar hosil bo’lish hodisasidir. Demak, gidroliz jarayonida doimo suv qatnashadi va odatda katta molekulalar kichik bo’laklarga parchalanishi bilan kechadi. Gidroliz g’oyat muhim kimyoviy jarayonlardan hisoblanadi. Masalan: ovqat pishirish va uning oshqozon-ichak traktida hazm qilish – bu gidroliz reaksiyasidir. Gidrolizlanadigan moddalarni biz shartli ravishda organik va noorganik moddalarga ajratamiz

Quyidagi gidroliz reaksiyalarini har bir abituriyent bilishi kerak:




Anorganik moddalar gidrolizi:

1) Aktiv metall gidridlari gidrolizida shu metall gidroksidi va vodorod gazi hosil bo’ladi;


LiH + H2O → LiOH + H2
2) Metallarning metallmasli birikmalarining suv bilan ta’sirlashidan metallning gidroksidi metallmasning esa gidiridi hosil bo’ladi;
Ca3P2 + 6H2O → 3Ca(OH)2 + 2PH3
3) Metallmas galogenidlari gidrolizidan metallmasning oksidlanish darajasiga mos kislorodli kislota va vodorod galogenid hosil bo’ladi;
PCl5 + 4H2O → H3PO4 + 5HCl
4) Tuzlar (bugungi mavzumizning asosi) gidrolizidan esa asos va kislotalar hosil bo’ladi;
Al2S3 + 6H2O → 2Al(OH)3 + 3H2S
5) Xususiy holatlarda xatto metallmaslar va kislotalarda ham ;
Cl2 + H2O → HCl + HClO
HCN + 2H2O → HCOOH + NH3
Bular ham gidroliz ekanligiga sabab xlor atomlari va uglerod-azot o’rtasidagi bog’ suv molekulasi ta’sirida uzilmoqda.



Download 31.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling