Tuzuvchi : shohruh arabjonov


Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/91
Sana16.11.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1778723
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91


 
 
FURQAT - 2023 
ONA TILI (O‟QUV QO‟LLANMA) 
TUZUVCHI : SHOHRUH ARABJONOV 


TILSHUNOSLIK BO‟LIMLARI 
 
Til tarixi 
Tilning hozirgi kunga qadar bosib o’tgan yo’lini, tarixiy ildizlarini, taraqqiyotini 
o’rganuvchi bo’lim. 
Fonetika 
Og’zaki nutqning tovushlar tizimini o’rganadi. 
Grafika 
Yozma nutqning harflari tizimini o’rganadi. 
Orfografiya 
So’zlarni adabiy me’yorlarga mos holda to’g’ri yozilishini, imlo qoidalarini o’rganuvchi 
bo’lim. (“Orfo” – “to’g’ri”, “grapho” – “chizmoq”). 
Orfoepiya 
To’g’ri talaffuz qilish me’yorlarini o’rganuvchi bo’lim. (“Orfo” – “to’g’ri”, “epos” – 
“talaffuz”). 
Leksikologiya 
So’zlarning atash(lug’aviy) ma’nosini, so’zlarning shakl va ma’no munosabatlarini 
o’rganuvchi bo’lim. (“Lexikos” – “so’z”, “logos” – “ta’limot”). 
Frazeologiya 
Turg’un bog’lamalar, iboralarni o’rganuvchi bo’lim. 
Etimiologiya 
So’zlarning tarixiy asoslarini, kelib chiqishini o’rganuvchi bo’lim. 
Morfemika 
So’zning ma’noli qismlarini o’rganuvchi bo’lim. (So’z tarkibi : asos va qo’shimcha). 
So’z yasalishi 
So’zning yasalish qonun-qoidalarini o’rganuvchi bo’lim. 
Dialektologiya 
Tildagi turli shevalar hamda lahjalarni o’rganuvchi bo’lim. 
Leksikografiya 
Lug’at turlarini, tilning lug’atshunoslikka oid muammolarini o’rganuvchi bo’lim. 
Paremiologiya 
Barqaror birikmalarni (ibora, maqol, matal, hikmatli so’z(aforizm), tasviriy 
ifoda(parafraza) o’rganuvchi bo’lim. 
Paremiografiya Barqaror birikmalarning lug’atini tuzish bilan shug’ullanuvchi bo’lim. 

Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling