FONETIKA (yunoncha ‗‘phone‘‘ - ‗‘tovush‘‘)
ASOSIY TUSHUNCHALAR
Bizning so'zlashishimizdan asosiy maqsad o'zaro axborot almashish hisoblanadi.
Nutqiy faoliyat - so'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi o'zaro axborot almashinuvi.
Biz buni ikki xil usulda amalga oshiramiz :
og'zaki va
yozma
Og'zaki axborot almashinuvida tovushlarga, yozma
axborot almashganimizda esa
harflarga tayanamiz.
Tovush
- real talaffuz qilingan, qulog'imiz
bilan eshitilgan, boshqa mayda bo'laklarga
bo'linmaydigan nutq birligi.
Harf
- tovushning yozuvdagi aksi.
Til birliklari ketma-ketligi :
Tovush - bo'g'in - so'z - so'z birikmasi - gap - matn.
MATN - Mazmuniy bog'langan bir necha gaplar yig'indisi.
Gap :
Men yorug' xonada o'qiyman.
So'z birikmasi :
yorug' xona
So'z :
yorug', xona
Bo'g'in :
yo - rug', xo - na
Tovush :
y, o, r, u, g', x, o, n, a.
Fonetika - Og'zaki nutqning tovushlar tizimini o'rganuvchi bo'lim.
Grafika - Yozma nutqning harflar tizimini o'rganuvchi bo'lim.
Fonetika bo'limida quyidagilar o'rganiladi :
1.Nutq apparati (a'zolari)
2.Nutq tovushlari
3.Bo'g'in
4.Urg'u
5.Tovush o'zgarishlari
6.Ustsegment birliklar (intonatsiya, takt, ritm, tembr, sintagma, pauza)
Do'stlaringiz bilan baham: