Tuzuvchi : shohruh arabjonov
Download 2.34 Mb. Pdf ko'rish
|
1-KITOB (SH.A.H.)
"E"
1)"e" olinma so'zlarning urg'usiz bo'g'inida "i" tarzida aytiladi. M : teatr, okean, material 2)"e" so'zning boshida kelib, undan so'ng tutuq belgi qo'yilsa, "e" tovushi "i" arzida aytiladi. M : e'tibor, e'tiqod 3)"e" ~ so'zning boshida kelib yopiq bo'g'inda bo'lsa, "i" aytiladi. eh/son, er/mak, eh/tiyot, eh/timol 4)"e" unlisi ikkita undosh o'rtasida kelsa, qisqa aytiladi. M : sezgi, telba, mehnat 5)"e" ~ olinma so'zlarning urg'uli bo'g'inida "e" tarzida aytiladi. M : ekskavator, internet QO'SH UNLILIK - bir so'zda bir xil unlining yonma-yon kelishi M : tabiiy, mudofaa, inshoot, shuur Es : o'zbek tilida "e" va "o'" unlilar yonma-yon kelmaydi. ES : O'zbek tilida qo'sh unlilik so'zlarning o'rtasi va oxirida uchraydi. Es : o'zbek tilidagi qo'sh unli so'zlarning barchasi arab tilidan kirgan!!!! QATOR UNLILIK - Bir so'z tarkibida ikki har xil unlining yonma-yon kelishi. Qator unlilar so'zning barcha joyida kela oladi!!!! boshida : oila, aeroport o'rtasida : shoir, tabiat oxirida : muddao, radio Es : o'zbek tilida qator unlilar uchramaydi, ular arab va yevropa tillaridan o'tgan!!! MASHQ : Nuqtalar o'rniga i yoki u unlilaridan mosini qo'ying. But...n, sov...q, uyq..., kulg..., shov...lla, sup...rmoq, quv...r, uch...n, qiz...q, ...st...qlol, kund...z, yuld...zcha, tov...q, tut...n, qas...r-qus...r, uchq...n, kampirqov...n, chur...llamoq, tuyg'..., chopq..., qayg'..., tulk..., guv...llamoq. MASHQ : Nuqtalar o'rniga a yoki o harfini qo'yib yozing. S...mon, t...mosha, m...bodo, mu...mala, ch...la, al...qa, bul...q, b...ho, j...hongir, om...n, f...netika, h...mon, j...vob. MASHQ : Nuqtalar o'rniga mos unlilarni qo'ying. Z...omagazin, mu...llif, ta...mil, mu...vin, ge...log, d...ira, sh...ir, j...iz, ma..sh, mu...mmo, ge...metriya, ...ila, do...mo, t...mon, manfa..t, insho...t, sano...t, matbu...t, hash...rot, milli...n, so...t, mudofa..., milli...rd, ukra...n. MASHQ : Daraxt hayron edi bir holga xasta Uni turfa yo'lda ishlatdi usta Bir uchi beshikka atalgan bo'lsa Bir uchi tobutga bo'lgandi dasta. Savollar : 1.faqat lablanmagan unlilardan tuzilgan so'zlar soni? 2.Keng unlilar necha o'rinda? 3.O'rta keng unlilar qatnashgan so'zlarda nechta yuqori tor lablangan unli mavjud? 4.O'rta keng lablanmagan unlilar soni qancha? 5.Old qator quyi keng unli necha o'rinda ochiq bo'g'inda kelgan? Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling