Tuzlarning erish issiqliklarini aniqlash
Download 98.84 Kb.
|
1 2
Bog'liqTuzlarning erish issiqliklarini aniqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning hisoboti.
- Nazorat savollari
Qeish = -35,62*103 j/mol = -8,52 kkal/mol .
Ishning borishi. Tajriba. Tuzning gitratlanish issiqligini aniqlash uchun 1 mol suvsiz tuz va uning kristallgidratining erish issiqligini aniqlash lozim. Ularni topish uchun aniq tuz massasining erishidagi temperatura o’zgarishi aniqlanadi. Erish issiqligini topishda (2-formula) kalorimetr doimiysi ishlatilganligi tufayli suv miqdori barcha tajribalarda kalorimetr doimiysini aniqlagandek massada, ya’ni 300 g olinishi kerak. Taxminan 8 g maydalangan mis kuporosi o’lchab olinadi va uni probirkaga joylashtiriladi. Olingan tortimda qancha suvsiz tuz a (g) va suv b bo’lishi hisoblab topiladi. Oldindan o’lchangan stakanga 300 g suv quyiladi va yana 0,1 g gacha aniqlikda o’lchanadi. Mis kuporosining erishi issiqlik yutilishi bilan borganligi uchun Bekman termometridagi simob ustunini shkalaning yuqori qismiga moslanadi. Tuzli probirka idish qopqog’iga o’rnatiladi. Dastlabki, asosiy va so’nggi bosqichdagi temperatura o’zgarishi aniqlanadi hamda grafikdan tuz erishida kuzatilgan temperatura o’zgarishi topiladi. Kukun holidagi 9-10 g mis kuporosi chinni tigelda suvsiz oq kukun hosil bo’lguncha aralashtirib turgan holda qizdiriladi. Olingan oq kukun darhol probirkaga solinadi va rezina tiqin bilan mahkamlanadi. Sovutilgandan so’ng a (g) ga teng bo’lgan suvsiz tuz tortib olinadi va yuqorida ko’rsatilganidek 300 g suvda uning erishidagi temperatura o’zgarishi aniqlanadi. Mis(II) sulfat erishida issiqlik ajralishini inobatga olib, Bekman termometridagi simob ustuni shkalaning pastki qismiga sozlanadi. Topilgan kalorimetr doimiysi K dan va tajriba natijalaridan suvsiz tuz va uning kristallgidratining erish issiqligi quyidagi formula bo’yicha hisoblab topiladi: (4) Suvsiz tuzdan kristallgidrat hosil bo’lish issiqligi – Q (1) tenglama bo’yicha topiladi: Q = Qsuvsiz tuz – Qkristallgidrat Ishning hisoboti. 1. Kalorimetr sxemasining chizmasini chizish. 2. Vaqt oralig’idagi temperatura o’zgarishining grafigini tuzish. 3. Kalorimetr doimiysi va tuzning erish haroratini hisoblash. 4. Suvsiz tuzdan kristallgidrat hosil bo’lish issiqligini hisoblab topish. O’lchov natijalarni qayd qilish shakli
Nazorat savollari Termokimyoning asosiy qonunining fizik mohiyati nimadan iborat? Qanday holatlarda issiqlik effektlarini hisoblash uchun termokimyoning asosiy qonuni ishlatiladi? Tuz erishida qanday jarayonlar boradi? Moddaning erish issiqligi deb nimaga aytiladi? Erish issiqligini kalorimetrik usul bilan o’lchashning mohiyati nimada? Download 98.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling