TILSHUNOSLIK BO‟LIMLARI
Til tarixi
Tilning hozirgi kunga qadar bosib o’tgan yo’lini, tarixiy ildizlarini,
taraqqiyotini
o’rganuvchi bo’lim.
Fonetika
Og’zaki nutqning tovushlar tizimini o’rganadi.
Grafika
Yozma nutqning harflari tizimini o’rganadi.
Orfografiya
So’zlarni adabiy me’yorlarga mos holda to’g’ri yozilishini, imlo qoidalarini o’rganuvchi
bo’lim. (“Orfo” – “to’g’ri”, “grapho” – “chizmoq”).
Orfoepiya
To’g’ri talaffuz qilish me’yorlarini o’rganuvchi bo’lim. (“Orfo” – “to’g’ri”, “epos” –
“talaffuz”).
Leksikologiya
So’zlarning atash(lug’aviy) ma’nosini, so’zlarning shakl va ma’no munosabatlarini
o’rganuvchi bo’lim. (“Lexikos” – “so’z”, “logos” – “ta’limot”).
Frazeologiya
Turg’un bog’lamalar, iboralarni o’rganuvchi bo’lim.
Etimiologiya
So’zlarning tarixiy asoslarini, kelib chiqishini o’rganuvchi bo’lim.
Morfemika
So’zning ma’noli qismlarini o’rganuvchi bo’lim. (So’z tarkibi : asos va qo’shimcha).
So’z yasalishi
So’zning yasalish qonun-qoidalarini o’rganuvchi bo’lim.
Dialektologiya
Tildagi turli shevalar hamda lahjalarni o’rganuvchi bo’lim.
Leksikografiya
Lug’at turlarini, tilning lug’atshunoslikka oid muammolarini o’rganuvchi bo’lim.
Paremiologiya
Barqaror birikmalarni (ibora, maqol, matal, hikmatli so’z(aforizm), tasviriy
ifoda(parafraza) o’rganuvchi bo’lim.
Paremiografiya Barqaror birikmalarning lug’atini tuzish bilan shug’ullanuvchi bo’lim.