Tuzlar gidrolizi


Gidrolizdagi xususiy holatlar


Download 31.3 Kb.
bet3/5
Sana13.03.2023
Hajmi31.3 Kb.
#1265762
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tuzlar gidrolizi

Gidrolizdagi xususiy holatlar.

1) Suvda yomon eriydigan tuzlar gidrolizga uchramaydi. Masalan; kalsiy karbonat, bariy sulfat… Chunki suv molekulalari bilan ta’sirlashadigan ionlar hosil bo’lmaydi.


2) Ag+va Tl+ ionlari suv molekullari bilan ta’sirlashmaydi. Demak, bu ionlarning kuchli kislotalar bilan hosil qilgan tuzlari gidrolizga uchramaydi. Masalan; kumush nitrat, talliy(I) xlorid …
3) Ko’p asosli kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz gidrolizi bosqichli boradi va albatta birinchi bosqich jarayonning asosini tashkil etadi. Bunda nordon tuz hosil bo’ladi va muhit erkin gidroksid ionlari sababli ishqoriy bo’ladi.
Na2CO3 + H2O ↔ NaHCO3 + Na+ + OH-
4) Ko’p kislotali kuchsiz asos va kuchli kislota hosil qilgan tuz gidro-lizi ham bosqichli boradi va uning birinchi bosqichida asosli tuz hosil bo’ladi va muhit erkin vodorod kationlari sababli kislotali bo’ladi.
AlCl3 + H2O ↔ AlOHCl2 + H+ + Cl-

Gidroliz jarayoni yaxshi kechishi uchun tuz iloji boricha kuchsizroq asos va kislotadan tuzilgan bo’lishi kerak. Tuz komponentlari qancha kuchsiz bo’lsa, tuz shuncha yaxshi gidroliz bo’ladi.


Masalan;BeCl2ham, MgCl2 ham kationi hisobiga gidrolizga uchraydi.Ulardan berilliy xlorid kuchliroq uchraydi. Chunki unga tegishli bo’lgan Be(OH)2 magniy gidroksiddan ko’ra kuchsizroq.
Boshqacha qilib aytganda Be+2 kationi magniy kationidan ko’ra suv bilan yaxshiroq ta’sirlashib, gidroksid ionlarini o’ziga bog’lab oladi.
Asoslarning kuchli yoki kuchsizligi haqida davriy qonuniyatga ko’-ra fikr yuritish mumkin.Lekin kislotalar to’g’risida biroz muammoga duch kelish mumkin.Shuning uchun bir xil kationli turli tuzlar gidro-lizidan savol so’ralganda, albatta kislota kuchini ko’rsatuvchi dissot-siyalanish konstantalari ham berib ketiladi.Sizga ma’lumki, dissotsi-yalanish konstantasi qanchalik kichik bo’lsa, kislota ham shuncha kuchsiz bo’ladi.Demak, dissotsilanish konstantasi qancha kichik bo’lsa, tuz shuncha yaxshi gidrolizlanadi.Ya’ni, kislota qoldig’ining suv bilan ta’sirlashib vodorod kationini o’ziga bog’lab olishi shunchalik oson bo’ladi.



Download 31.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling