Tuzli qalʼa, qoʻrgʻon
Download 0.52 Mb.
|
Maktab to\'garak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
I tur 1. Avstriyaning gʻarbiy qismida joylashgan bu shahar nomi nemischadan tarjima qilinganda, “tuzli qalʼa, qoʻrgʻon” degan maʼnoni anglatadi. Bu shahardan koʻplab musiqa sanʼati namoyondalari yetishib chiqqan. Ular orasidagi 1756-1791-yillarda yashab oʻtgan bir mashhur kompozitor ham aynan ushbu shaharda dunyoga kelgan va oʻz sanʼati bilan butun dunyoga mashhur boʻlgan. Savol: Ushbu shaharni yozib bering. Javob: Zalsburg. Izoh: Bu inson Volfgang Amadey Motsart edi. U Avstriyaning qadimiy goʻzal shaharchasi Zalsburgda dunyoga kelgan. Manba: 1) https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%97%D0%B0%D0%BB%D1%8C%D1%86%D0%B1%D1%83%D1%80%D0%B3 2) 8-sinf Jahon tarixi, Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent-2019, 63-bet. 2. Norvegiyada Uni kyorllalfa ya’ni “jingalak alfa” deb atashadi. Savol: Biz Uni qanday ataymiz? Javob: Kuchukcha Izoh: Norvegiyaliklar kuchukcha (@) belgisini jingalak alfa harfiga o‘xshatib nomlagan. 3. O‘simlik yoki boshqa hayvon tanasida yashaydigan va ularning hisobiga oziqlanadigan hayvonlar ALFA deb ataladi. 2019-yilda suratga olingan ALFA nomli kinofilm esa 2020-yilda “Eng yaxshi kinofilm” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan. Savol: ALFAni yozib bering? Javob: Parazitlar 4. Bu soʻzdan koʻplab fanlarda, jumladan, geometriya, fizika, geografiya va yana bir qancha sohalarda foydalaniladi. Bu soʻzning grekchadan “qadam, daraja” degan maʼnoni anglatadi. Savol: Bu qaysi soʻz? Javob: Gradus. 5. Jahonda bu transport turi ilk bor 1888-yilda Londonda harakatlana boshladi. Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida esa 1901-yili yetib kelgan. Samarqandda esa 1947-1973-yillarda faoliyat yuritgan va 2017-yilda bu transport turi qayta tiklangan. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling