Tuzuvchi : shohruh arabjonov


Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/91
Sana16.11.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1778723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
(UNLILAR ORFOEPIYASI) 
"A" 
1)"A" tovushi zamon, hamon, baho, jahongir, savob, javob kabi so‗zlarda "O" kabi 
aytiladi, ammo "A" yoziladi. 
2)"A" tovushidan so'ng "V" tovushi kelsa "A" unlisi "Õ" kabi talaffuz qilinadi, ammo 
"A" tarzida yoziladi. 
M : Tavba, Ravshan 
3)"A" harfi qo'shaloq kelsa cho'ziq aytiladi: matbaa, manfaat, mutolaa 
"O" 
"O" tovushi Pomir, okean, konsert singari olinma so‗zlarning urg'usiz bo'g'inida "a"
tonna, orden kabi so‗zlarning urg'uli bo'g'inida "õ" aytilsa-da, "o" yoziladi. Termos, 
tormoz, direktor kabi olinma so‗zlarning oxirgi urg'usiz bo‗g‗ini "i" ga moyil aytilsa 
ham, "o" yoziladi.
 “I” 
1)"I" unlisidan so'ng "r", "l" undoshlari kelsa "i" tovushi o'ta qisqa, bilinar - 
bilinmas talaffuz qilinadi : sir, dil 
2)"I" unlisi -iy, -viy holatida kelsa, cho'ziq talaffuz qilinadi. (ilmiy, oilaviy) 
3) so'zlarning birinchi bo'g'inida "u" tovushi bo'lsa, 2-bo'g'indagi "i" unlisi ham "u" 
kabi talaffuz qilinadi. 
M : kulgi, muhim, urishmoq, mumkin 
 "U" 
1)Kunduz, qovun, tovuq kabi so‗zlarda ikkinchi bo‗g‗indagi u tovushi i kabi aytilsa 
ham, u yoziladi. Asosan, "u" tovushi "q", "ğ", "v" dan keyin kelsa "i" tarzida 


talaffuzda aytiladi : tuyg'u, uyqu, bug'u, sovun. 
2)ba'zi so'zlarda u tovushi talaffuzda ortsa-da, yozilmaydi: 
hukm, rukn, umr, uzr 
 "O„" 
1)O„ tovushli ko„l, o„s, cho„l, jo„ra, mo„tabar kabi so‗zlarda torroqbo„ri, qo„rimoq, 
xo„roz, ro„mol kabi so‗zlarda esa kengroq eshitiladi, ammo har vaqt bir xil shaklda 
yoziladi. 
2)Mo„tadil, mo„jiza, mo„tabar so‗zlaridagi tutuq belgisi yozuvda tushirib qoldiriladi. 
Ya‘ni bu so‘zlardan so‘ng tutuq belgisi qo‘yilmaydi. 

Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling