toliqmoq)
31. - ir qo'shimchasi :
1)ravish, taqlid, otdan fe'l
yasaydi
(gapir, tupir, shopir, ko'pir)
2)fe'lning orttirma nisbat shakli (ichir,
pishir, qochir)
32. - ish qo'shimchasi :
1) fe'lning harakat nomi (yozish)
2) sifatning ozaytirma darajasi (oqish,
sarg'ish)
3)fe'lda harakat-holatning kuchsizligi
(to'lishmoq)
4) fe'lning birgalik nisbat shakli
(borishmoq)
33. - ing qo'shimchasi :
1) egalik (kitobing)
2) shaxs-son (boring)
34. - ingiz qo'shimchasi
1) II shaxs ko'plikdagi egalik shakli
(kitobingiz)
2) II shaxs ko'plikdagi shaxs-son
(olingiz, kelingiz)
35. - k qo'shimchasi :
1)fe'ldan ot yasaydi (elak, tirgak, bezak,
tilak, kurak, to'shak)
2)fe'ldan sifat yasaydi (chirik, o'ksik)
3) I shaxs ko'plikdagi shaxs-sonni
ifodalaydi (bordik)
36. - ka qo'shimchasi :
1) jo'nalish kelishigining fonetik
o'zgarishga uchragan shakli (sirkka,
parkka)
2) ot yasaydi (tilka)
3) otning lug'aviy shakli (yo'lka)
4)otdan fe'l yasaydi (iska)
5)fe'llardan harakatning kuchliligini
ko'rsatadi (surka)
Do'stlaringiz bilan baham: