UNDOSHLAR TASNIFI
O'zbek tilida 29 harf, 30 tovush mavjud ( j va dj hisobiga)
I)Undoshlar hosil bo'lish(paydo bo'lish) o'rniga ko'ra :
1) bo'g'iz - h
2)lab undoshlari : a)lab-lab : b, p, m b) lab-tish : v, f
3)til undoshlari :
a) til oldi : j,s,r,t,l,d,sh,n,ch,z kalit so'z : jasur to'la idishni cho'z
b) til o'rta : y
c)til orqa : g,k,ng kalit so'z : Gong Kong
d)chuqur til orqa : q, g', x
II) Undoshlar hosil bo'lish usuliga ko'ra :
1)qorishiq : ch (ba'zan portlovchi olinadi)
2)portlovchi : b, j , m, n, ng, t, g, q, p, d, k
kalit so'z : bojamning etigi qopdek
3)sirg'aluvchi : sh, y, h, x, dj, v, f, s, z, l, r, g'
kalit so'z : shayx hodji vafosizlarg'a
III) un paychalari(ovoz va shovqinning) ishtirokiga ko'ra :
a)jarangli : b, d, g, z, v, dj, j, g' l, m, n, ng, r, y
Kalit so'z : boyning g'ozi jo'jalarimga davo
b)jarangsiz : p, t, k, s, f, sh, ch, x q, h
kalit so'z : paketchi xohishi qafas
Eslatma : 8 ta jarangli undoshning 8 ta jarangsiz jufti mavjud.
B-p, d-t, g-k, z-s, v,f, j-ch, dj-sh, g'-x. Y,m,n,ng,l,r jarangsiz jufti yo'q jaranglilar, q,h
esa jarangli jufti yo'q jarangsizlar hisoblanadi.
IV) tarkibiga ko'ra :
1) sof : ----
2) qorishiq : ch
V) Shovqinning ishtirokiga ko'ra :
1)sonor : l, m, n, ng, r
kalit so'z : limonrang, mininglar
2) shovqinlilar : 18 ta
Titroq tovush : R Yon tovush : L
Es : m, n, ng undoshlari burun tovushlari guruhiga ham kirgani uchun ikki guruhga
kiruvchi undoshlar hisoblanadi!!!
Es : sh, ch, ng undoshlari harfiy birikmalar sanaladi. Harfiy birikmalar qatnashgan
so‘zlarda tovushlar soni harflar soniga teng kelmaydi.
M : bosh – 3 tovush, 4 harf
Do'stlaringiz bilan baham: |